Kitobsevar talaba – «Spark» sohibi bo‘ldi

Kitobsevar talaba – «Spark» sohibi bo‘ldi

Prezidentimizning kitob mutolaasi bo‘yicha chiqargan tarixiy farmoyishlaridan so‘ng joylarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitob targ‘ibotini samarali tashkil etish maqsadida ibratli ishlar olib borilayapti, turli tanlov va aksiyalar tashkillashtirilmoqda.

Urganch shahridagi «Urganch kitob markazi» kitob do‘koni tomonidan «Eng kitobxon oila» deb nomlangan aksiya e’lon qilingandi. Ushbu aksiya talablariga ko‘ra mazkur kitob do‘konidan bir yo‘la yuz ming so‘mlik kitoblar xarid qilgan kitobxon ro‘yxatga olinib, qo‘liga maxsus talon berilishi yo‘lga qo‘yilgandi. Aksiya yakunida tasodifiy tanlov asosida ishtirokchi aniqlanib, xarid qilgan va albatta o‘qigan kitoblari bo‘yicha savol-javob o‘tkazilardi.
Va nihoyat mazkur aksiya yakunlandi va g‘oliblar munosib taqdirlandi. Aksiya doirasida qo‘yilgan yettita sovrin uchun 300 ga yaqin kitobsevarlar ishtirok etdi.
Asosiy sovrin – «Spark» avtomobili Urganch davlat universiteti birinchi bosqich talabasi Go‘zal Matrizayevaga nasib qildi.
Shuningdek, viloyat, shahar va tuman axborot-kutubxona markazlari tomonidan faol ishtirokchi bo‘lgan kitobsevarlarga planshet, qo‘l telefoni kabi qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Ushbu aksiya tizimli davom etib, keyingi g‘oliblar 2021 yil Navro‘z bayrami kuni aniqlanadi.
Dunyoqarashingni kengaytiradigan, hayotda o‘z maqsadlaringga erishishda yaqin ko‘makchi bo‘ladigan kitoblarni o‘qish va buning evaziga zamonaviy yengil mashinani sovg‘aga olish qanday zavqli!


Следуя историческим указам Президента о чтении, проводится образцовая работа по повышению культуры чтения на местах, организуется эффективная организация книжной пропаганды, различные конкурсы и акции.

Книжный магазин «Ургенчский книжный центр» в Ургенче запустил акцию «Самая читающая семья». В рамках акции читатель, купивший книги в книжном магазине на сто тысяч сумов единовременно, был зарегистрирован и получил специальный купон. В конце акции случайным образом были выбраны участники, которым задавали вопросы о книгах, которые они купили и, конечно же, прочитали.
Наконец акция завершилась и победители были награждены. В розыгрыше семи призов кампании приняли участие около 300 книголюбов.
Главный приз – автомобиль «Спарк» достался студентке 1 курса Ургенчского государственного университета Гозал Матризаевой.
Областные, городские и районные информационно-библиотечные центры также преподнесли любителям планшетов ценные подарки – планшеты и мобильные телефоны.
Акция будет продолжаться планомерно, а следующие победители будут определены в день Навруза в 2021 году.
Какое же это удовольствие читать книги, которые расширяют кругозор и помогают достигать целей в жизни, а взамен получаешь в подарок современный автомобиль!

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: