o‘qituvchilar 1000 dollar oylik oladimi? yoxud yaqin kelajakda bizni nimalar kutyapti?

o‘qituvchilar 1000 dollar oylik oladimi yoxud yaqin kelajakda bizni nimalar kutyapti

Ma’lumki, 4-5 yildan buyon ta’lim tizimiga yaxshi e’tibor berib kelinyapti. Prezidentning ham dastlabki qarori o‘qituvchining maqomini oshirishga qaratildi. Prezident juda ko‘p o‘tkaziladigan yig‘ilishlarida kelajakda o‘qituvchilarning oyligi albatta 1000 dollarga yetkazilishini ko‘p ta’kidlaydi.

Barchaga ma’lumki, 2018 yildan to hozirgacha o‘qituvchilarning maoshi 2 bosqichda oshirildi. Avval o‘qituvchining o‘rtacha ish haqi 1,4 million so‘m atrofida bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib, 1,5 baravarga oshirilib, o‘rtacha 2,6 million so‘mga yetkazilgan. Lekin, 2021 yilning sentabr oyiga kelib, “o‘qituvchilarning oyligi oshirilgan” degan gaplar endi o‘z qadrini yo‘qotdi.

Chunki, kunlik harajatlarining tannarxi oldingidek emas. Shu sababli o‘qituvchilarning oylik maoshini oshirishga ehtiyoj bor. Mayli, bu masalada Xalq ta’limi va Moliya vazirliklari bosh qotirar. Hozir e’tiboringizni boshqa narsaga qaratmoqchiman.

❗️Ho‘sh, o‘qituvchilarning oylik maoshini 1000 dollarga yetkazish uchun hukumat qanday o‘zgarishlar qildi?

Tavsiya qilamiz: 2021-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra o‘qituvchilarning oshirilgan oylik miqdorlari bilan tanishing — O‘tish.

O‘qituvchi ko‘proq maosh olishi uchun haqiqatdan ham bir qancha imkoniyatlar berildi. Chet tili o‘qituvchisi uchun qo‘shimcha ustama, olis hududlardagi maktablarda boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarga ish stajiga ko‘ra ustama, ta’lim sifati yuqori bo‘lmagan maktablarda dars berish uchun maxsus ustama, olis hududlarga borib ishlaydiganlar uchun uy-joylarni ijaraga olganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari, S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat uchun to‘lovlar shular jumlasidan.

Agar o‘qituvchi oliy toifali bo‘lib, yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlarni barchasiga ega bo‘lsa, shundagina u 11 mln 246 ming 588 so‘m miqdorda oylik maosh olar ekan. Lekin, bu ko‘rsatkichlarning barchasiga bir vaqtning o‘zida ega bo‘lish qiyin ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz.

❗️Qars ikki qo‘ldan chiqadi. O‘qituvchilar 1000 dollar oylik maosh olishga tayyormi?

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, o‘qituvchilarning oyligini 2024 yilgacha 1000 dollarga yetkazish bo‘yicha takliflar tayyorlanmoqda. Bu bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi bilan hamkorlikda ishlayotganligini ma’lum qilgan.

Lekin, afsuski, ayrim o‘qituvchilar bunday islohotlarga tayyorgarlik ko‘rmayapti. Bu gapim ayrimlarga yoqmasligi mumkin, lekin to‘g‘ri tushunish kerak, hozir O‘zbekistonda mehnat bozori shakllanmoqda. Bundan buyog‘iga kadrlar ko‘payishi hisobiga maktablarda dars soatlari kamayib boradi.

Misol uchun, ayni damda oliy ta’lim muassasalarida avvalgi yillarga qaraganda 3-4 barobar ko‘proq talabalar o‘qimoqda. Undan tashqari minglab fuqarolar qo‘shni davlatlardan o‘qishini ko‘chirib kelmoqda.

So‘ngi 1-2 yilda o‘sha talabalarning barchasi o‘qishni bitirgach, ish talab qilishni boshlaydi. Ana o‘sha vaqtda esa o‘z ustida ishlamagan, shunchaki oylik uchun ishlab yuradigan o‘qituvchilarga maktabda ish qolmaydi. Bu degani yaqin 2-3 yil ichida maktabga ishga kirish, ayniqsa ish joyini saqlab qolish juda katta muammoga aylanadi. Buni esa ko‘pchilik hali ham his qilgani yo‘q.

❕Ta’limga yaxshi kadrlarni jalb qilish bo‘yicha esa o‘zimning shaxsiy fikrim quyidagicha:

Birinchi aytadigan gapim shuki oktabr oyidan o‘qituvchilarning minimal oylik maoshi miqdorini yanada ko‘tarish kerak. Hukumat ham islohotlar qilayotgani rost. Lekin, ta’limga yaxshi mutaxasislar qaytishi uchun o‘qituvchining o‘rtacha oylik maoshi kamida 5 mln so‘m bo‘lishi kerak. Hozir o‘qishni yangi bitirib kelgan o‘qituvchining oyligi 2 mln 299 ming so‘mni tashkil qiladi. Unga ham bir stavka dars soati bo‘lsa agar. Bu oylikka esa yaxshi mutaxasislarni jalb qilish qiyin.

Xulosa shuki, o‘qituvchilar oyligi 1000 dollarga yetkazilganda ham buni hukumat yaxshi ishlaganga ham, ishlamaganga ham teng miqdorda berib qo‘ymaydi. Eng kamida o‘zini ko‘rsata olgan, o‘z ustida tinimsiz ishlab yutuqlarga erishgan, mutaxasisligi bo‘yicha toifasini saqlab qola olgan kadrlargina 2-3 yildan so‘ng ham maktabda yaxshi oylikni olib ishlashi mumkin bo‘ladi.

P.S: Iltimos, postni o‘qib bo‘lgach, meni noto‘g‘ri gapirganlikda ayblab, qoralamang. Bu yerda shunchaki hozirgi vaziyatni tahlil qilib ko‘rdim holos. Bu ma’lumotlarni osmondan olib yozmadim. Afsuski, hammasi rost.

Muallif: Ulug‘bek Po‘latov Xalq ta’limi info kanali


Известно, что системе образования уже 4-5 лет уделяется хорошее внимание. Первым решением президента было повышение статуса учителей. На многих своих встречах президент ясно дал понять, что зарплаты учителей в будущем увеличатся до 1000 долларов.

Как известно, с 2018 года по настоящее время заработная плата учителей повышалась в два этапа. Если раньше средняя заработная плата учителя составляла около 1,4 млн сумов, то сейчас она увеличилась в 1,5 раза и составляет в среднем 2,6 млн сумов. Однако к сентябрю 2021 года слух о том, что «учителям повысили зарплату», потерял актуальность.

Потому что стоимость ежедневных расходов уже не та, что раньше. Вот почему мы должны повысить зарплату учителям. Вот с этим борются министерства народного образования и финансов. Теперь я хочу обратить ваше внимание на другое.

❗️Итак, какие изменения внесло правительство, чтобы повысить зарплату учителей до 1000 долларов?

Рекомендуется: ознакомьтесь с увеличением ежемесячного количества учителей с 1 сентября 2021 г. — Jump.

У учителей действительно есть ряд возможностей получать более высокую заработную плату. Доплата учителю иностранного языка, надбавка учителям из других регионов в школах в отдаленных районах, специальная надбавка за обучение в некачественных школах, дом для работающих в отдаленных районах — компенсационные выплаты за аренду помещений , включая выплаты за аттестат национального уровня S1 или эквивалентного ему уровня.

Если учитель высшей категории и имеет все вышеперечисленное, то он будет получать ежемесячную заработную плату в размере 11 миллионов 246 тысяч 588 сумов. Но все мы знаем, что сложно иметь все эти показатели сразу.

❗️Карс выходит из обеих рук. Готовы ли учителя платить 1000 долларов в месяц?

Согласно распоряжению президента, к 2024 году готовятся предложения по увеличению заработной платы учителей до 1000 долларов. Министерство народного образования заявило, что работает с Министерством финансов.

Но, к сожалению, некоторые учителя не готовятся к таким реформам. Кому-то это может не нравиться, но важно понимать, что в Узбекистане формируется рынок труда. Отныне часы занятий будут сокращены в связи с увеличением штата.

Например, количество студентов, обучающихся в настоящее время в высших учебных заведениях, в 3-4 раза больше, чем в предыдущие годы. Кроме того, тысячи граждан переселяются из соседних стран.

В последние 1-2 года все эти студенты начинают устраиваться на работу после окончания учебы. Он не работал над собой в то время,учителя, которые работают всего месяц, не будут иметь работы в школе. Это означает, что получить работу в школе в ближайшие 2-3 года, особенно сохранить работу, будет огромной проблемой. И многие до сих пор этого не осознают.

❕ Мое личное мнение о привлечении хороших людей к образованию таково:

Первое, что я хочу сказать, это то, что с октября необходимо повысить минимальную заработную плату для учителей. Правда, правительство тоже реформируется. Однако для того, чтобы хорошие специалисты вернулись в образование, среднемесячная зарплата учителя должна быть не менее 5 млн сумов. В настоящее время заработная плата вновь выпущенного педагога составляет 2 миллиона 299 тысяч сумов. Если у него есть одночасовое занятие. На этот месяц сложно привлечь хороших специалистов.

Суть в том, что даже когда учителям платят 1000 долларов в месяц, правительство не даст столько же тем, кто хорошо работает или нет. Только тот, кто способен проявить себя, хотя бы много работать и поддерживать свой профессиональный разряд, сможет через 2-3 года хорошо зарабатывать в школе.

PS: Пожалуйста, после прочтения поста, не обвиняйте меня в том, что я говорю неправильно. Я просто проанализировал текущую ситуацию здесь. Я не писал эту информацию с небес. К сожалению, все верно.

Автор: Улугбек Пулатов Общественно-образовательный информационный канал

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: