Sherzod Shermatov: Asosiy e’tibor qizil kategoriyadagi maktablarga qaratiladi

Sherzod Shermatov: Asosiy e’tibor qizil kategoriyadagi maktablarga qaratiladi

Ta’lim sifati past maktablar jamoasi natijaga ishlash uchun bor imkoniyatini safarbar etishlari zarur, aks holda bu ishni boshqa jamoa amalga oshiradi!

Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.

Prezidentimiz Murojaatnomada ta’lim sifatini barcha maktablarda ko‘tarish bo‘yicha juda katta vazifani belgilab berdilar. Buning uchun ta’lim sifati past maktabga boshqa tumandan borgan malakali o‘qituvchi uchun 50% ustama, boshqa viloyatdan kelganiga esa 100% ustama berish ko‘zda tutilayapti.

Xabaringiz bor, bitiruvchisining birontasi ham oliy ta’lim muassasasi (OTM)ga kirmagan maktablarda uzoq vaqt ishlagan rahbarlarni lavozimdan olish bo‘yicha choralar boshlangani sabab, ushbu maktablar jamoasi harakatga tushib, bir yil ichida bunday maktablar soni 3 barobar kamaydi!

Buyog‘iga o‘quvchilar bitirishiga atigi yarim yil qoldi. Shuning uchun ushbu grafikda ko‘rsatilgan to‘q qizil rangdagi (0%) va qizil rangdagi (10 foizgacha ko‘rsatgichga ega) maktablar uchun bu yil juda katta sinov yili bo‘ladi. Shuning uchun, ushbu maktablar jamoasi birlashib natijaga harakat qilishi zarur! Avvalgidek, biz ketsak, o‘rnimizga o‘qituvchi topilmaydi deyish xomxayoldan boshqa narsa emas.

Vazirlik, viloyat va tuman bo‘linmalari xodimlari ham bundan buyon FAQAT qizil (10 foizgacha ko‘rsatkichli) maktablarga borib, ulardagi ahvolni yaxshilash bo‘yicha ishlaydi. Yashil kategoriyadagi maktablarga umuman bormasa ham bo‘ladi, ularga xalaqit qilinmasa bo‘ldi asosiysi. Ularda yaxshi yosh kadrlar bo‘lsa, qizil kategoriyadagi maktablarning rahbar lavozimlariga tavsiya etish kerak xolos. Shundagina ushbu yashil maktablardagi ijobiy muhit qizil maktablarga ham tezroq tarqaladi.

PS. Albatta, bu masala ertaga anchagina shov-shuv, xaypga aylanishi ham mumkin, chunki hech kim ishdan shundoq ketishni xohlamaydi. Lekin, maktabda o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya beradigan o‘qituvchilar ishlashi kerak, ularni faqat hurmatini oshirib, qo‘shimcha sharoit yaratishga harakat qilib boramiz. Aksincha, o‘zini ustida ishlamaydigan, adashib maktabga kelib qolgan, avvalgi majburiy mehnat tizimida qandaydir saqlanib yurgan insonlarga internetda xayp ko‘tarishga harakat qilgandan ko‘ra, sekin maktabdan boshqa joydan ish topishni maslahat beramiz. Bundan buyog‘iga maktablar faqat natijaga harakat qiladi, o‘qituvchilar ham o‘z ustida ishlashlari zarur. Viloyatlarda bir stavkada bir nechta o‘qituvchi ishlayotgan maktablar ham anchagina, o‘qituvchilarning umumiy soni stavkalarning sonidan 80 mingdan ortiq!

Asosiy e’tibor quyidagi fotodagi qizil kategoriyadagi maktablarga qaratilishi zarur:

!Ma’lumotlar rus tilida:
Команда некачественных школ должна сделать все возможное, чтобы работать на результат, иначе работу сделает другая команда!

Об этом сообщил министр народного образования Шерзод Шерматов.

В своем Послании Президент поставил большую задачу по повышению качества образования во всех школах. Квалифицированному учителю из другого района планируется дать 50% бонус, а школе из другого региона 100% бонус.

Как известно, в результате принятых мер по увольнению директоров-долгожителей в школах, где никто из выпускников не поступил в высшие учебные заведения (ВУЗы), коллектив этих школ принял меры, и количество таких школ сократилось в 3 раза. через год!

Студентам осталось всего полгода до выпуска. Таким образом, этот год будет большим испытанием для темно-красных (0%) и красных (до 10%) школ, показанных на этой диаграмме. Поэтому необходимо, чтобы команда этих школ объединялась и работала на результат! Как и раньше, это фантазия говорить, что если мы уйдем, не будет учителя, который нас заменит.

Сотрудники министерства, областных и районных управлений также будут ходить ТОЛЬКО в красные (до 10%) школы и работать над улучшением своего положения. Главное, вообще не ходить в зеленые школы, лишь бы их не беспокоили. Если у них есть хорошие молодые кадры, их следует рекомендовать на руководящие должности в красных школах. Только тогда позитивная атмосфера в этих зеленых школах быстрее распространится и на красные школы.

PS. Конечно, завтра этот вопрос может стать большим шумом, ведь никто не хочет так уходить с работы. Однако в школе должны быть учителя, которые учат учеников, и мы лишь постараемся создать для них дополнительные условия, повысив их уважение. Наоборот, мы советуем людям, не занимающимся самозанятостью, заблудившимся в школе, каким-то образом застрявшим в прежней системе принудительного труда, искать работу в другом месте вне школы, а не пытаться поднимать шум в Интернете. . Отныне школы будут работать только на результат, а учителям придется работать над собой. В провинциях много школ с более чем одним учителем, а общее количество учителей составляет более 80 000 человек!

В центре внимания должны быть школы в красной категории на фото ниже:
[/spoiler]

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: