Qabul 2021 Magistraturaga qabul boshlandi

Qabul 2021 Magistraturaga qabul boshlandi
Telegramda o'qish

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2021 yil 5 iyuldan Respublika OTM magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni boshlandi.
2021/2022 o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy https://magistr.edu.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tilishicha, magistraturaga qabul imtihonlari ikki bosqichda, mutaxassislik fanidan OTM tomonidan belgilangan tartib bo‘yicha va chet tili fanidan DTM tomonidan test o‘tkazish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlangan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Magistraturaga onlayn hujjat topshirish bo’yicha videoqo’llanma ushbu sahifada keltirildi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: