“Fast Education”dan eng samarali o‘qitish usullari haqida

“Fast Education”dan eng samarali o‘qitish usullari haqida

Bugun oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni istovchilar maktabdanoq qo‘shimcha dars olish maqsadida o‘quv markazlariga qatnamoqda.

Ota-onalar ham maktabdan ko‘ra “repititor”ga ishonadi. Sababi, o‘quv markazlarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning 90 foizdan ko‘prog‘i o‘qishga kiryapti. Nima uchun? O‘quv markazlaridagi ta’lim dasturlari maktabnikidan nimasi bilan farq qiladi?
Ushbu savollarga javob topish maqsadida mingdan ortiq o‘quvchi tahsil olayotgan Samarqand shahridagi “Fast Education” o‘quv markazi rahbari Botir Jo‘rayev bilan suhbatlashdik.
— O‘quv markazida grammatikani o‘rganmasdan, so‘z yodlamasdan chet tili o‘qitilar ekan. Bunga qanday erishiladi?
— Aslida grammatikani o‘rganmasdan chet tilini o‘zlashtirib bo‘lmaydi. O‘quvchilarga grammatika o‘tiladi, lekin uslub boshqacha. Masalan, 10 yil oldin o‘quvchilarga dars berayotganimizda “Biz bugun hozirgi zamon fe’lini o‘tamiz. Uning mana bu qoidalari bor” der edik. Endi esa bolalar matnni o‘qib, fe’llarni qanday kelishini o‘zlari topib oladi, ya’ni bolalarga grammatikani bildirmasdan o‘rgatib qo‘yayapmiz. Bugun o‘qituvchi doskaga biron qoidani yozib, uni daftarga ko‘chirtirmaydi. Bolalarning nazarida xuddi grammatika o‘tilmayotgandek, lekin aslida grammatika o‘tiladi, chunki busiz bo‘lmaydi.
— Demak, sizlarda grammatika qonun-qoidalari boshqacha o‘qitilar ekan-da.
— Xuddi shunday. Grammatikaning qoidasi bolalarga qiyin tuyulishi mumkin. Shuning uchun biz ularga oson usulda o‘rgatishga harakat qilamiz. O‘qituvchi darsda faqat o‘zi gapirsa, o‘quvchilar tinglab o‘tirsa, ularga ko‘p bilim bera olmaymiz. O‘quvchilarning o‘zidan fikr olinsa, sifatli va samarali dars bo‘ladi. Masalan, tarix fanida o‘qituvchi kelib, darsni o‘quvchilarga aytib beradi, shu bilan dars tugaydi. Mening uslubimda esa o‘qituvchi darsga kelib, o‘quvchilarga o‘tiladigan mavzu bo‘yicha savol beradi. Masalan, “Ikkinchi jahon urushi haqida qanday faktlarni bilasiz?” deydi. Tabiiyki, bolalar eshitganlarini ayta boshlaydi. O‘qituvchi ularni birma-bir doskaga yozib chiqadi. Yigirmata fakt doskaga yozilgach, o‘qituvchi bolalarga mana shuncha ma’lumotlarni bilar ekansiz, barakalla deb ularni ruhlantiradi. Endi “Ikkinchi jahon urushiga nima sabab bo‘ldi?” deydi. Bolalar yana sabablarni ayta boshlaydi. “Uchinchi jahon urushi bo‘lmasligi uchun nima qilishimiz kerak?” deydi o‘qituvchi. O‘qituvchi bolalarning fikrlarini doskaga yozadi. Shu tarzda dars qiziqarli va jonli tarzda kechadi. Bolalarning xotirasida o‘zaro fikr almashib, doskada yozilgan fakt va raqamlar o‘qituvchi shunchaki gapirib bergandan ko‘ra yaxshi saqlanib qoladi. Mazkur usul tanqidiy fikrlashni shakllantiradi, shuningdek yoshlarda bag‘rikenglikni ham yuzaga keltiradi. Bu usulni boshqa fanlarda ham qo‘llash kerak. O‘qituvchi kamroq gapirib, o‘quvchilarni darsda ko‘proq gapirtirsa, yaxshi natija oladi.
— Bunday dars o‘tish usullarini qayerdan o‘rgangansiz?
— Bu usullar xorij tajribasi. Men har yili o‘z ustimda ishlab, xorijiy sertifikatlar olib kelaman. Masalan, 2021 yilda Kembrijdan “Ustozlarning ustozi” degan yangi sertifikat oldim. Nasib bo‘lsa, bu yil bundan ham kattaroq sertifikatni olishni maqsad qilganman. Darslarda qanday usul qo‘llash kerak, bolalarni qanday jalb etish mumkinligi ustida tinmay izlanaman. Masalan, o‘n yil oldin bolalarga mavzuni o‘tardik va uy ishini berib yuborardik. Hozirgi bolalar uyda kam dars qiladi. Bolalarni uyida chalg‘itadigan narsalar ko‘p: televizor, kompyuter, telefon kabilar dars tayyorlashga halaqit beradi. Shuning uchun ular uyida kam dars tayyorlaydi. O‘quvchilarga dars jarayonida mavzuni 80 foiz bajartirib yuborishga harakat qilamiz. U uyida darsni qilmagan taqdirda ham mavzu bo‘yicha 80 foiz bilimi bo‘ladi. Uyga vazifa sifatida bolaga ko‘p emas, maqsadli uy ishi berish kerak.
— Balki, maktablarning muammosi shundadir? O‘n yil maktabda o‘qigan bola chet tilini bilmaydi. Ularga xuddi siz aytganingizdek, mavzu o‘tiladi va uy ishini uyda tayyorlab kel, deyiladi.
—  Mavzu o‘tilgandan keyin darsda kamida uch xil mashq qilinishi kerak. Masalan, zamonlar haqida mavzu o‘tdingiz. Uni bolalarga gapirtirib mashq qildirish kerak. Mazkur mavzuni mustahkamlash uchun kamida uch xil mashqlar bajarish kerak bo‘ladi. Insho yozdirish orqali bola matnda zamonni qanday qo‘llay olyapti, buni tekshirish lozim. Keyin mavzuga oid matnni eshittirib, mashq qildirilsa, bola mavzuni darsning o‘zida 80 foiz o‘zlashtirib oladi. Agar o‘quvchilar darsda ushbu mashqlardan birini yaxshi qo‘llay olmasa, demak o‘qituvchi darsni yaxshi tushuntirmagan bo‘ladi. U yana mavzuni takrorlab, bolalarga tushunmagan tomonlarini o‘rgatadi.

— O‘quv markazingizning necha foiz o‘quvchisi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kiryapti?
— O‘quvchilarning 90 foizdan ko‘prog‘i oliy ta’lim dargohlariga o‘qishga kiryapti. Bizda ingliz tilini o‘rgangach, IELTS xalqaro sertifikati beriladi. 5,5 ball olgan o‘quvchi ham mahalliy oliy ta’lim muassasalariga bemalol kira oladi. Bizni xursand qiladigan tomoni — bizning markazda bundan yuqori ballarni qo‘lga kiritish ko‘zlanadi va shunday bo‘lib kelmoqda. 8-8,5 ball olgan o‘quvchilarimiz ham juda ko‘p.  Yaqinda viloyat xalq ta’limi boshqarmasida o‘qituvchilar uchun bo‘lgan tadbirda boshqarma vakillaridan biri “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan samarqandlik talabalarning 50 foizidan ko‘prog‘i “Fast Education” o‘quv markazi o‘quvchilari”, dedi. O‘sha kuni bu statistikani eshitib, juda ham xursand bo‘ldim.
— Markazda test sinovlarini alohida o‘qituvchilar oladi, deb eshitdik. Shu rostmi?
— “Fast Education” o‘quv markazi 2005 yilda tashkil topganida bu haqda rosa o‘ylaganman. O‘qituvchi dars bersa, imtihonni boshqa kishi olishi kerak, degan qarorga kelib, ekzamenatorlardan iborat alohida guruh tuzganman. Ular bugun 15 nafar bo‘lib, faqat imtihon olish bilan shug‘ullanadi. Ekzamenatorlarga alohida bino, zamonaviy shart-sharoit yaratilgan. Ular o‘quvchilardan imtihon olib, nafaqat ularning bilimini, balki o‘qituvchining saviyasini ham aniqlab beradi. O‘quvchilarning olgan ballarining umumiy yig‘indisidan o‘qituvchiga ball beriladi. O‘qituvchi 70 balldan kam olsa, unga boshqatdan metodika o‘rgatiladi.

— O‘quv markazida o‘zlashtirolmagan o‘quvchilar haydalar ekan, shu to‘g‘rimi?
— Yo‘q, bu fikr noto‘g‘ri. O‘quvchi 70 balldan kam olsa, o‘sha dasturni boshqatdan o‘qiydi, ya’ni boshqa guruhda o‘qiydi. Ba’zi o‘quvchilar bu usuldan norozi bo‘lib, boshqa joyda o‘qiyman, deb ketib qoladi. 5-6 oydan keyin yana qaytib keladi. Tekshirib ko‘rsak, biz o‘rgatgandan boshqa hech narsa o‘qimagan bo‘lib chiqadi. Ba’zi payt ota-onalar ham tushunmaydi. Agar bola imtihondan yiqilsa, ota-onasi telefon qilib: “Sizlar atayin bolamga past baho qo‘yyapsizlar” deydi. Agar maqsadim faqat pul ishlash bo‘lganida, 15 nafar xodimni ishga olib, maosh bermasdim. Imtihon olishni o‘qituvchining o‘ziga yuklab qo‘yardim.
— O‘qituvchilarni qaysi asosga ko‘ra ishga olasiz?
— Boshida IELTS xalqaro sertifikati borligiga qarab, ularning 7, 7,5, 8 ball olganlarini, ya’ni shogirdlarimni ishga olardim. Hozirgi kunda 8 ballga ega o‘qituvchi ham yaxshi dars berolmasligi mumkin, degan xulosaga kelganman. O‘qituvchi nafaqat dars bera olishi, balki bolaning psixologiyasini ham bilishi, har bir bola bilan tillasha oladigan bo‘lishi kerak. Shu sababli keyingi vaqtlarda ishga olgan o‘qituvchilarimni o‘zim uch oy malakasini oshiryapman. Uch oydan so‘ng o‘qituvchiga gruppa berib, darsni qanday olib borishini kuzatyapman. Boshqa o‘qituvchilarning malakasini ham o‘zim oshirib boraman.
— Markazda kam ta’minlangan oila farzandlari bepul o‘qishi mumkinmi?
— Albatta, mumkin. Ikki yil oldin biz mehribonlik uylariga bolalarni jo‘natinglar, bepul o‘qitib beramiz, deb xat bilan chiqqandik. Kam ta’minlangan oila farzandlari kelsa, ularni ham bepul o‘qitib beryapmiz. Bundan tashqari, eng zo‘r o‘qigan bolaga grant ajratamiz. Masalan, o‘quvchi imtihonda 95 ball olsa, keyingi o‘nta darsi bepul bo‘ladi. Agar doimiy 95 dan yuqori ball olsa, barcha darslari bepul bo‘ladi. Bizda taxminan 200 dan ortiq bola bepul o‘qiydi.

— Ilk ish faoliyatingizni qayerda boshlagansiz?
— Uyimda, qo‘shni bolalarga ingliz tilini o‘rgatishdan boshladim. Qo‘shnimning o‘g‘li mendan ta’lim olib, Amerikaga o‘qishga kirib ketgach, o‘quv markazi ochish fikri paydo bo‘ldi. Dastlab Samarqand davlat chet tillar institutini tugatib, magistraturani Hindistonda o‘qidim. So‘ngra Londonda ingliz tili kurslarida tahsil oldim, Koreya, Malayziya kabi davlatlarda o‘qituvchilar tajribasini o‘rgandim. Haqiqiy o‘qituvchi bilimli bolani emas, bilimsiz bolani bilimli qiladigan bo‘lishi kerak. Maktabda oldingi partalarda o‘tiradigan 4-5 bola yaxshi o‘qiydi, qolganlari bilan hech kimning ishi yo‘q. Bizda esa bunday emas, bu yerga kelgan har bir bola bilim olishi lozim. Maqsadimiz – bilimli bolalar bilan ishlash, shuningdek, bilimsiz bolalarni bilimli qilish.
— O‘quv markazida qaysi fanlar o‘qitiladi?
— Ingliz tili, matematika, rus tili fanlari o‘qitiladi.
— Muvaffaqiyatingizning siri nimada?
— Avvalo, ota-onamning, ustozimning duolari. So‘ngra kechalari qiladigan iboratlarimda so‘ragan duolarim ijobati deb bilaman.
Xurshida Ernazarova suhbatlashdi.

Manba: zarnews.uz


Сегодня те, кто хочет учиться в высших учебных заведениях, идут в образовательные центры на дополнительные занятия после школы.

Родители также доверяют репетитору больше, чем школе. Это связано с тем, что более 90% студентов обучаются в образовательных центрах. Почему? Чем образовательные программы отличаются от школьных?
Чтобы найти ответы на эти вопросы, мы поговорили с Ботиром Джораевым, руководителем Центра быстрого образования в Самарканде, где обучается более тысячи студентов.
«В учебном центре преподается иностранный язык без изучения грамматики и запоминания слов». Как это достигается?
— На самом деле невозможно выучить иностранный язык без изучения грамматики. Студентов учат грамматике, но стиль отличается. Например, 10 лет назад, когда мы обучали студентов: «Сегодня мы проходим глагол настоящего времени. У него такие правила». Теперь дети могут прочитать текст и узнать, как образуются глаголы, то есть мы учим детей грамматике, не говоря им. Сегодня учитель не пишет правило на доске и не переписывает его в тетрадь. Вроде бы грамматике детей не учат, но на самом деле грамматике учат, потому что без нее нельзя.
«Значит, у вас другие правила грамматики».
«Это то же самое.» Правило грамматики может показаться детям сложным. Поэтому мы пытаемся учить их простым способом. Если учитель говорит только в классе, если ученики слушают, мы не можем их многому научить. Это качественный и эффективный урок, если консультируются сами студенты. Например, придет учитель истории и расскажет ученикам урок, и на этом урок окончен. В моем стиле учитель приходит в класс и задает ученикам вопросы по теме. Например, «Какие факты о Второй мировой войне вы знаете?» он говорит. Естественно, дети начинают говорить то, что слышат. Учитель записывает их по очереди на доске. Когда на доске записано двадцать фактов, учитель подбадривает детей, говоря: «Благословите вас за то, что вы узнали так много информации». Теперь, «Что вызвало Вторую мировую войну?» он говорит. Дети снова начинают называть причины. «Что мы можем сделать, чтобы предотвратить третью мировую войну?» говорит учитель. Воспитатель записывает идеи детей на доске. Таким образом, урок проходит весело и живо. В памяти детей лучше сохраняются факты и цифры, написанные на доске, чем просто рассказанные учителем. Это способствует критическому мышлению и терпимости у молодых людей. Этот метод следует использовать и в других дисциплинах. Чем меньше говорит учитель и чем больше ученики говорят в классе, тем лучше.
— Где вы научились таким методам?
— Эти методы являются зарубежным опытом. Каждый год работаю над собой и привожу зарубежные сертификаты. Например,В 2021 году я получил новый сертификат из Кембриджа под названием «Учитель года». Если повезет, в этом году планирую получить еще больший сертификат. Я всегда ищу способы научить и как вовлечь детей. Например, десять лет назад мы учили детей и давали им домашние задания. Современные дети меньше выполняют домашнюю работу. Дома много отвлекающих факторов для детей: телевизор, компьютеры, телефоны и т. д., которые мешают выполнять домашние задания. Поэтому они готовят меньше уроков дома. Мы стараемся, чтобы учащиеся выполнили 80 процентов темы в классе. Даже если он не делает домашнюю работу, он все равно имеет 80-процентное знание предмета. В качестве домашнего задания дайте ребенку целенаправленное домашнее задание, но не много.
— Может быть, это проблема школ? Ребенок, который десять лет учится в школе, не знает иностранного языка. Им говорят, как вы сказали, что тема будет раскрыта и что они будут делать домашнюю работу.
— После темы на уроке нужно сделать не менее трех разных упражнений. Например, вы упомянули тему времени. Это нужно практиковать, разговаривая с детьми. Вам понадобится как минимум три упражнения, чтобы закрепить эту тему. Написание эссе должно проверить, насколько хорошо ребенок использует время в тексте. Затем, если текст будет прочитан вслух и отработан, ребенок усвоит 80% темы на занятии. Если ученики плохо используют одно из этих упражнений в классе, это означает, что учитель плохо объяснил урок. Она повторяет тему и учит детей тому, чего они не понимают.

— Какой процент ваших студентов поступает в высшие учебные заведения?
— Более 90% студентов поступают в высшие учебные заведения. Мы предлагаем международный сертификат IELTS после изучения английского языка. Студент с баллом 5,5 также сможет поступить в местные высшие учебные заведения. Что делает нас счастливыми, так это то, что наш центр стремится к более высоким баллам, и это так. У нас много учеников с 8-8,5 баллами. На недавнем мероприятии для преподавателей областного управления народного образования один из представителей управления сказал: «Более 50 процентов самаркандских студентов, обучающихся в вузах, являются студентами Центра быстрого образования». Я был очень рад услышать эту статистику в тот день.
— Мы слышали, что центр будет сдавать тесты у отдельных преподавателей. Это правда?
— Я думал об этом, когда в 2005 году создавалось Fast Education. Я решил, что если учитель будет преподавать, то экзамен будет сдавать кто-то другой, поэтому сформировал специальную группу экзаменаторов. Их сегодня 15, и они только сдают экзамены. Есть отдельный корпус для экзаменаторов, современные условия. Они берут экзамены у студентов, чтобы определить не только их знания, но и уровень преподавателя.Учителю выставляется оценка, основанная на общем количестве баллов, полученных учениками. Если учитель набирает менее 70 баллов, его обучают другому методу.

— Правда ли, что студентов, не освоившихся в учебном центре, отчисляют?
«Нет это не правда.» Если учащийся набирает менее 70 баллов, он перечитывает программу в другой группе. Некоторые студенты недовольны этим методом и уходят, потому что хотят учиться в другом месте. Вернусь через 5-6 месяцев. Оказывается, он ничего не читал, кроме того, что мы учили. Иногда родители даже не понимают. Если ребенок не сдает экзамен, родитель позвонит и скажет: «Вы намеренно недооцениваете ребенка». Если бы моей единственной целью было зарабатывать деньги, я бы не стал нанимать 15 человек и платить им. Я оставил экзамен учителю.
— На каком основании вы нанимаете учителей?
— В начале, в зависимости от наличия международного сертификата IELTS, я брал на работу своих студентов, которые получали 7, 7,5, 8 баллов. Я пришел к выводу, что даже учитель с 8 баллами сегодня не сможет хорошо преподавать. Больше всего требуется не только хорошее образование, но и его бдительность и самоотверженность. Вот почему я обучаю своих учителей уже три месяца. Через три месяца я даю учителю группу и наблюдаю, как проходит урок. Я также повышаю квалификацию других учителей.
— Могут ли дети из малообеспеченных семей учиться в центре бесплатно?
«Конечно вы можете.» Два года назад мы написали письмо с просьбой отдать детей в детские дома и обучать их бесплатно. Если приходят дети из малообеспеченных семей, мы также обучаем их бесплатно. Мы также предоставляем грант лучшему студенту. Например, если студент наберет на экзамене 95 баллов, следующие десять уроков будут бесплатными. Если вы постоянно набираете больше 95 баллов, все занятия будут бесплатными. У нас около 200 детей учатся бесплатно.

— Где вы начали свою первую карьеру?
«Дома я начал учить английскому детей по соседству». Когда сын моей соседки учился со мной и уехал учиться в США, у меня возникла идея открыть учебный центр. Сначала я окончил Самаркандский государственный институт иностранных языков и учился в магистратуре в Индии. Затем я прошла курсы английского языка в Лондоне и изучила опыт преподавателей в таких странах, как Корея и Малайзия. Настоящий учитель должен быть образованным ребенком, а не образованным ребенком. В школе за партами сидят 4-5 детей, а до остальных никому нет дела. У нас это не так, каждый ребенок, который приходит сюда, должен получить образование. Наша цель – работать с образованными детьми, а также воспитывать необразованных детей.
— Какие предметы преподаются в учебном центре?
— Английский язык, математика, русский язык преподаются.
— В чем секрет вашего успеха?
— Прежде всего,молитвы моих родителей, моего учителя. Тогда я знаю, что на молитвы, которые я прошу в своих ночных молитвах, приходит ответ.
Рассказала Хуршида Эрназарова.

Источник: zarnews.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: