Maktab direktori nega deputatlar tomonidan tanlanyapti?

Maktab direktori nega deputatlar tomonidan tanlanyapti

Maktab direktori ilgari qanday tayinlanardi? Keling, gapni shundan boshlasak.
Quyida qayd etiladigan tartib joriy etilgunga qadar maktablarda kuzatuv kengashi faoliyat olib borgan bo‘lib, ko‘pincha unga mahallada yashovchi kishilar a’zo qilib qo‘yilardi. Shuning uchun ham maktab direktorining nomzodi kengash raisi, a’zolarining qarindoshi yoki yaqin do‘sti tomonidan tasdiqlanardi. Tasdiqlangan nomzod tuman xalq ta’limiga tavsiya qilinardi.
O‘z navbatida nomzodni tuman xalq ta’limi bo‘limi viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga tavsiya etardi. Qisqasi, direktor tayinlash masalasida mukammal tizim joriy etilmagan edi. Xo‘sh, endi-chi?
Jarayon shaffof bo‘ladi
Qo‘ldosh Saidov, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari:
— Ilgari maktab direktorini tayinlash masalasida shaffoflikka to‘liq amal qilinmas edi. Shuning uchun ham eski tartibdan voz kechishga qaror qilindi. Prezidentimizning 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida maktab direktorini lavozimga tayinlashning yangicha tartibi belgilandi.

Farmonga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab umumta’lim muassasalari direktorlari tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tanlanadigan bo‘ldi. Bunda dastlab tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi tomonidan vakant direktorlik lavozimi vazirlikning ish.uzedu.uz saytida, davriy nashrlarda e’lon qilinadi.
Nomzodlar vazirlikning ushbu sayti orqali tanlovda ishtirok etish haqida ariza beradi. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi tomonidan direktorlikka talabgorlarning malaka talablariga mosligi o‘rganiladi. So‘ngra nomzodlar viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga tavsiya etiladi. Asosiy jarayon shundan keyin boshlanadi. Umumta’lim muassasasining bo‘sh direktor lavozimi uchun hududiy xalq ta’limi boshqarmasi kiritgan nomzodlar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tanlovdan o‘tkaziladi.
Nomzodlar tanlovda tegishli umumta’lim muassasasi ko‘rsatkichlarini kelgusi 3 yilda yuqori darajaga olib chiqish bo‘yicha o‘z dasturi bilan ishtirok etadi. Deputatlar tomonidan eng yaxshi 3 yillik dastur egasi tanlab olinadi va lavozimga tayinlash uchun viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga tavsiya etiladi. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tanlab olingan nomzod hududiy xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan 3 ish kunida umumta’lim muassasasi direktori lavozimiga rasmiy buyruq bilan tayinlanadi.
Ammo bu hali hammasi emas, shaffoflik asosida tayinlangan maktab direktori yil yakunida (yoki Kengash belgilagan muddatda) xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga 3 yillik dasturi bo‘yicha bajargan ishlari yuzasidan hisobot beradi.
Bugungi kunga qadar ushbu tartib bo‘yicha Qo‘shrabot tumanida 8 ta, Oqdaryo tumanida 2 ta, Jomboy tumanida 2 ta, Kattaqo‘rg‘on shahrida 2 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabiga direktor tayinlandi.
Aslida shaffoflik degani shu. Nomzod dasturi bilan o‘zini ko‘rsata olsa, haqiqatda rahbarlikka munosib bo‘lsa, deputatlar o‘sha nomzodni tanlayapti. Faqat bu jarayon bosqichma-bosqich bo‘lgani bois tayinlash sust ketyapti. Agar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining sessiyasi o‘tib ketgan bo‘lsa, ushbu masala keyingi sessiyaga qoldirilyapti. Shuning uchun bo‘sh direktorlik joyi haqida 3 kun ichida tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi e’lon berishi kerak. Shunda tizimli jarayon tezlashadi va ta’lim muassasalariga yangi tartibda belgilangan talablar asosida shaffoflik tamoyiliga binoan munosib nomzodlar o‘z vaqtida tayinlanadi.
Deputatlar nomzodni rad etdi Shuhrat Tog‘ayev, Kattaqo‘rg‘on shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri:
— Yangi tartib asosida direktorlar tayinlanishi ayni muddao bo‘ldi. Yaqinda Kattaqo‘rg‘on shahridagi 6- va 15-umumiy o‘rta ta’lim maktablariga deputatlar tanlovi asosida direktorlar tayinlandi. Direktorlikka nomzodlarga malaka talablari qo‘yilgan. Masalan, nomzod kamida bakalavr ta’lim yo‘nalishida oliy ma’lumotga, rahbar yoki o‘rinbosar vazifasida 3 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi kerak. 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga 5 nafar nomzod ariza bergan bo‘lib, ular ichida 2 nafari rahbarlik lavozimlarida 3 yillik mehnat stajiga ega bo‘lmagani uchun tavsiya etilmadi. Qolgan 3 nafar nomzod ichidan munosib deb topilgani deputatlar tomonidan tanlandi.
Shavkat Qo‘shboqov, Qo‘shrabot tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri:
— Fevral oyida 8 ta maktabga vakant joylar uchun direktorlar yangi tartibda tayinlandi. Faqat tumandagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga qo‘yilgan 3 nafar nomzoddan birortasi ham deputatlar tomonidan tasdiqlanmadi. Sababi, ular sessiyada o‘zlarining 3 yillik dasturi bilan deputatlar ishonchini qozonmadi. Deputatlarning savollariga yetarlicha javob berolmadi. Yangi tartibning shunisi afzalki, bunda hech kim tanish-bilishchilik qila olmaydi. Munosibi topilmasa, qo‘yilmaydi. Ushbu masala keyingi sessiyaga qoldirildi.
Zamira Isanova, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati:
— Maktab direktorligiga nomzodlar tuman (shahar) Kengashining navbatdagi sessiyasida o‘zining 3 yillik dasturi bilan qatnashadi. Sessiyada har bir nomzodga 20 minutdan vaqt beriladi. Nomzod shu vaqt ichida deputatlarga maktabda ta’lim sifatini oshirish, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga qamrovini kengaytirish, innovatsion usullar asosida dars o‘tishni yo‘lga qo‘yish kabi rejalashtirgan ishlari haqida hisobot beradi. Yaqinda Kattaqo‘rg‘on shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi sessiyada ham deputatlar ikkita maktabga direktorlik uchun ariza bergan nomzodlarga ovoz berdi. Bunda eng yaxshi 3 yillik dastur tuzgan nomzodlar direktorlikka loyiq deb topildi.
Zimmamizga mas’uliyat oldik Manzura Abdurahimova, Oqdaryo tumani 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori:
— Tumandagi 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabi «qizil» toifaga kiritilgan maktablardan biri bo‘lib, 2 yildan beri o‘quvchilari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirmagan ekan. Deputatlar nomzodlar ichidan meni direktorlikka loyiq ko‘rishdi. 2017 yildan buyon tumandagi 47-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlaganman, 21 yillik mehnat stajiga egaman. Men uchun yangi bo‘lgan jamoada o‘qituvchilarning tajriba va salohiyati yaxshi. Faqat ota-onalar farzandlarini ko‘proq uy yumushlariga jalb qilar ekan. Men ota-onalar bilan gaplashib, farzandining kelajagiga befarq bo‘lmaslikka chaqirdim. Nasib bo‘lsa, bu yil maktabni «qizil» toifadan chiqaramiz.
Muzaffar Oqbo‘tayev, Qo‘shrabot tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori:
— Internet orqali e’londan xabardor bo‘lgach, ish.uzedu.uz saytiga hujjatlarimni taqdim qildim. Bungacha Jizzat politexnika institutining kimyo-texnologiya fakultetida o‘qituvchi bo‘lib ishlaganman. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2021 yil 23 fevral kuni bo‘lib o‘tgan sessiyada deputatlar tomonidan 3 yillik dasturim ma’qullandi. Dasturimda maktabning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, o‘qituvchilar salohiyatini oshirish kabi bosqichma-bosqich reja ishlab chiqilgan. Bugun ushbu rejalarim asosida ishni boshladim. Dastlab homiylar topib, eng yaxshi o‘qigan yuqori sinf o‘quvchilariga stipendiya joriy qildim. Hozircha ona tili, matematika, biologiya, kimyo fanlaridan 4 nafar o‘quvchiga 50 mingdan 100 ming so‘mgacha stipendiya tayinladim. Keyingi oydan ingliz tili fani bo‘yicha ham yana 3 nafar o‘quvchiga stipendiya tayinlashni rejalashtiryapmiz. Ushbu ta’lim dargohi «qizil» toifadagi maktablar qatorida, ya’ni bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi achinarli ahvolda. Shuning uchun ham maktabimizga TATU Samarqand filiali professor-o‘qituvchilari biriktirilgan. Ular ko‘magida ham yangi rejalar ishlab chiqyapmiz.
Demak, maktab direktorlarining yangi tartib asosida tayinlanishi xalq ta’limi tizimida tanish-bilishchilik, korrupsiya kabi illatlarga barham beradi, degan umiddamiz.
Xurshida Ernazarova,
«Zarafshon» muxbiri.

Manba: Zarnews.uz


Как раньше назначался директор школы? Давайте начнем с этого.
До введения следующей процедуры в школах существовал попечительский совет, в состав которого часто входили члены общины. Таким образом, кандидатура директора школы была одобрена председателем правления, родственником или близким другом членов. Утвержденный кандидат будет рекомендован для районного государственного образования.
В свою очередь кандидат был рекомендован районным отделом народного образования в областной отдел народного образования. Короче говоря, идеальной системы назначения директора не существовало. И что теперь?
Процесс будет прозрачным
Колдош Саидов, первый заместитель начальника областного управления народного образования:
«В прошлом при назначении директоров школ не было прозрачности», — сказал он. Именно поэтому было принято решение отказаться от старого порядка. Указом Президента от 6 ноября 2020 года «О мерах по развитию образования и науки в новый период развития Узбекистана» установлен новый порядок назначения директоров школ.

Согласно указу, с 1 января 2021 года директора общеобразовательных школ будут избираться соответствующими районными (городскими) Советами народных депутатов. При этом вакансия директора районного (городского) отдела народного образования будет объявлена ​​на сайте министерства ish.uzedu.uz, в периодической печати.
Кандидаты подают заявки на участие в конкурсе через этот сайт министерства. Районный (городской) отдел народного образования рассматривает соответствие кандидатов на должности директоров. Затем кандидаты рекомендуются провинциальному отделу народного образования. Затем начинается основной процесс. Кандидатуры на должность вакантного директора общеобразовательного учреждения, выдвигаемые областным управлением народного образования, избираются районным (городским) Советом народных депутатов.
Кандидаты будут участвовать в конкурсе со своей собственной программой по улучшению показателей соответствующей средней школы в ближайшие 3 года. Лучший обладатель 3-летней программы будет выбран депутатами и рекомендован для назначения в провинциальное управление народного образования. Кандидат, отобранный районным (городским) Советом народных депутатов, назначается территориальными отделами народного образования на должность директора общеобразовательного учреждения в течение 3 рабочих дней официальным приказом.
Но и это еще не все, директор школы, назначенный на основе гласности, отчитывается перед районным (городским) Советом народных депутатов в конце года (или в установленный Советом срок) о проделанной работе по 3- программа года.
На сегодняшний день назначено 8 директоров в Кошработском районе, 2 в Акдарьинском районе, 2 в Джамбайском районе и 2 в Каттакурганском районе.
На самом деле это означает прозрачность. Если кандидат может проявить себя с программой,если он действительно достоин лидерства, депутаты выберут этого кандидата. Просто процесс идет постепенно, а встречи идут медленно. Если сессия районного (городского) Совета народных депутатов окончена, вопрос переносится на следующую сессию. Поэтому вакансия должна быть объявлена ​​районным (городским) отделом народного образования в течение 3 дней. Это ускорит системный процесс и обеспечит своевременное назначение квалифицированных кандидатов в соответствии с требованиями новой процедуры.
Депутаты отклонили кандидатуру начальника управления народного образования Каттакургана Шухрата Тогаева:
«Тогда это просто стало известно нам. Недавно на основе парламентских выборов были назначены директора 6-й и 15-й общеобразовательных школ Каттакургана. Квалификационные требования к кандидатам на руководящие должности. Например, кандидат должен иметь как минимум степень бакалавра и 3 года опыта работы в должности руководителя или заместителя директора. В 6-ю общеобразовательную школу претендовали 5 кандидатов, 2 из которых не были рекомендованы в связи с отсутствием 3-летнего опыта работы на руководящих должностях. Из оставшихся 3 кандидатов депутаты были выбраны как наиболее достойные.
Шавкат Кошбоков, начальник отдела народного образования Кошрабатского района:
— В феврале назначены директора на вакансии в 8 школах. Ни один из трех кандидатов, выдвинутых в 19-ю общеобразовательную школу района, не был одобрен депутатами. Причина в том, что они не завоевали доверие депутатов на сессии со своей трехлетней программой. Он не смог ответить на вопросы депутатов. Преимущество нового порядка в том, что с ним никто не может ознакомиться. Если вы не можете найти правильный, это не сработает. Этот вопрос был перенесен на следующую сессию.
Замира Исанова, депутат областного Совета народных депутатов:
— Кандидаты в директора школ примут участие в очередной сессии районного (городского) Совета со своей трехлетней программой. Каждому кандидату будет предоставлено 20 минут во время сессии. За это время кандидат доложит депутатам о своих планах по повышению качества школьного образования, расширению охвата выпускников вузами, внедрению инновационных методов обучения. На недавнем заседании в Каттакургане депутаты также проголосовали за кандидатов, претендующих на должности директоров двух школ. При этом кандидаты, создавшие лучшую 3-летнюю программу, были признаны достойными руководящего состава.
Отвечаем Манзура Абдурахимова, директор 27-й общеобразовательной школы Акдарьинского района:
— 27-я общеобразовательная школа района входит в число школ, входящих в «красную» категорию, и ее учащиеся уже 2 года не принимаются в высшие учебные заведения. Депутаты сочли меня достойным должности директора.С 2017 года я работаю заместителем директора по академическим вопросам в 47-й средней школе округа со стажем работы 21 год. В новом для меня коллективе у педагогов хороший опыт и потенциал. Только родители чаще вовлекают своих детей в домашние дела. Я поговорил с родителями и призвал их не быть равнодушными к будущему своего ребенка. Если нам повезет, мы вытащим школу из убытка в этом году.
Музаффар Акботаев, директор 6-й общеобразовательной школы Кошработовского района:
— Узнав об объявлении в интернете, я подала документы на ish.uzedu.uz. До этого я работал преподавателем химико-технологического факультета Джизатского политехнического института. На заседании районного Совета народных депутатов 23 февраля 2021 года депутаты утвердили мою программу на 3 года. Программа включает пошаговый план укрепления материально-технической базы школы и повышения квалификации учителей. Сегодня я начал работать над этими планами. Я впервые нашел спонсоров и ввел стипендии для лучших старшеклассников. На данный момент я присудил стипендии от 50 000 до 100 000 сумов 4 ученикам по родному языку, математике, биологии и химии. Со следующего месяца мы планируем выделить стипендии еще трем студентам, изучающим английский язык. Школа является одной из «красных» школ мира с рекордным количеством выпускников, поступающих в высшие учебные заведения. Именно поэтому к нашей школе прикреплены профессора и преподаватели Самаркандского филиала ТУИТ. С их помощью мы разрабатываем новые планы.
Так что надеемся, что назначение директоров школ по новому порядку устранит такой порок, как коррупция в системе народного образования.
Хуршида Эрназарова,
Зарафшан корреспондент.

Источник: Zarnews.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: