Yangi loyiha: O’qituvchilar uchun kasbiy litsenziya olish joriy etiladi

Yangi loyiha: O’qituvchilar uchun kasbiy litsenziya olish joriy etiladi
Telegramda o'qish

O‘zbekistonda maktab rahbarlari va o‘qituvchilari uchun majburiy kasbiy litsenziyalash tartibi joriy etiladi.

Bu haqda prezidentning “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi to‘g‘risida”gi qarori loyihasida aytilgan.
Hujjatga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab xalq ta’limi muassasalari rahbarlari uchun davriyligi 3 yildan iborat, o‘qituvchilar uchun davriyligi 5 yildan iborat majburiy kasbiy litsenziyalash tartibi bosqichma-bosqich joriy etilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga xalq ta’limi muassasalari rahbarlari va o‘qituvchilarining faoliyatini kasbiy litsenziyalash vakolati beriladi.
Malaka toifasi bo‘lmagan o‘qituvchi kasbiy litsenziya olganidan so‘ng uning mehnatiga haq to‘lash shartlari ikkinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarga tenglashtiriladi.
Qaror loyihasi bilan batafsil tanishish uchun ushbu sahifaga o’tishingiz mumkin.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: