Matnazar Abdulhakim haqida ma’lumot

Matnazar Abdulhakim haqida ma'lumot

Matnazar Abdulhakim haqida: hayoti, asarlari, faoliyati, tarjimai hol, batafsil ma’lumotlar

Matnazar Abdulhakim 1948 yilning 20 fevralida Urganch tumanidagi Qorovul qishlogʻida tugʻildi. Rossiya Federatsiyasi Taganrog davlat pedagogika institutida tahsil oldi. Harbiy xizmatdan soʻng Urganch tuman roʻznomasida boʻlim mudiri, maktablarda rus tili va adabiyoti muallimi boʻlib ishladi. Jurnalistika bilan shugʻullandi. 1982–1997 yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimida adabiy maslahatchi, 1997 yildan umrining oxirigacha Xorazm Maʼmun akademiyasida ilmiy xodim boʻlib ishladi.
Ilk sheʼrlarini boshlangʻich sinflarda oʻqib yurganida yozdi. Dastlabki toʻplami “Tiniq tonglar” 1982 yilda chop etildi. Shundan soʻng “Fasllar qoʻshigʻi” (1986), “Qor qoʻshigʻi” (1990), “Mavj”, “Yonimdagi daryolar”, “Qorachiqdagi dunyo” (1994), “Oydinlik”, “Bir quchoq gul” (Xorazmcha sheʼrlar, 1997), “Iymon tuhfasi” (1997), “Yolgʻiz yaproq” (1999), “Yaldoni yoritgan nur” (tarjimon talqinlari, 2-kitob, 2001), “Javzo tashrifi” (2008), “Koʻprik” (2009) kabi kitoblari bosilib chiqdi.
Matnazar Abdulhakim badiiy tarjima bilan ham shugʻullanib, Shayx Najmiddin Kubro, Shayx Majididdin Bagʻdodiy, Pahlavon Mahmud, Mirzo Abdulqodir Bedil kabi shoirlarning ruboiy va gʻazallari, shuningdek, boshqa qator xalqlar shoirlarining sheʼrlarini oʻzbekchaga oʻgirdi. “Kim agar ozoddur!”, “Tabarruk tashrif”, “Jamoling menga bas” kabi tarjima kitoblari ham uning qalamiga mansub.
Xorazm diyori insoniyatga tuhfa etgan buyuk mutafakkir, shoir, javonmardiylik (futuvvat) tariqatining yirik namoyandasi Pahlavon Mahmudning “Haq fayzi” ruboiylari majmui Matnazar Abdulhakim tarjimasida 1999 yilda bosilib chiqdi. U Muhammad Rizo Ogahiyning “Koʻngil koʻzlari” deb nomlangan gʻazallar toʻplamini ham forsiydan oʻzbekchaga oʻgirdi.
Matnazar Abdulhakim xassos shoir, tarjimon, ayni paytda solih tadqiqotchi ham edi. Zakiy olimning “Yaldoni yoritgan nur”, “Muborak mushtarakliklar”, “Xaloskor dard”, “Istiqlol riyozati”, “Siymoda aks etgan siymo”, “Aqldagi qudrat – qudratdagi aql” singari ilmiy tanqinlari tarjimalarining yaratilishi tarixiga, ijodiy jarayon psixologiyasiga bagʻishlangan.
Matnazar Abdulhakimdir bugungi badiiy-falsafiy lirikamiz rivojiga munosib hissa qoʻshgan shoirlardan biri. Uning toʻrtlik, gʻazal, sonet, turkum sheʼrlari va dostonlaridagi hikmatga yoʻgʻrilgan qarashlari mazmunan teranligi bois oʻquvchilar mehrini qozongan.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


О Матназаре Абдулхакиме: жизнь, творчество, деятельность, биография, подробности

Матназар Абдулхаким родился 20 февраля 1948 года в селе Каравул Ургенчского района. Учился в Таганрогском государственном педагогическом институте Российской Федерации. После службы в армии работал заведующим отделом в Ургенчской районной газете, учителем русского языка и литературы в школах. Занимался журналистикой. С 1982 по 1997 год работал литературным консультантом в областном отделении Союза писателей Узбекистана, а с 1997 года до конца жизни работал научным сотрудником Хорезмской академии Мамуна.
Свои первые стихи он написал в начальной школе. Его первый сборник «Ясное утро» вышел в 1982 году. Затем последовали «Песня времен года» (1986), «Снежная песня» (1990), «Волны», «Реки рядом со мной», «Мир в Карачике» (1994), «Ясность», «Обнимающая Цветок» («Хорезмские поэмы», 1997), «Дар веры» (1997), «Одинокий лист» (1999), «Свет, излучающий свет» (Толкования переводчика, книга 2, 2001), «Посещение Явзо (2008 г.) и «Мост» (2009 г.).
Матназар Абдулхаким занимался также литературным переводом, переводя на узбекский язык рубаи и газели таких поэтов, как шейх Наджмиддин Кубро, шейх Маджидиддин Багдади, Пахлавон Махмуд, Мирзо Абдулкадир Бедиль, а также поэтов других народов. Он также является автором таких переводных книг, как «Кто свободен!».
Сборник рубаев «Хак файзи» Пахлавона Махмуда, великого мыслителя, поэта, великого представителя секты Джаванмардийа (Футувват), который подарил человечеству Хорезм, был издан в 1999 году в переводе Матназара Абдулхакима. Он также перевел сборник стихов Мухаммада Ризы Огахи «Очи сердца» с персидского на узбекский язык.
Матназар Абдулхаким был чутким поэтом, переводчиком, а также праведным исследователем. Заки посвящена истории создания переводов научных рецензий, таких как «Свет, озаряющий Ялдо», «Благословенное Содружество», «Боль Спасителя», «Риязат Независимости», «Образ, отраженный в образе», «Сила в уме — разум в силе».
Матназар Абдулхаким – один из поэтов, внесших достойный вклад в развитие нашей сегодня художественно-философской лирики. Его взгляды на мудрость в четверостишиях, газелях, сонетах, циклах стихов и былинах завоевали сердца читателей глубиной содержания.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: