Ona tili va adabiyot o’qituvchilari o’rtasida tanlov e’lon qilinmoqda

Ona tili va adabiyot o’qituvchilari o’rtasida tanlov e’lon qilinmoqda
Telegramda o'qish

5 ta muhim tashabbus doirasida kitob mutolaasi va kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida Xalq taʼlimi vazirligi hamda Respublika isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda “Nutqimizda soʻzlar jilosi” shiori ostida umumtaʼlim maktablarining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari oʻrtasida joriy yilning noyabr oyida tanlov tashkil etilmoqda.

Tanlov 2-bosqichda oʻtkaziladi:
1-bosqich: Ijodiy ishlarni qabul qilish – 2020-yilning 1-20-noyabr kunlari;
2-bosqich: Ijodiy ishlarni ekspertlar guruhi tomonidan koʻrib chiqish – 2020-yilning 20-30-noyabr kunlari etib belgilangan.
Tanlovda ona tili va adabiyot oʻqituvchilari oʻzbek mumtoz adabiyotini oʻqitishning zamonaviy yoʻllarini 5 daqiqalik videorolikda koʻrsatib berishlari lozim.
Ushbu tanlovda har bir hududdan 1 nafardan gʻoliblar aniqlanib, ularga pul mukofotlari va maxsus diplomlar topshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, ishtirok etish uchun videoroliklar 5tashabbus_uymizda telegram botiga yuborilishi lozim.
Mazkur tanlov nizomi bilan ushbu material orqali batafsil tanishishingiz mumkin: Tanlov nizomi

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: