O‘smirlarni qanday tarbiyalash kerak?

O‘smirlarni qanday tarbiyalash kerak

Farzand o‘stirayotgan har bir ota-ona bolaning o‘smirlik davri haqida ko‘plab ma’lumotlarni eshitgan bo‘lsa ajab emas. Ehtimol, quloqqa chalingan har qanday voqea-hodisalar sizni xavotirga solgandir, ammo ana shu davr borasidagi aniq ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, xavotirga aslo o‘rin yo‘q.

Kecha bola, bugun o‘smir
Kuni kecha beozorgina, yuvoshgina bo‘lib yurgan, qalb kechinmalari bilan o‘rtoqlashgan bolaning birzumda tutoqib, asabiylashib ketishi, gapga quloq solmasligi, qo‘pollik bilan javob berishining sababi nimada deb o‘ylanib qoladi, gohida ota-onalar. To‘g‘ri, o‘smirlar ba’zida muammo tug‘dirishi mumkin, ammo mazkur davrdagi o‘zgarishlar sizni xayratga solmasin. Axir farzandingiz, ba’zilar uchun unchalik oson bo‘lmagan o‘smirlik davrini boshdan kechiryapti. Bunday paytda gormonal o‘zgarishlar sodir bo‘lib, bolaning xatti-harakatlarida aks etadi. U o‘ta ta’sirchan, asabiy bo‘lib, ba’zan halovati yo‘qdek ko‘rinadi. O‘smirlar ko‘pincha javobsiz muhabbat, ota-ona yoki tengqurlari bilan kelishmovchiliklar, kelajak oldida qo‘rquv hamda yolg‘izlikdan aziyat chekishadi. To‘g‘ri, o‘smirlik davrida hamma bolalarda ham bu kabi muammolar kuzatilmaydi, biroq organizmdagi o‘zgarishlar vaqti-vaqti bilan o‘zini namoyon etadi. Hurmatli ota-onalar bunday muhim damda, farzandingiz bilan til topishish uchun sabr-toqat kilishingizga to‘g‘ri keladi.
Do‘stona munosabatlar
Avvalambor, do‘stona munosabatlarni o‘rnatib, ko‘proq muloqotda bo‘lish nihoyatda muhim. Ammo hammasini vaqtingiz yo‘qligiga yo‘yishingiz bilan vaziyatni chigallashtirishingiz mumkin, xolos. Shuning uchun o‘z bolajoningiz uchun vaqt ajratib, ko‘proq oilaviy yig‘ilishlar uyushtiring. Ertalab maktabga kuzatayotganda, birgalikda nonushta qila turib, uning hayotiga qiziqishingizni bildirishingiz mumkin. Uning mashg‘ulotlari, qiziqishlari, tanish-bilishlari, nizolari haqida so‘rab-surishtirishingiz ayni muddaodir. Siz doimo hammasidan xabardor bo‘lib turishingiz kerak. Axir, biz tanish-bilishlarimizning hayoti yoki yulduzlarning muammolari bilan ancha ma’lumotga ega bo‘lamiz, nahotki, o‘z farzandimiz dars jadvaliyu ko‘ngil kechinmalari haqida bir og‘iz qiziqmasak. Agarda farzandingiz siz uchun dunyodagi eng qadrli inson bo‘lsa, sevimli serialingizdan ba’zida voz kechib, u bilan bir piyola choy ustida suhbat uchun hech bo‘lmasa yarim soat vaqt ajratasiz.
O‘smir muammosi «shunchaki» emas
O‘smirni ba’zida tushunish qiyin, ammo ota-onalar hamisha o‘zlarini uning o‘rniga qo‘yib, nimadan bezovtalanayotganini aniqlashlari lozim. Axir uning ham o‘ziga yarasha muammolari bo‘ladi. Bu muammolarga «shunchaki» deb qarash aslo mumkin emas. Bizdek kattalarga ular oddiy bo‘lib ko‘rinsa-da, o‘smirlarga ancha mushukdek tuyuladi. Ehtimol, farzandingiz eng yaqin do‘sti bilan arazlashgan yoki maktabida kimnidir qattiq sevib qolgandir. O‘smirlar, hayot ular uchun oson emasligini ota-onalari bilishlari va tanqid qilmasliklari, dakki bermasliklari, shuningdek, ko‘chadan uyga kelganda darrov so‘roqqa tutmasliklarini istashadi. Ammo bu bilan hech nimani so‘ramang, demaymiz. Bor-yo‘g‘i chehrangizdagi tabassum bilan ochiq suhbatga chorlasangiz bo‘lgani. Farzandingizga javobi «ha» yoki «yo‘q» so‘zlaridan iborat bo‘ladigan savollar bermang. Bunday savollar suhbatni tezda nihoyasiga etkazib qo‘yadi.
Hammasini birgalikda
Farzandingiz televizorda nimalar tomosha qilayotgani va kompyuterda qanday o‘yinlar bilan mashg‘ulligini nazorat qiling. Shuningdek, ular bu zamonaviy texnikalar ro‘parasida uzoq qolib ketishmasin. Shu bois, ko‘proq jonli o‘yinlar o‘ynab, kino va tearlarga birgalikda yo‘l oling. Agar biror-bir chet tilini o‘rganishga ko‘maklashsangiz, farzandingiz va o‘zingiz uchun katta tuhfa taqdim etgan bo‘lasiz.
Ijodiy qiziqishlar
Farzandingizning ijod yo‘lidagi turli tajribalariga e’tibor va qiziqish bilan yondashing. So‘zlar etmagani bois, tasvirlar yordamida his-tuyg‘ularini ifodalash osonroq kechadi. «Ijodiy terapiya», psixologik inqiroz davrida bola uchun samarali choralardan biri sanaladi.
Namuna bo‘ling
O‘smir farzandining tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullanayogan ota- onalar «ichma», «chekma» deb turib, o‘zlari bunday zararli odatlardan voz kechishmasa, kutilgan natijaga erishish amrimahol. Gapirilgan gap, pand-nasihatlar xatti-harakatlaringizga mos bo‘lsin. Farzandingizga, avval o‘zingiz namuna bo‘lishingiz kerak.
Sabr-toqat, mehr-muhabbat, o‘zaro hurmat, do‘stona munosabatlar o‘smirning kelajagini porloq etadi. Albatta, farzandingiz va taqdiringiz o‘z qo‘lingizda. Shuni ham unutmangki, o‘smir farzandingizning tarbiyasini, avval o‘zingizdan boshlashingiz lozim.


Неудивительно, что каждый родитель, воспитывающий ребенка, много слышал о подростковом возрасте ребенка. Вас может беспокоить какое-либо из услышанных событий, но если у вас есть точная информация об этом периоде, волноваться не о чем.

Вчера он был ребенком, сегодня он подросток
Иногда родители недоумевают, почему ребенок, который вчера был спокоен, поделился своими переживаниями, стал беспокойным, нервным, не слушался, реагировал грубо. Правда, иногда подростки могут быть проблемой, но не удивляйтесь переменам. Ведь ваш ребенок переживает нелегкий для некоторых подростковый возраст. В это время происходят гормональные изменения, которые отражаются на поведении ребенка. Он очень впечатлительный, нервный, иногда кажется несчастным. Подростки часто страдают от безответной любви, разногласий с родителями или сверстниками, страха перед будущим, одиночества. Правда, не у всех детей в подростковом возрасте возникают такие проблемы, но время от времени происходят изменения в организме. Уважаемые родители, в такое ответственное время нужно набраться терпения, чтобы общаться с ребенком.
Дружеские отношения
В первую очередь очень важно наладить дружеские отношения и больше общаться. Но вы можете запутать ситуацию, распространяя все это, потому что у вас нет времени. Так что находите время для своего ребенка и проводите больше семейных встреч. Когда вы смотрите школу по утрам, вы можете выразить свой интерес к ее жизни во время совместного завтрака. Полезно расспросить о его увлечениях, интересах, знакомствах, конфликтах. Вы всегда должны быть в курсе всего. Ведь мы много знаем о жизни наших знакомых или проблемах звезд, как будто нас ни словом не интересует график и эмоции нашего ребенка. Если ваш ребенок для вас самый ценный человек на свете, иногда вы отказываетесь от любимого сериала и хотя бы полчаса общаетесь с ним за чашкой чая.
Проблема подросткового возраста не «просто»
Иногда трудно понять подростка, но родители всегда должны поставить себя на его место и выяснить, что его беспокоит. Ведь у него будут свои проблемы. Нельзя смотреть на эти проблемы как на «просто». Взрослым вроде нас они могут показаться простыми, но подросткам они больше похожи на кошек. Возможно, ваш ребенок поссорился с близким другом или влюбился в кого-то в школе. Подростки знают, что жизнь у них непростая, что родители их не ругают, не критикуют, аОни не хотят, чтобы их сразу же допрашивали, когда они приходят домой с улицы. Но это не значит, что вы не должны ни о чем просить. Все, что вам нужно сделать, это пригласить их к открытому разговору с улыбкой на лице. Не задавайте ребенку вопросы с ответом «да» или «нет». Такие вопросы быстро закончат разговор.
Все вместе
Следите за тем, что ваш ребенок смотрит по телевизору и в какие игры он играет на компьютере. Кроме того, не позволяйте им долго оставаться перед этими современными методами. Так что играйте больше в живые игры и ходите вместе в кино и театры. Если вы поможете выучить иностранный язык, вы станете отличным подарком для своего ребенка и для себя.
Творческие интересы
Обратите внимание и интерес к разнообразному творческому опыту вашего ребенка. Из-за отсутствия слов легче выразить чувства через образы. «Творческая терапия» — одна из самых действенных мер для ребенка в период психологического кризиса.
Будьте примером
Трудно добиться ожидаемого результата, если родители, серьезно занимающиеся воспитанием своих детей-подростков, не отказываются от таких вредных привычек, говоря «пить» и «курить». Пусть совет согласуется с вашими действиями. Вы должны в первую очередь быть примером для своего ребенка.
Терпение, любовь, взаимоуважение и дружба скрасят будущее подростка. Конечно, ваш ребенок и ваша судьба в ваших руках. Помните, что сначала вам нужно начать воспитывать подростка.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: