Darsliklar ijara narxlari nega qimmatlashdi?

Maktab darsliklarining ijara narxlari nega qimmatlashdi?

Xabaringiz bor, 2022-2023 o‘quv yili uchun darsliklar to‘plamlarining ijara narxlari ma’lum qilindi. Ammo ijara narxlarining keskin oshirilgani jamoatchilik orasida keskin muhokamalarga sabab bo‘lyapti.

Xabaringiz bor, bu yil dunyo bozorida qog‘oz narxi 2022 yilning o‘zida 60-70 foizga oshib ketti. Bu esa darsliklarni chop etish uchun harajatlarning ham oshib ketishiga olib kelgan.

O‘tgan yili darsliklar to‘plamlarining ijara narxlari 32 ming so‘mdan 54 ming so‘mgacha bo‘lgan miqdorni tashkil etgan. Bu yil esa 68 ming so‘mdan boshlanib, 119 ming so‘mgacha bo‘lgan miqdorni tashkil etyapti.

Xalq ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, ijara to‘lovi miqdorlari darsliklar uchun amalga oshirilgan xarajatlardan kelib chiqib, bir dona darslik uchun yagona summasini  to‘plamdagi darslik va mashq daftarlari soniga ko‘paytirish yo‘li orqali belgilanadi. Bunda yagona summa barcha sinf va ta’lim tillar uchun bir xil etib belgilanadi.

Joriy o‘quv yilida o‘rtacha bir dona darslik (mashq daftari) uchun yagona ijara to‘lovi 5 707 so‘mni tashkil etmoqda va o‘tgan o‘quv yilidagi miqdor (2 740 so‘m)ga nisbatan 2 967 so‘mga (108%) oshgan.

Istaymizmi yo‘qmi ijara narxlarini kamaytirishning endi imkoni bo‘lmasa kerak. Chunki darsliklar chop etish uchun harajatlar sarf qilib bo‘lingan. Bu to‘lovlarni ota-onalardan yig‘ib olishda esa anchagina muammolar chiqishi tabiiy hol.

Shu sababli ota-onalarga bu vaziyatni to‘g‘ri tushuntirish uchun keng jamoatchilik vakillari ham yordam berishi kerak. Shuningdek, 3-4 farzandli ota-onalar uchun ushbu to‘lovlarni amalga oshirilishni biroz ortga surib turish ham maqsadga muvofiq.

Shu o‘rinda hududiy hokimliklar ham sharoiti og‘ir, ko‘p farzandli ota-onalarga homiylarni jalb qilgan holda (yoki boshqa manbalar hisobidan) darsliklar uchun ijara to‘lovlarini to‘lashga yordam bersa yaxshi bo‘lardi.


Как известно, объявлены цены на аренду учебников на 2022-2023 учебный год. Однако резкий рост цен на аренду вызывает бурные обсуждения среди населения.

Как известно, цена бумаги на мировом рынке в этом году выросла на 60-70% в 2022 году. Это привело к увеличению стоимости печати учебников.

В прошлом году стоимость аренды учебников колебалась от 32 000 до 54 000 сумов. В этом году сумма начинается с 68 000 сумов и достигает 119 000 сумов.

По данным Министерства народного образования, размер арендной платы определяется исходя из затрат на учебники, путем умножения единовременной суммы за один учебник на количество учебников и тетрадей в комплекте. При этом единая сумма определяется одинаковой для всех классов и языков обучения.

В текущем учебном году средняя разовая арендная плата за один учебник (рабочая тетрадь) составляет 5707 сумов, а по сравнению с суммой предыдущего учебного года (2740 сумов) — на 2967 сумов (108%).

Нравится нам это или нет, возможно, мы больше не сможем снижать арендную плату. Потому что затраты на печать учебников уже потрачены. Естественно, что возникает много проблем со сбором этих выплат с родителей.

Поэтому представители широкой общественности также должны помочь разъяснить эту ситуацию родителям. Также родителям с 3-4 детьми целесообразно немного отсрочить осуществление этих выплат.

В этом случае было бы хорошо, если бы региональные власти помогали малоимущим многодетным родителям оплачивать аренду учебников за счет привлечения спонсоров (или за счет других источников).

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: