XTV 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida pasport olishni so‘radi

XTV 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida pasport olishni so‘radi

Xalq ta’limi vazirligi 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida pasport olishni so‘radi. Bu haqda vazirlik tomonidan e’lon qilingan ma’lumotda aytilgan.

Qayd etilishicha, o‘tgan o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlar hujjatlari Bilim va malakalarni baholash agentligining abitur.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilindi.
Onlayn hujjat topshirish uchun bitiruvchilarning pasport ma’lumotlari (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami — JSHSHIR)ni kiritish talab etiladi. Shu bois, 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilar o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishlari zarurligi aytilgan.
Ta’kidlanishicha, bu jarayonda Xalq ta’limi vazirligi DTM bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, OTMga hujjat topshirish uchun bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida attestat.uzedu.uz elektron bazasi DTM abitur.dtm.uz sayti bilan integrasiya qilingan.
Ma’lum qilinishicha, joriy o‘quv yilida maktablarni 437 mingdan ortiq o‘quvchilar bitiradi. Bugungi kunda bitiruvchilar elektron ma’lumotlar bazasi — attestat.uzedu.uz saytida 16 yoshga to‘lgan 153 mingdan ortiq bitiruvchilar (35 foiz) pasport olmagan.
“Hurmatli ota-onalar, bitiruvchi yoshlar. Fuqarolik huquqidan foydalangan holda 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilarining o‘z vaqtida pasport olishini ta’minlashingizni so‘raymiz. Maktab ma’muriyatidan esa bitiruvchilarning pasport ma’lumotlarini attestat.uzedu.uz saytiga kiritib, ularga kelgusida oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarini topshirishda ko‘maklashishga chaqiramiz”, deyiladi ma’lumotda.
Eslatib o‘tamiz, 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilar pasport olish uchun o‘zlari doimiy ro‘yxatda turgan hududdagi ichki ishlar organlarining Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalariga murojaat qilishi mumkin.


Министерство народного образования обратилось к 16-летним выпускникам школ с просьбой своевременно получить паспорта. Об этом говорится в распространенном министерством сообщении.

Отмечено, что в прошлом учебном году документы абитуриентов в высшие учебные заведения принимались в режиме онлайн через сайт Государственного центра тестирования abitur.dtm.uz.
Чтобы подать заявку онлайн, вам нужно будет ввести свои паспортные данные выпускника (PIN). Поэтому выпускники старше 16 лет обязаны своевременно получать паспорт (ID-карту).
Отмечалось, что в данном процессе Министерством народного образования налажено сотрудничество с DTM, а для облегчения поступления выпускников в вузы электронная база attestat.uzedu.uz интегрирована с сайтом DTM abitur. .dtm.uz .
Сообщается, что в этом учебном году школу закончат более 437 тысяч учащихся. На сегодняшний день более 153 000 выпускников (35%) в возрасте старше 16 лет не получили паспорта в электронной базе выпускников — attestat.uzedu.uz.
«Уважаемые родители, юные выпускники. Просим вас обеспечить, чтобы выпускники школ, достигшие 16-летнего возраста, могли своевременно получить паспорт, используя свои гражданские права. Мы призываем администрацию школы вводить паспортные данные выпускников на сайте attestat.uzedu.uz и помогать им в дальнейшем поступать в высшие учебные заведения.
Следует отметить, что выпускники старше 16 лет могут подать заявление на получение паспорта в отделы по миграции и гражданству полиции по месту постоянной регистрации.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: