Oliy ta’lim vazirligi QS xalqaro reyting agentligi bilan shartnoma imzoladi

Oliy ta’lim vazirligi QS xalqaro reyting agentligi bilan shartnoma imzoladi
Telegramda o'qish

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarining xalqaro reytingga kirishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Quacquarelli Symonds (QS) kompaniyasi bilan 2020-2021 yillarda hamkorlik bo‘yicha strategik shartnoma imzoladi.

Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi rasmiy kanalida ma’lum qilindi.

Imzolangan shartnomaga ko‘ra, vazirlik QS xalqaro reyting agentligi bilan O‘zbekistonda oliy ta’limning global raqobatbardoshligini oshirish, xalqaro akademik jamiyatida va dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingida mahalliy oliy ta’lim muassasalarining e’tirof etilishini ta’minlashda hamkorlik qiladi.

– O‘zbekiston oliy ta’limining nufuzini mustahkamlash va uning xalqaro miqyosda tan olinishini yanada oshirish — oldimizda turgan eng muhim masalalardan biri, – dedi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov shartnoma imzolash jarayonida. – Shu nuqtai nazardan, o‘z yo‘nalishida dunyoning yetakchilaridan hisoblangan QS kompaniyasi bilan hamkorligimiz uzoq muddatli strategik xarakterga ega bo‘lib, mamlakatimiz oliy ta’lim tizimi, shuningdek, alohida har bir oliy ta’lim muassasasi faoliyatini xalkaro mezonlarga mosllashtirishga yordam beradi.

✅ Vazirlik va xalqaro reyting agentligi o‘rtasidagi hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:

➖ O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari to‘g‘risida, ularning hozirgi holati va bibliometrik ko‘rsatkichlari, onlayn-muhitda faolligi haqidagi ma’lumotlarini qiyosiy tahlil qilish;

➖ Yetakchi oliy ta’lim muassasalari uchun xalqaro standartlarga muvofiq tadqiqotlar strategiyasini shakllantirish;

➖ Oliy ta’lim muassasalarining kompetensiya va salohiyatlari asosida yetakchi oliy ta’lim muassasalari uchun xalqaro kolloboratsiya strategiyalarini shakllantirish.

– Kompaniya O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik qilishdan manfaatdor va ular bilan professional muloqotni rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratadi, — dedi QS kompaniyasining Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa bo‘yicha mintaqaviy direktori Sergey Xristolyubov. – O‘zbek universitetlarining QS predmet va institutsional reytinglariga kirishi, Yevropa va Markaziy Osiyoda rivojlanayotgan mamlakatlar mintaqaviy reytingida mavqei oshishiga yordam berishni istaymiz.


Министерство высшего и среднего специального образования подписало стратегическое соглашение о сотрудничестве с Quacquarelli Symonds (QS) на 2020-2021 годы для поддержки включения высших учебных заведений в международный рейтинг.

Об этом сообщает официальный канал Министерства высшего образования.

Согласно договоренности, министерство будет сотрудничать с международным рейтинговым агентством QS для повышения глобальной конкурентоспособности высшего образования Узбекистана, обеспечения признания местных высших учебных заведений в международном академическом сообществе и рейтинга лучших университетов мира. .

«Укрепление престижа высшего образования в Узбекистане и дальнейшее повышение его международного признания является одним из важнейших вопросов, стоящих перед нами», — сказал на церемонии подписания министр высшего и среднего специального образования Ином Меджидов. — В этой связи наше сотрудничество с QS, одной из ведущих мировых компаний, носит долгосрочный стратегический характер и помогает привести систему высшего образования нашей страны, а также каждое высшее учебное заведение в соответствие с международными стандартами.

✅ Сотрудничество Министерства и Международного рейтингового агентства осуществляется по следующим направлениям:

➖ Сравнительный анализ информации о ведущих высших учебных заведениях Узбекистана, их текущем состоянии и библиометрических показателях, их активности в онлайн-среде;

➖ Разработать исследовательскую стратегию для ведущих высших учебных заведений в соответствии с международными стандартами;

➖ Разработать стратегии международного сотрудничества ведущих высших учебных заведений на основе компетенций и потенциала высших учебных заведений.

— Компания заинтересована в сотрудничестве с высшими учебными заведениями Узбекистана и уделяет особое внимание развитию профессионального диалога с ними, — сказал Сергей Христолюбов, региональный директор QS по Центральной Азии и Восточной Европе. — Мы хотим помочь узбекским вузам войти в предметные и институциональные рейтинги QS, повысить свои позиции в региональных рейтингах развивающихся стран Европы и Центральной Азии.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: