Xodimlardan yaqin qarindoshlar pasport nusxalari nega talab qilinmoqda?

“Xodimlardan yaqin qarindoshlar pasport nusxalari nega talab qilinmoqda?

O‘qituvchilar va ularning yaqin qarindoshlaridan passport nusxalari talab qilinishi bilan bog‘liq holatga XTV matbuot hodimi izoh berdi.

Xalq ta’limi vazirligining rasmiy saytida yagona milliy mehnat tizimi to‘g‘risida ma’lumot e’lon qilingan edi. Unda aytilishicha:
“2019 yilning 31 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «YAgona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.
Mazkur qarorga ko‘ra 2020 yil 1 yanvardan boshlab yangi mehnat shartnomalarini tuzish, amaldagi mehnat shartnomalariga o‘zgartirish kiritish, shuningdek, ularni tugatish holatlarini « YAgona milliy mehnat tizimi» («YAMMT») IDAKda majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi joriy etildi.
Bunda 2020 yil 1 yanvarga qadar tuzilgan amaldagi mehnat shartnomalari 2020 yil 1 sentyabrdan kechiktirmasdan «YAMMT» IDAKda ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida xalq ta’limi tizimi xodimlari tomonidan «YAMMT» IDAKga kiritish uchun hujjat va ma’lumotlar taqdim etish so‘ralishi mumkin.”
Xalq ta’limi vazirligiga bu bilan bog‘liq ko‘plab murojaatlar kelib tushayotgani bois XTV matbuot kotibi Telegram kanal orqali izoh qoldirdi. Uning yozishicha, «YAMMT» IDAKga kiritish uchun hujjat va ma’lumotlar taqdim etish, jumladan o‘qituvchilar va ularning yaqin qarindoshlarining passport nusxalari hamtalab qilinmoqda. Pasport ma’lumotlari asosida ma’lumotlar “YAMMT” IDAK tizimiga kiritiladi.
“YAMMT” IDAK tizimi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga murojaat etish mumkinligi izohda eslatib o‘tilgan.


Представитель XTV прокомментировала ситуацию, когда от учителей и их близких родственников требовали предоставить копии паспортов.

На официальном сайте Министерства народного просвещения опубликована информация о единой национальной системе труда. В нем говорится:
31 октября 2019 года Президент Республики Узбекистан принял постановление «О мерах по внедрению межведомственного программно-технического комплекса «Единая национальная система труда».
Согласно этому постановлению с 1 января 2020 года введен порядок заключения новых трудовых договоров, изменения действующих трудовых договоров, а также их расторжения в «Единой национальной системе труда» («ЯМСТ»).
При этом действующие трудовые договоры, заключенные до 1 января 2020 года, должны быть зарегистрированы в ИДАК «ЯММТ» не позднее 1 сентября 2020 года.
В целях обеспечения реализации данного решения от сотрудников системы народного образования может быть потребовано предоставление документов и сведений для включения в ИДАК «ЯММТ».
В Минобразования поступил ряд обращений по этому поводу, прокомментировал Telegram-каналу представитель HTV. По его словам, ЯММТ готовит документы и сведения для включения в ИДАК, в том числе копии паспортов учителей и их близких родственников. На основании паспортных данных информация вносится в систему ИДАК «ЯММТ».
За более подробной информацией о системе ИДАК «ЯММТ» вы можете обратиться в Министерство занятости и трудовых отношений Республики Узбекистан.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: