Ruboiy nima? Ruboiy haqida ma’lumot

Ruboiy nima? Ruboiy haqida ma’lumot

Yangilik! Tafakkur olami deb nomlangan 1000 ta mantiqiy savollar kitobini tayyorladik, Yuklab olish.

Ruboiy (arab. — toʻrtlik) — Sharq xalqlari sheʼriyatida keng tarqalgan poetik janr. Tayin gʻoyaviy badiiy va shakliy shartlarga binoan yaratilgan 4 misradan iborat falsafiy, axloqiy, taʼlimiy yoki ishqiy mavzudagi sheʼr.

Ruboiy hazaj baxrida (axram va axrab vaznlarida jami 24 ta) yoziladi. Boshqa bahrlarda yozilgan toʻrtliklar dubaytiy, kuylanadiganlari esa tarona deb ataladi. Ruboiy qofiyalanish tartibiga koʻra ikki xil boʻladi.
Birinchi xil: Ruboiylarning 1—2—4misralari oʻzaro qofiyalanadi (a-a-b-a shaklida).
Masalan:
Koʻpdin berikim yoru diyorim yoʻqtur,
Bir lahzau bir nafas qarorim yoʻqtur.
Keldim be sori oʻz ixtiyorim birla,
Lekin borurimda ixtiyorim yoʻqtur.
(Bobur)

Ikkinchi xil: Ruboiyda toʻrtala misrasi ham qofiyalanadi (a-a-a-a shaklida).

Masalan:
Andin berikim qoshimda yorim yoʻqtur,
Hijronda juz nolai zorim yoʻqtur.
Dasht uzra quyun kabi qarorim yoʻqtur,
Sargashtaligimda ixtiyorim yoʻqtur.
(Navoiy)

Ruboiydagi 4 unsur 4 misrada aytilmoqchi boʻlgan fikrning toʻgʻri, badiiy yuksak, kompozitsion jihatdan pishiq boʻlishini taʼminlaydi.
1-misra —tezisda shoir aytmoqchi boʻlgan fikr oʻrtaga tashlanadi;
2-misra — antitezisda birinchisiga qarama-qarshi fikr aytiladi, birok, u tezisni isbotiga xizmat qiladi;
3-misra — moddai ruboiya 4-misrada aytilmoqchi boʻlgan xulosa uchun koʻprik vazifasini oʻtaydi;
4-misra — sintezda avvalgi 3 misradan gʻoyaviy xulosa chiqariladi, bu shoirning asosiy gʻoyasi hisoblanadi.

Ruboiy shaklidagi sheʼrlar xalq ogʻzaki ijodida paydo boʻlgan, namunalari «Devonu lugʻotit turk»da uchraydi. Dastlabki Rularni Rudakiy va Shahidi Balxiy yaratgan. Badriddin al-Qavomiy (12-asr) arab, fors va turkiy tillarida ruboiy yozgan. A. Runiy, S. Salmon, Ibn Sino, Umar Xayyom va boshqalar ruboiyning mohiyati va uslub jihatdan yuksak namunalarini ijod qilganlar. Navoiy ijodida esa yuqori bosqichga koʻtarilgan.
Navoiy ruboiylarida hayotiy taassurot, ijtimoiy-siyosiy va falsafiyaxloqiy mulohazalar yuksak badiiy shaklda oʻz ifodasini topgan. Keyinroq Bobur bu janrni rivojlantirgan. 19-asrda Munis, Ogahiy, Komil Xorazmiy va boshqalar ruboiyning goʻzal namunalarini yaratganlar. Hozirgi davr oʻzbek adabiyotida Shayxzoda, Shuhrat, Ramz Bobojon, Tolib Yoʻldosh kabi shoirlar ruboiy yozganlar. Biroq ularning baʼzilari ruboiy vaznida yozilmaganligi uchun dubaytiy yoki toʻrtlik deb ataladi.

Mavzuga doir:
Alisher Navoiy ruboiylar to‘plami

Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylar to‘plami

Tuyuq nima? Tuyuq haqida ma’lumot


Рубаи (араб. — четыре) — поэтический жанр, распространенный в поэзии народов Востока. Стихотворение на философскую, нравственную, просветительскую или романтическую тему, состоящее из 4 стихов, созданных по заданным идейно-художественным и формальным условиям.

Рубайя пишется хазадж бахр (всего 24 веса ахрам и ахраб). В других языках письменные четверостишия называются дубайти, а спетые четверостишия — тарона. Есть два типа рубаи по порядку рифмовки.
Первый тип: стихи 1-2-4 рубая рифмуются друг с другом (в форме а-а-б-а).
Например:
Мне нечего сказать,
У меня нет мгновенного разрешения.
Я пришел по своей воле,
Но у меня нет выбора.
(Бабур)

Второй тип: в рубаи рифмуется и стих из четырех (в форме а-а-а-а).

Например:
Андин Берик, у меня нет трещины в глазу,
Мне не на что жаловаться в Хиджране.
Я нерешителен, как заяц в прерии,
У меня нет выбора в моем приключении.
(Навои)

4 элемента в рубаи гарантируют, что мысль, выраженная в 4 стихах, будет правильной, художественно высокой и композиционно зрелой.
1 строфа — в тезисе выделена мысль, которую хочет выразить поэт;
2 куплет — в антитезе высказывается мнение, противоположное первому, но служит для доказательства тезиса;
Стих 3 — артикль рубайи служит связующим звеном для заключения, которое должно быть выражено в стихе 4;
4-я строфа является идейным выводом из предыдущих 3-х строф, что является основной мыслью поэта.

В фольклоре появились стихотворения в форме рубаи, примеры которых можно найти в «Девону Луготит Тюрк». Первые правила были созданы Рудаки и Шахиди Балхи. Бадриддин аль-Кавами (12 век) написал рубаи на арабском, персидском и турецком языках. А. Руни, С. Салман, Ибн Сина, Омар Хайям и другие создали высокие по содержанию и стилю образцы рубаи. В творчестве Навои он поднялся на более высокую ступень.
В рубаях Навои в высокой художественной форме выражены жизненные впечатления, общественно-политические и философско-этические соображения. Позднее Бабур развил этот жанр. В 19 веке Мунис, Огахи, Камиль Хорезми и другие создали прекрасные образцы рубаи. В современной узбекской литературе рубаи писали такие поэты, как Шайхзаде, Шухрат, Рамз Бободжон, Талиб Ёлдош. Однако некоторые из них называются дубайти или четыре, потому что они написаны не весом рубаи.

Предмет:
Коллекция рубаи Алишера Навои

Коллекция рубаи Захириддина Мухаммада Бабура

Что такое дыра? Информация о Туюке

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: