Maktablarni moliyalashtirish qaysi manbalar hisobidan amalga oshiriladi?

Maktablarni moliyalashtirish qaysi manbalar hisobidan amalga oshiriladi?

Umumta’lim muassasasining faoliyatini moliyalashtirish qaysi manbalar hisobidan amalga oshiriladi?

Davlat umumta’lim muassasasining faoliyatini moliyalashtirish belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Davlat umumta’lim muassasasiga budjetdan tashqari qo‘shimcha mablag‘larni jalb etish budjetdan moliyalashtirish kamaytirishga olib kelmasligi lozim.

Umumta’lim muassasasi o‘z ustavida belgilangan maqsadlarga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.

❕Davlat umumta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:

👉O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;

👉umumta’lim muassasasining tadbirkorlik faoliyatidan, qonunchilikda taqiqlanmagan shartnoma asosida pulli xizmat ko‘rsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar;

👉jismoniy va yuridik shaxslarning qonun bilan taqiqlanmagan homiylik xayriyalari, mahalliy hamda xalqaro tashkilotlarning grantlari;

👉qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Umumta’lim muassasasining mol-mulki va pul mablag‘lari sarflanishi uchun bevosita uning rahbari javobgar hisoblanadi.

Asos: «Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi Nizom».

Mavzuga doir:
Maktab ta’miriga yordam ixtiyoriy bo‘lishi kerak

Maktablarni bankdan kredit ajratib ham ta’mirlasa bo‘lar ekan

Maktabni ta’mirlash uchun pul yig‘ish noqonuniy — XTV


Какие источники используются для финансирования деятельности образовательного учреждения?

Финансирование деятельности государственного общеобразовательного учреждения осуществляется в соответствии с зарегистрированной и утвержденной сметой.

Привлечение внебюджетных средств в государственное общеобразовательное учреждение не должно приводить к уменьшению финансирования из бюджета.

Общеобразовательное учреждение может заниматься предпринимательской деятельностью в соответствии с целями, установленными в его уставе.

❕ Финансирование деятельности государственных общеобразовательных учреждений осуществляется за счет следующих источников:

👉 Средства государственного бюджета Республики Узбекистан;

👉 доходы, полученные от предпринимательской деятельности образовательного учреждения, от оказания платных услуг на основании не запрещенного законом договора, от сдачи в аренду зданий и сооружений, оборудования и предметов снабжения;

👉 спонсорские пожертвования физических и юридических лиц, гранты местных и международных организаций, не запрещенные законодательством;

Другие источники, не запрещенные законодательством.

Его руководитель несет прямую ответственность за расходование имущества и средств общеобразовательного учреждения.

Основание: «Положение об общем среднем образовании».

Предмет:
Помощь в ремонте школы должна быть добровольной

Школы можно отремонтировать с кредитом в банке

Собирать деньги на ремонт школы незаконно — XTV

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: