Xalq ta’limi vaziri Rasul Kusherbayevning fikrlariga javob qaytardi

Xalq ta’limi vaziri Rasul Kusherbayevning fikrlariga javob qaytardi

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning OTMlarga kira olmagan o‘quvchilari sababli maktab direktorlarining ishdan olinishi haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi.

Deputat Rasul Kusherbayev «Maktablar o‘zini ishini qilishi kerak. Shu standartlar bo‘yicha belgilangan ta’limni berishi kerak. U o‘qishga kiradimi, kirmaydimi, hayotga tayyorlanadimi — bu maktabning bo‘ynidagi narsa emas», — degan edi.
Deputat OTMga o‘quvchisi kirolmagan maktab direktorlarining ishdan bo‘shatilishi haqida shunday degan edi: «Bu byurokratiyaning bitta usuliga o‘xshagan narsa, demagogiya va boshqaruvga noqobil bo‘lgan yoki shuni eplolmagan odamlarni qo‘yadigan talabi shunaqa bo‘ladi. Qachonki bilim yetmasa, mahorat yetmasa, diplomatik madaniyat yetmasa boshqarishga, ularda faqat baqirish, qo‘rqitish, mana shunday zug‘um qilish orqali boshqarishga o‘tiladi».
Rasul Kusherbayev bunday talab qonunchilik yoki Mehnat kodeksida belgilanmaganligi, kerak bo‘lsa bu uchun sudlashish mumkinligini ham ta’kidlagan.

Xalq ta’limi vazirining javobi

«Yillar davomida maktabda malakali o‘qituvchini ishga olish va rag‘batlantirish o‘rniga, tanish-bilishchilik qilishi natijasida, yuzlab bitiruvchilaridan birontasi ham oliy ta’limga kirmagan maktab direktori o‘z joyini natijaga ishlaydigan, yangi g‘oyalari bor nomzodlar uchun bo‘shatishi kerakmasmi?», — deya javobini boshlaydi Sherzod Shermatov.
XTV vazirining fikriga ko‘ra, OTMlarga kira olmagan bitiruvchilari uchun maktablarni «to‘q qizil» toifasiga kiritib, maktab rahbarining ishlari ko‘rib chiqilganda bunday maktablar soni kamayganini ko‘rish mumkin.
«Natijada, bunday maktablar soni bir yilda 3 barobarga kamaydi. Bu degani, yillar davomida umuman ta’limga e’tibor bo‘lmagan 2000 ga yaqin mahallalarda juda bo‘lmasa bir-ikkita o‘qituvchi, shifokor, muhandis yoki boshqa oliy ta’lim talab qiladigan mutaxassislar paydo bo‘lib, kelajakda o‘sha hududni rivojiga o‘z ijobiy hissasini qo‘shishni boshlashadi», — deya ta’kidladi vazir.
«Holatni to‘liq o‘rganmasdan berilgan savolga, hurmatli deputatimiz „bu demagogiya va boshqaruvni bilmaslik“ deb javob berishi menga juda g‘alati tuyuldi. Ushbu deputat bilan bog‘lanib, shu masalani kengroq tushuntirib bermoqchi bo‘ldim, SMS ham yubordim, lekin juda band ekanlar shekilli, so‘zlashishning hech imkoni bo‘lmadi. Shu sababli yozib tushuntirishga harakat qilaman. Bu masalada deputatlarimiz va jamoatchilik vakillariga doim ochiq tushuntirishga tayyormiz», — dedi XTV vaziri.
Sherzod Shermatov Xalq ta’limi vazirligidan ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha talablar mavjud bo‘lgandan keyin, maktab rahbarlaridan ham natijalarni talab qilish kerakligini ta’kidladi.
«Adashmasam, deputatlarning eng asosiy vazifalaridan biri bu davlat byudjetini taqsimlash va uning natijadorligini so‘rash. Deputatlar tomonidan ajratilgan mablag‘lar doirasida vazirlikdan ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha natija talab qilinganidan keyin uni maktab direktorlaridan ham talab qilishimiz zarurligini ta’kidlab o‘tmoqchiman», — dedi u.
«Shu vaqtga qadar, o‘quvchilar bilimini o‘lchash bo‘yicha aniq ob’ektiv mexanizm bo‘lmagan. Ya’ni, maktab davlat ta’lim standarti bo‘yicha bilim berdimi yoki yo‘qmi degan savolga ob’ektiv javob yo‘q. Maktab o‘quvchilari va bitiruvchilarining bilimini ob’ektiv baholash tizimi endi yaratilmoqda. „Zamonaviy maktab“ loyihasi bo‘yicha, maktab faoliyatini to‘laqonli baholash uchun 1000 ballik yangi tizim ishlab chiqilmoqda. Holatni xalqaro darajadagi ko‘rsatkichlar orqali o‘rganish uchun 2022 yilda birinchi marotaba PISA sinovlarida ham qatnashamiz. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga barcha maktablar bo‘yicha ob’ektiv reyting shakllantirish vazifasi ham yuklatilgan», — deya ma’lum qildi Sherzod Shermatov.
«Aslida, ushbu deputatimiz logikasi bo‘yicha bizga juda oson bo‘lishi kerak. O‘zi, nima keragi bor, direktorlardan natija so‘rab. Undan ko‘ra, nasib qilsa natijaga ishlashni kompleks baholash mexanizmlari joriy etilgandan keyin ko‘ramiz deb yursak ham bo‘laverardi. Biz esa, hozircha oxirgi ikki yilda faqat OTMga kirganlar bo‘yicha ob’ektiv ma’lumot bo‘lgani sababli, juda bo‘lmasa, ushbu ko‘rsatkichda eng past, ya’ni umuman bironta ham bitiruvchisi OTMga kirmagan maktablar faoliyatini o‘rganib chiqish bo‘yicha ishni boshlab yuribmiz, o‘zimizga ortiqcha ish orttirib… Ushbu deputatimiz taklifiga ko‘ra, yillar davomida maktabni o‘zining shaxsiy mulkidek qilib olib, malakali o‘qituvchini ishga olish va rag‘batlantirish o‘rniga tanish-bilishchilik qilishi natijasida yuzlab bitiruvchilaridan birontasi ham oliy ta’limga kirmagan maktab direktoriga chora ko‘ra olmasak yoki chora ko‘rsakda, ushbu deputatimiz taklifiga ko‘ra, ular sudga borib yutib chiqib, o‘z ishiga qayta tiklansa, unday direktorlardan mamlakatimiz kelajagi uchun nima naf? Nima sababdan, ular shuncha bitiruvchisining kelajagiga befarq bo‘lgani yetmagandek, biz ham bunga befarq qarab turishimiz kerak?», — dedi XTV rahbari.
Shu bilan birga Sherzod Shermatovning ta’kidlashicha, bu maktab bitiruvchilarining 100 foizi yoki aksariyati OTMga kirishi shart degani emas va bunday talab vazirlik tomonidan berilmagan.
Bundan tashqari, XTV vaziri direktor tashabbuskorligi o‘quvchilarning OTMlarga kirishida ham muhim rol o‘ynashini ta’kidlab o‘tdi va misol tariqasida Yangiyo‘ldagi maktabni keltirdi.
«Kuni kecha Yangiyo‘l tumanidagi 45-maktabga kirib, jamoasi bilan ancha suhbatlashgandim. Maktab 1968 yilda qurilgan, juda ta’mirtalab hamda o‘quvchilari soni quvvatidan ikki barobar ko‘p bo‘lishiga qaramay, tumanda aynan shu maktab OTMga kirish bo‘yicha eng yaxshi natijaga ega. Sababi direktori juda tashabbuskor va yaxshi jamoani shakllantira oladigan rahbar ekan. Ota-onalar bilan hamkorlikni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib, barcha sinfxonalarga ovozli kameralar ham o‘rnatishibdi va dars tahlilini ushbu kameralar orqali olib borishar ekan. Kirayotganimda bolalar avtobusga chiqayotganini ko‘rib so‘rasam, bu ham ota-onalar bilan hamkorlikda bolalar uchun alohida tashkil qilinganini aytishdi. Ikki nafar direktor o‘rinbosariga boshqa maktablardagi vakant direktorlik lavozimlariga nomzodini ish.uzedu.uz orqali yuborishni tavsiya qilsam, jamoada muhit yaxshi bo‘lganidan, ular ushbu jamoani tashlab ketmasliklarini aytishdi. Bemalol ushbu direktorimizga „Xalq ta’limi a’lochisi“ ko‘krak nishonini berib, yanada yaxshiroq mukofotlarga tavsiya qilsa bo‘ladi», — deb aytdi u.
Sherzod Shermatovning aytishicha, binosi ushbu maktabnikidan ancha yaxshi bo‘lgan hamda o‘quvchilari sonining maktab quvvatiga nisbati kamroq bo‘lgan qator boshqa maktablarga kirganida, direktori ishni to‘g‘ri tashkil qilmagani uchun ulardagi jamoa ham o‘zaro hamjihatmasligiga va natija ham pastligiga guvoh bo‘lgan. Shu bilan birga, vazirning ta’kidlashicha, tashqi faktorlar bir xil bo‘lsa ham, (dastur, kitoblar, ajratilayotgan mablag‘ va h.k.) maktabdagi muhit va natija maktab direktoriga ko‘p jihatdan bog‘liqligini aynan shu misollarda ham ko‘rsa bo‘ladi.
«Bu deputatimizning internetda anchagina mashhurligini inobatga olib, aytayotgan gaplari qanday oqibatga olib kelishiga yaxshiroq e’tibor qaratsalar to‘g‘ri bo‘lar edi. Odamlarga yoqadigan gapni aytish oson, lekin bu so‘zlar o‘zini ustida ishlamaydigan va natija ko‘rsatmaydigan direktorlarga o‘z joylarini natijaga ishlaydigan yangi g‘oyalari bor nomzodlar uchun bo‘shatmaslikka yana bahona bo‘lishi mumkin, afsuski. Populizm muhimroqmi yoki farzandlarimizning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun direktorlarni harakatga undashmi? Qadriyatlarimiz va tanlovimiz ikki xil ekan», — dedi XTV vaziri.
Sherzod Shermatov joylardagi mahalliy kengash deputatlari yangi direktorlar nomzodlarini ko‘rib chiqishda, haqiqiy munosib nomzodlarni adolatli tarzda tanlab olishlariga, hamda tanlov jarayonlarini to‘liq shaffof ravishda internetda video orqali yoritib borishlariga umid qilishini aytdi. «Aynan yangi direktorlarni deputatlar tomonidan tanlab olish jarayonida OAV va blogerlarning jamoatchilik nazorati juda muhim», — dedi u.


Министр народного образования Шерзод Шерматов прокомментировал депутату Законодательной палаты Расулу Кушербаеву увольнение директоров школ из-за учащихся, которые не смогли поступить в вузы.

Депутат Расул Кушербаев сказал: «Школы должны делать свою работу. Должен обеспечить образование, соответствующее этим стандартам. Пойдет ли он в школу или нет, подготовится ли он к жизни, это не зависит от школы».
Он высказался в поддержку Альянса США за демократию, но сказал, что сохранение некоторой независимости не является ответом. Когда у них нет знаний, когда у них нет навыков, когда у них нет дипломатической культуры, они идут к правительству, они просто идут к правительству, крича, запугивая, преследуя».
Расул Кушербаев также сообщил, что такое требование не предусмотрено ни в законе, ни в Трудовом кодексе, и может быть привлечено к уголовной ответственности в случае необходимости.

Ответ министра народного просвещения

«Вместо того, чтобы годами нанимать и поощрять в школу квалифицированных учителей, директор школы, никто из сотен выпускников, пошедших в высшие учебные заведения в результате знакомства, не ищет кандидатов с новыми идеями, которые работают на результат. Его не уволить?» — начал Шерзод Шерматов.
По словам министра ВТВ, количество таких школ уменьшилось, когда школы были включены в категорию «темно-красных» для выпускников, не имеющих возможности поступить в высшие учебные заведения.
«В результате количество таких школ сократилось в 3 раза в год. Это означает, что в почти 2000 микрорайонов, не получавших за эти годы вообще никакого образования, появятся хотя бы один-два учителя, врача, инженера или другого специалиста, нуждающегося в высшем образовании. развития региона», — сказал министр.
«Мне очень странно, что на заданный вопрос без тщательного изучения ситуации наш уважаемый депутат ответил: «Это демагогия и невежество руководства». Я связался с этим заместителем и попытался объяснить проблему более подробно, и я отправил смс, но они, похоже, были очень заняты и не могли говорить. Поэтому я попытаюсь объяснить письменно. Мы всегда готовы разъяснить этот вопрос нашим депутатам и представителям общественности», — сказал министр ВТВ.
Шерзод Шерматов отметил, что, поскольку есть требования от Министерства народного образования по повышению качества образования, необходимо требовать результатов и от директоров школ.
«Если не ошибаюсь, одна из основных задач депутатов — распределять госбюджет и спрашивать об его эффективности.Хотел бы подчеркнуть, что нужно требовать того же от директоров школ, после того, как результаты повышения качества образования потребуются от министерства в пределах средств, выделенных депутатами», — сказал он.
«До сих пор не существовало четкого объективного механизма измерения знаний учащихся. То есть нет объективного ответа на вопрос, давала ли школа образование по государственному образовательному стандарту. Разрабатывается система объективной оценки знаний студентов и выпускников. В рамках проекта «Современная школа» разрабатывается новая 1000-балльная система для полноценной оценки успеваемости в школе. В 2022 году мы впервые пройдем тест PISA, чтобы изучить ситуацию по международным показателям. Перед Государственной инспекцией по контролю качества образования также поставлена ​​задача составить объективный рейтинг по всем школам», — сказал Шерзод Шерматов.
«Тогда это просто стало известно нам. Все, что вам нужно сделать, это запросить у директоров результаты. Лучше сказать, что результаты мы увидим после внедрения комплексных механизмов оценки. Поскольку у нас есть только объективные данные о поступивших в вузы за последние два года, мы изучили деятельность школ, имеющих самый низкий, по крайней мере, по этому показателю, т. е. вообще не имеющих выпускников. , он уже много лет воспринимает школу как личную собственность, знакомится вместо того, чтобы нанять и поощрить квалифицированного преподавателя.В результате, если никто из сотен выпускников не сможет принять меры против директора школы, не поступившего в высшие учебные заведения какая польза будет от таких доверителей для будущего нашей страны, если они с подачи этого депутата выиграют суд и вернутся к работе?? Почему бы нам не быть такими же безразличными к будущему их выпускников, как мы к ним?»
Однако Шерзод Шерматов отметил, что это не означает, что 100 процентов или большинство выпускников школы должны поступать в высшие учебные заведения, и что такое требование министерством не выдвигалось.
Министр ВТВ также отметил, что инициатива директора также играет важную роль в поступлении студентов в высшие учебные заведения, приведя в пример школу в Янгиюле.
«Вчера я ходил в школу №45 Янгиюльского района и общался с коллективом. Хотя школа была построена в 1968 году, прошла капитальный ремонт и в ней вдвое больше учеников, это школа с лучшим набором учащихся в округе. Причина в том, что директор очень предприимчивый руководитель, который может сформировать хорошую команду. Общение с родителямивсе классы оборудованы звуковыми камерами, через которые ведется анализ урока. Когда я вошла, я увидела, как дети садятся в автобус, и они сказали, что это также было организовано для детей в сотрудничестве с родителями. Когда я через ish.uzedu.uz через ish.uzedu.uz посоветовал двум завучам подать заявление на вакантные должности директоров в другие школы, они сказали, что не уйдут из коллектива из-за хорошей атмосферы в коллективе. Этого директора легко рекомендовать к значку «Отличник народного образования» и рекомендовать к лучшим наградам», — сказал он.
Шерзод Шерматов рассказал, что когда он поступил в ряд других школ, где здание было намного лучше, чем в этой школе, и в нем было меньше учеников, чем вместимость школы, директор не организовал работу должным образом и коллектив не ладил с каждым др.. был свидетелем. При этом министр отметил, что даже при одинаковых внешних факторах (программа, учебники, выделенные средства и т. д.) школьная среда и результат во многом зависят от директора школы.
«Учитывая популярность нашего депутата в Интернете, было бы лучше, если бы больше внимания уделяли последствиям того, что он сказал. Легко говорить вещи, которые нравятся людям, но эти слова могут быть еще одним оправданием для директоров, которые не работают над собой и не показывают результатов, чтобы не уступить место кандидатам с новыми идеями, которые, к сожалению, работают на результат. Что важнее: популизм или он мотивирует директоров действовать ради будущего успеха наших детей? Наши ценности и выбор двояки», — сказал он.
Шерзод Шерматов сказал, что надеется, что местные советники будут честны в выборе правильных кандидатов при рассмотрении вопроса о новых директорах, и что они будут полностью прозрачно освещать процесс отбора через видео в Интернете. «Очень важен общественный контроль со стороны СМИ и блогеров в процессе избрания депутатами новых директоров», — сказал он.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: