O‘qituvchilar uchun 10 xil foydali texnologik qo‘llanma

O‘qituvchilar uchun 10 xil foydali texnologik qo‘llanma

Texnologiyalar sohasida so‘nggi yillarda shiddatli o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bu borada o‘qituvchi va talabalar uchun bilim olishda keng imkoniyatlar bor.

Hozirda o‘quvchilarga dars berish jarayoni ham turli interfaol qo‘llanmalar yordamida yanada  qiziq olib borilmoqda. Quyida keltirilgan 10 xil moslama bilan bilim berish jarayonini yanada qulaylashtirish mumkin. Bu texnologik qo‘llanmalar Amerika va G‘arb davlatlarida juda ommalashgan bo‘lib, ularning vazifasi dars jarayonini yanada samarali tashkil etishdan iborat. Keling, ular bilan tanishamiz.

1. BetterLesson (Yaxshiroq dars)

BetterLesson o‘qituvchilarga darslarni imkoni boricha foydali olib borish uchun yordam beradi. BetterLesson ingliz va matematika fanlari uchun yuzlab mohir o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan dars ish rejalariga ega.

Darslar ularni qanday olib borish kerakligini tushuntiruvchi izohlar bilan yozilgan. Bunga qo‘shimcha tarzda ustoz o‘qituvchilar tomonidan video lavhalar ham mavjud. O‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan, ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lgan eng foydali qo‘llanmalardan biridir

2. GoConqr

GoConqr bu o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida o‘rganish jarayoniga oid ma’lumotlarni o‘zaro bo‘lishish imkoniyatini beruvchi shaxsiy o‘rganish muhitidir. O‘qituvchilar Mindmap, Note-taking, Flashcard, va Quiz making (Topishmoq tuzish) kabi moslamalardan foydalangan holda qiziq darslarni yaratishlari mumkin.

GoConqr ham 2 milliondan ortiq o‘rganish resurslardagi kutubxonalarni taklif etadi.

3. BloomBoard

BloomBoard esa maktablarda o‘tilgan darslarni o‘quvchilar qanday o‘zlashtirayotganini tekshirishni ta’minlaydi. Rivojlanish va qo‘llab-quvvatlashni taklif etuvchi bu texnologiya juda qimmat bo‘lishi mumkin, ammo u sinfda dars jarayonini kuzatish va real vaqt rejimida eng mohir o‘qituvchilar bilan suhbatlashish imkoniyatini taklif etadi.

4. GradeBook Pro

GradeBook Pro o‘qituvchilarga sinfni boshqarishda yordam beruvchi eng yaxshi ilovalardan biridir. Ilovaning eng asosiy xususiyatlaridan biri, o‘qituvchilar undan talabalar diqqatini tekshirish maqsadida foydalanishlari mumkin.
Ilovaning eng foydali qismi, shundan iboratki, o‘qituvchilar yil davomida har bir o‘quvchiga erishayotgan muvaffaqiyati bo‘yicha alohida izohlar yozishi mumkin, bu esdalik uchun juda qulay!

5. Edmodo

Edmodo o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida birdek foydalanilayotgan ilovalar orasida juda mashhur. U allaqachon keng tarqalgan, endilikda esa yangi qulayliklar taklif qilinmoqda, bularga Common Corega asoslangan yangi kutubxonani ham kiritish mumkin.

6. FineTune

FineTune o‘quvchilarga yozish ko‘nikmalarini oshirishda yordam beradi. O‘qituvchilar namunaviy insholarni boshqa tajribali o‘qituvchilar belgilagan reytinglar orqali baholashlari mumkin.
Yozuv juda muhim ko‘nikma bo‘lib, mazkur ilova tomonidan taklif etilayotgan eng yaxshi imkoniyatdir. Unda yana an’anaviy bo‘lmagan – tarix va ilm-fan darslari ham bor.

7. TooNoisy (juda shovqin

)
Too Noisy shovqinli sinflarni xushlamaydigan o‘qituvchilar uchun a’lo darajadagi ilovadir. Bu ilova o‘qituvchilarga sinfda shovqin qay darajada bo‘lishi kerakligini aniqlashga yordam beradi, agar u belgilanganidan ortiqcha bo‘lib ketsa, qo‘ng‘iroq chalinadi. Bu sinfni o‘qituvchi tomonidan tinch holda ushlash uchun yaxshi usuldir.

8. LightSail

LightSail uy vazifalari uchun yaxshi qo‘llanmadir. Bu elektron tarzda o‘qish ilovasida 80 mingga yaqin matn bor.
O‘qituvchilar LightSailda murakkabliklarni belgilashlari mumkin. Ilovaning yana bir yaxshi imkoniyati — o‘qituvchilar yetarlicha o‘qimayotgan o‘quvchilarni ko‘rishlari mumkin. Ular o‘z sinflarini maktabdagi boshqa sinflar bilan taqqoslash imkoniyatiga ham egalar.

9. Remind101

E’lon va yangiliklarni ota-onalar hamda o‘quvchilarga yetkazish uchun Remind101dan foydalanish mumkin. Bu, albatta, juda taassurotli emasdir, lekin ushbu bepul ilovaning yaxshi tomoni o‘qituvchilar o‘z raqamlarini hech qaychi ota-ona yoki o‘quvchiga bermaydilar.
Bu ilova o‘qituvchilarni o‘zlariga tegishli shaxsiy ma’lumotlarini oshkor qilmagan holda, o‘quvchi va o‘qituvchilar bilan bog‘lanish imkonini beradi.

10. ThinkCERCA

ThinkCERCA o‘qituvchilarga matnlar tuzish va o‘quvchilarda muhokama qilib o‘ylash ko‘nikmalarini rivojlantirishda yordam beradi. Mavzuni tanlab o‘qish darajasiga moslangan matnni tanlashingiz mumkin. O‘quvchilar matnda amalga oshirish kerak bo‘lgan ishlarni belgilash va ularning fikrlarini ham bilishingiz mumkin.

Manba: Xabardor.uz


Технологии сильно изменились за последние годы. У учителей и учеников есть много возможностей узнать об этом. В настоящее время процесс обучения студентов также более интересен с помощью различных интерактивных пособий. 10 различных устройств, перечисленных ниже, могут еще больше облегчить процесс обучения. Эти пособия по технологиям очень популярны в США и на Западе, и их задача — сделать процесс обучения более эффективным. Познакомимся с ними.1. BetterLesson (Лучший урок) BetterLesson помогает учителям сделать уроки максимально полезными. BetterLesson предлагает планы уроков английского языка и математики, разработанные сотнями талантливых учителей.

Уроки написаны с комментариями, объясняющими, как их проводить. Кроме того, есть видеоролики учителей. Один из самых полезных и информативных учебников для учителей2. GoConqrGoConqr — это персональная учебная среда, которая позволяет преподавателям и учащимся обмениваться информацией об учебном процессе. Учителя могут создавать интересные уроки, используя такие инструменты, как Mindmap, ведение заметок, карточки и создание викторин.

GoConqr также предлагает библиотеки с более чем 2 миллионами учебных ресурсов.3. BloomBoardBloomBoard — это способ проверить, насколько хорошо учащиеся учатся в школе. Эта технология, которая предлагает разработку и поддержку, может быть очень дорогой, но она также дает возможность контролировать учебный процесс и общаться с самыми талантливыми учителями в режиме реального времени.
4. GradeBook ProGradeBook Pro — одно из лучших приложений, помогающих учителям управлять классом. Одной из ключевых особенностей приложения является то, что учителя могут использовать его для проверки внимания учащихся.
Самая полезная часть приложения заключается в том, что учителя могут писать отдельные комментарии о достижениях каждого ученика в течение года, что отлично подходит для памятных вещей!
5. EdmodoEdmodo очень популярен как среди преподавателей, так и среди студентов. Он уже получил широкое распространение, а сейчас предлагаются новые удобства, в том числе новая библиотека на основе Common Core.
6. FineTuneFineTune помогает учащимся улучшить свои навыки письма. Учителя могут оценивать образцы эссе, используя рейтинги, установленные другими опытными учителями.
Письмо — очень важный навык, и это лучшая возможность, предлагаемая этим приложением. Есть в ней и нетрадиционные классы – история и естествознание.
7.TooNoisy (очень шумно)
Too Noisy — отличное приложение для учителей, которым не нравятся шумные классы. Это приложение помогает учителям определить уровень шума в классе, и если он превысит установленный предел, прозвенит звонок. Это отличный способ для учителя успокоить класс.
8. LightSailLightSail — хороший помощник для домашней работы. Это приложение для чтения электронных книг содержит около 80 000 текстов.
Учителя могут устанавливать трудности в LightSail. Еще одна замечательная особенность приложения заключается в том, что учителя могут видеть учеников, которые недостаточно читают. У них также есть возможность сравнить свои классы с другими классами в школе.
9. Remind101 Remind101 можно использовать для доставки объявлений и новостей родителям и ученикам. Это не очень интересно, но странно смотрибельно.
Это приложение позволяет учителям общаться со студентами и учителями, не раскрывая их личную информацию.
10. ThinkCERCAThinkCERCA помогает учителям развивать у учащихся навыки письма и обсуждения. Вы можете выбрать текст в соответствии с вашим уровнем чтения, выбрав тему. Вы также можете определить, что учащиеся должны сделать в тексте, и получить их отзывы.
Источник: Хабардор.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: