Sherzod Shermatov direktorlar harakatiga to’xtaldi

Sherzod Shermatov direktorlar harakatiga to'xtaldi
Telegramda o'qish

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov maktab direktorlari harakati natijaja berishi haqida fikr bildirdi.

Ushbu 2 ta raqam maktablar faoliyatidagi ijobiy o‘zgarishni ko‘rsatadi:

1) 1,5 mln abituriyentning atigi 23 foizi bu yilgi maktab bitiruvchilari bo‘lgan bo‘lsa, ular davlat granti kvotasining 50 foizini egalladi. Qolgan 77 foiz abituriyentni tashkil etgan litsey, kollej bitiruvchilari yoki avvalgi yilgi bitiruvchilar ham OTMga harakat qilgan, repetitorga borgan, lekin ularning umumiy natijasi maktab bitiruvchilarinikidan anchagina orqada bo‘ldi.

2) Oliy ta’limga bironta ham o‘quvchisi kirmagan maktablar soni 3 barobarga kamaydi, ya’ni o‘tgan yili 2126 ta edi, bu yil 692 taga tushdi. Bunga ham o‘tgan yildan bunday maktab rahbarlarini lavozimiga loyiqligini jiddiy ko‘rib chiqish boshlangani katta turtki bo‘ldi.

Endi buyog‘iga direktorlarimiz va maktab jamoasi faqat natijaga harakat qilishi kerak. Natija bu bitiruvchilarning hayotda muvaffaqiyatga erishishi. Ularning bir qismi o‘qishni keyingi bosqichiga o‘tsa, keyingi qismi o‘z ishini topib ketishidir. O‘qishga ham kirolmasa, ish ham topa olmasa, keyinchalik yoshlarimiz hayotda qiynalib qolishadi. Shu sababli maktab davridagi vaqtini aynan shu natijaga yo‘naltirishi, shu jumladan, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirishi kerak.

Bir oy davomida Xorazm, Navoiy, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida bo‘lib yaxshi ko‘rsatkichga ega va umuman natija ko‘rsatmagan maktablarni solishtirganda asosiy farq aynan direktor va maktab jamoasining o‘z kasbiga bo‘lgan fidoiyligi tufayli bo‘layotganiga amin bo‘ldik.

Solishtirganda ko‘rinadiki, aksariyat yomon ko‘rsatkichga ega maktablarning moddiy texnik holati yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan maktabnikidan ancha yaxshi bo‘lib chiqayapti. Eskichasiga faqat maktabning tashqi ko‘rinishiga qarab direktorga baho berilganida, aksincha bular yaxshi bo‘lib chiqardi va yaxshi natija ko‘rsatgan direktorga esa maktabining ko‘rinishi yaxshi bo‘lmaganiga chora ko‘rilishi mumkin edi…

Shuning uchun, o‘z ishiga fidoiy bo‘lgan pedagoglarimizga ushbu o‘zgarishlarga sabab bo‘lganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz! Aksincha, bu sohaga adashib kelib, avvalgidek paxta va boshqa ortiqcha ishlar bilan o‘ralashib yurishga o‘rganib qolganlarga boshqa ish topishlarini tavsiya qilamiz, — deydi vazir.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: