Baxtli, sog‘lom va muvaffaqiyatli inson fe’l-atvorining tarkibi

Baxtli, sog‘lom va muvaffaqiyatli inson fe’l-atvorining tarkibi

Yashashdan maqsad – baxtli bo‘lish! Dunyoda millionlab insonlar mehnatlari evaziga baxtiyor yashayotgan bir paytda, siz ham bunga munosibsiz. Ularning ba’zi farqli jihatlarigina yaxshi yashashlari uchun xizmat qiladi.

Baxtli, sog‘lom va muvaffaqiyatli insonlar hayoti o‘rganilganida ularda quyidagi jihatlar aniqlangan.

Baxtli, sog‘lom va muvaffaqiyatli insonlar:

Boshqalarga yomonlik tilamaydilar va ravo ko‘rmaydilar;

O‘z olamlaridan tashqariga chiqib, boshqalarning fikrini ham inobatga olishga odatlanganlar;

Boshqalarda ko‘rgan yaxshi xislatlarni o‘zlarida ham shakllantirishga harakat qiladilar;

Baxtiyor, sog‘lom va muvaffaqiyatli insonlar ko‘p tomonga intiladilar;

Boshqalarning fikrlari ularning yo‘lingi to‘sib qo‘yishiga izn bermaydilar;

Har kuni ertalab faqatgina kimlarnidir ko‘nglini chog‘ qilish uchun uyg‘onmaydilar. Ular o‘zlari uchun ham yashashni biladilar;

Kundalik duch keladigan mashaqqatlarni yuksalish uchun imkon deb qabul qiladilar;

Xatolarni hayot saboqlari deb qabul qiladilar;

Ba’zida vaqtni yolg‘iz o‘tkazish foydali ekanini unutmaydilar;

E’tiqodlarini mustahkamlab, ma’nan yuksalib, orzu va ishonch o‘rtasida ko‘prik quradilar;

Kamroq vahimaga tushib, chuqur idrok qila olishlari uchun chuqur-chuqur nafas oladilar;

Ular hayotda hamma narsaga ega bo‘lish imkonsizligini tan oladilar;

Tavakkal qilish yangi marralarga erishish uchun mukofot ekanini biladilar;

O‘zlari imkonsiz bo‘lgan vaziyatda “yo‘q” deyishga uyalmaydilar;

Odamlarga tillari va dillari mushtarak ekanini ko‘rsata oladilar;

Uzoqni ko‘ra oladilar va ko‘rganlariga erishmagunlarigacha tinib-tinchimaydilar;

O‘zlarini yaxshi ishlarga hech bir manfaat-muddaosiz bag‘ishlaydilar;

O‘zlarida borini ko‘rsatishni emas, boshqalardagi muhim jihatni ilg‘ashga harakat qilib, hukmronlikka da’vo qilmaydilar;

Maqsad uchun intilayotganlarida tez-tez o‘zlarining g‘oliblik daqiqalarini tasavvur qilib, ruhlanadilar;

Nolish, zorlanishni odat qilmaydilar;

Insoniy fazilatlaridan ishda yuksalish va oilani farovon tutishda foydalanadilar;

Kezi kelganida, ya’ni haq bo‘lganlarida oqimga qarshi suzishdan cho‘chimaydilar;

Boshlagan ishlarini tugatmagunlariga qadar to‘xtamaydilar;

O‘zlarini boshqalar bilan taqqoslamaydilar;

Boshqalarning muvaffaqiyat qozonishlariga yordam beradilar.

Doimo muvaffaqiyatli bo‘lish sizga nasib qilsin!


Цель жизни — быть счастливым! В то время, когда миллионы людей во всем мире живут счастливо за свой тяжелый труд, вы тоже этого заслуживаете. Их так много видов, что трудно сказать.

Изучение жизни счастливых, здоровых и успешных людей выявляет следующие аспекты.

Счастливые, здоровые и успешные люди:

Они не желают зла ​​или благосклонности другим;
Они привыкли выходить за пределы собственного мира и считаться с мнением других;
Они пытаются привить себе хорошие качества, которые видят в других;
Счастливые, здоровые и успешные люди стремятся во многом;
Мнения других не позволяют им встать у них на пути;
Они не просыпаются каждое утро только для того, чтобы подбодрить кого-то. Они умеют жить для себя;
Они рассматривают трудности, с которыми они сталкиваются ежедневно, как возможность подняться;
Они воспринимают ошибки как жизненные уроки;
Иногда они вспоминают о пользе одиночества;
Они укрепляют свою веру, растут духовно и наводят мосты между мечтами и убеждениями;
Они делают глубокие вдохи, чтобы меньше паниковать и глубже понимать;
Они признают, что в жизни невозможно иметь все;
Они знают, что риск — это награда за достижение новых целей;
Они не стыдятся сказать «нет», когда это невозможно;
Они могут показать людям, что у них общий язык и сердце;
Они могут видеть далеко и не успокоятся, пока не достигнут того, что видели;
Они посвящают себя добрым делам без всякого интереса;
Они не претендуют на господство, пытаясь воспользоваться другими, а не хвастаясь;
Стремясь к цели, они часто вдохновляются моментом своей победы;
Они не привыкли жаловаться, насиловаться;
Они используют свои человеческие качества, чтобы продвигаться в работе и поддерживать благополучие семьи;
Когда приходит время, то есть когда они правы, они не боятся плыть против течения;
Они не остановятся, пока не закончат начатое;
Они не сравнивают себя с другими;
Они помогают другим добиться успеха.

Желаю вам всем удачи!

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Аноним

    :o :mrgreen: :idea: :mrgreen: :o :razz: :roll: :roll: :oops: :razz: :sad: :sad: :shock:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: