Haydar Muhammad haqida ma’lumot

Haydar Muhammad haqida ma'lumot
Telegramda o'qish

Haydar Muhammad hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol, batafsil ma’lumotlar

Haydar Muhammad 1936 yil Toshkentda tugʻildi. Toshkent davlat pedagogika institutini tugatib (1966), ish faoliyatini Oʻzbekiston teleradiokomitetida (1965–1976) muharrirlikdan boshladi. 1976–1980 yillarda Madaniyat ishlari vazirligida xizmat qildi. Koʻp yillar hozirgi oʻzbek milliy Akademik drama teatrida adabiy emakdosh boʻldi.
1975 yilda “Koʻnglim mening” nomli birinchi sheʼriy toʻplami bilan nashr etildi. Shundan soʻng “Yoʻllaringga mushtoqman” (1979), “Ipak gilamlar” (1990), “Hazilkash shoh” kabi sheʼriy va dramatik asarlar toʻplamlari chop etildi. Koʻplab sheʼrlari asosida qoʻshiqlar yaratildi.
“Elyor botir” (1985), “Koʻngil chinni piyola” (1987), “Xotinlar “gap”idan chiqqan hangoma” (1990), “Sabʼai sayyor” (Navoiy dostoni asosida), “Kuyovlar konkursi” (1991), “Har kimki vafo qilsa…” “Hazilkash shoh” (1994), “Jinoyat ustida ushlansin” (1996), “Toshkentning nozanin malikasi” (2006) kabi drama va komediyalari poytaxt va viloyat teatrlarida muvaffaqiyatli namoyish etildi. Bir qancha asarlari qoʻshni Tojikiston va Qirgʻiziston teatrlarida ham sahnaga qoʻyildi.
Haydar Muhammad tarjimasida ozarbayjon dramaturgi Anorning “Zanjir yoki qiyofalar”, turkman dramaturgi H. Muxtorning “Nevarali kelin”, boshqird dramaturgi Farid Bogdanovning “Tungi mehmon” kabi asarlari oʻzbek sahnasiga chiqdi.
Istiqlol yillarida Haydar Muhammadning “Men seni sevdim” sheʼrlar toʻplami (2006), “Amir Temurning tugʻilishi” ertaklar, pyesalar majmui (2008), “Hikmatlar oʻyladim” nomli toʻrtlik, ikkiliklar, qatralar toʻplami (2009), “Baxt eshigi” kichik dramalar toʻplami (2009), “Mulla tabassum Shoshiy” latifalar, hangomalar, hajviyalar kitobi (2012), “Boburning yigitligi” (dramatik qissalar, 2013) kabi kitoblari nashr etildi.
Haydar Muhammad 2014 yili “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Жизнь, творчество, творчество, деятельность, биография, подробная информация о Хайдаре Мухаммаде

Хайдар Мухаммад родился в 1936 году в Ташкенте. После окончания Ташкентского государственного педагогического института (1966 г.) начал трудовую деятельность редактором Узбекского телевидения и радио (1965-1976 гг.). С 1976 по 1980 год служил в Министерстве культуры. Много лет был литературным сотрудником современного Узбекского национального академического драматического театра.
В 1975 году он опубликовал свой первый сборник стихов «Мое сердце». После этого были изданы поэтические и драматические сборники, такие как «Тоскую по твоим путям» (1979), «Шелковые ковры» (1990), «Юмористический король». На многие его стихи были сочинены песни.
«Элёр батыр» (1985 г.), «Конгил чинни пиёла» (1987 г.), «Хотинлар «гап» идан хангама» (1990 г.), «Сабъай сайяр» (по мотивам эпоса Навои), «Куйовлар конкурси» (1991 г.), «Хар такие драмы и комедии, как «Юмористический король» (1994), «Догони преступление» (1996), «Прекрасная королева Ташкента» (2006) с успехом ставились в столичных и областных театрах. Ряд его пьес также был поставлен в театрах соседних Таджикистана и Кыргызстана.
На узбекскую сцену вышли «Цепь или образы» азербайджанского драматурга Анара, «Неварали келин» туркменского драматурга Х. Мухтора и «Ночной гость» башкирского драматурга Фарида Богданова в переводе Хайдара Мухаммада.
За годы независимости вышли сборник стихов Хайдара Мухаммеда «Я любил тебя» (2006 г.), сборник сказок и пьес «Рождение Амира Темура» (2008 г.), сборник четверостиший, близнецов, капель «Мудрость мысли» ( 2009 г.), сборник короткометражных драм «Дверь счастья» (2009 г.), сборник анекдотов, анекдотов, комедий «Мулла табассум Шоший» (2012 г.), «Молодость Бобура» (драматические новеллы, 2013 г.).
В 2014 году Хайдар Мухаммад был награжден Орденом Дружбы.

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: