Jinsiy tarbiya necha yoshdan boshlanadi?

Jinsiy tarbiya necha yoshdan boshlanadi

Yangilik! Tafakkur olami deb nomlangan 1000 ta mantiqiy savollar kitobini tayyorladik, Yuklab olish.

Mavzu yuzasidan atrofimdagi oilalarni kuzatib, bu borada har kim turlicha firklashining guvohi bo‘ldim. hayron qoldirgani, jinsiy tarbiya deganda, aksariyat ota-onalar shaxsiy gigiena qoidalarini tushunishadi, xolos.

Aslida esa bolalarning jinsiy tarbiyasi juda nozik masala. Tanlagan mavzumiz ko‘lami shu qadar kengki, bolalar ruhiyati bilan birga salomatligiga ham urg‘u berib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Xo‘sh, to‘g‘ri tarbiya usulini tanlash uchun ota-onalar nimalarga e’tibor berishlari lozim? Asosiy vazifalari nimalardan iborat? Bugun shu haqida.
Mutaxassisimiz: tibbiyot fanlari doktori, seksapatolog Dilmurod Irgashev

O‘G‘IL BOLA

TARBIYa YO‘RGAKDAN BOShLANADI….
Ahamiyat bergan bo‘lsangiz farzand dunyoga kelgach, ayolga bolani qanday emizish va yo‘rgaklash tushuntiriladi-yu, jinsiy a’zolari rivojlanishida nimalarga e’tibor berilishi aytilmaydi. Aksariyat hollarda biror muammo yoki nome’yoriy holatni sezishsa ham, beparvolik «biroz ulg‘aysin o‘tib ketadi» deyishadi. Vaholanki, bola jinsiy tarbiyasini to‘g‘ri olib borish uchun har bir ota-ona jinsiy a’zolar tuzilishi, rivojlanishi kabilarni ham bilishi kerak.
ILK KO‘RIK: MUHIM MAVZU!
Ko‘p ota-onalar o‘g‘il farzandlarining jinsiy a’zolariga ahamiyat berishmaydi. Bir-biriga to‘g‘ri tushganmi, biror nuqsoni yo‘qmi, tuxum joylashuvi me’yoridami… Yo‘q, bular o‘rniga chillagurazongami, yig‘ingami oshiqishadi. Shifokorlar o‘g‘il bolaning chillasi chiqqach, bolalar andrologiga olib borishni tavsiya etishadi. hatto hech qanday bezovtalik bo‘lmasa ham. Agar bolaning jinsiy a’zosida biror bir nome’yoriy holat aniqlansa, 2 yoshgacha kerakli muolajalar bajarilsa, keyinchalik muammolardan holi bo‘ladi.
NEChA YoShDA QANDAY?
Jinsiy tarbiya nazdingizda hojatxonaga borib kelishni o‘rgatish, tahorat qilish bilan kifoyalanib qolsa, xato qilasiz. O‘g‘il bola tarbiyasini yosh davrlariga bo‘lib chiqsak, quyidagicha taqsimlanishi mumkin.
….2 yoshgacha: o‘g‘il bola o‘z jinsini anglashi, «o‘g‘il bola» ekanligini tushunishi lozim. Buning uchun esa «sen o‘g‘il bolasan, mard bo‘l» kabi so‘zlar ayni muddao. O‘g‘il bolaga hos o‘yinlar, ertak kitoblar, etakchilik qobiliyatini shakllantiruvchi qahramonlarni misol keltirish lozim. Mayli, o‘g‘lingiz Betmen, O‘rgimchak odamga havas qilsin, urishmang. Alpomish, Jaloliddin Manguberdi kabi timsollarni bilsayu undanda yaxshi. Muhimi unda o‘z jinsi haqida tasavvur bo‘ladi.
….5 yoshdan so‘ng: jismoniy kuchini to‘g‘ri yo‘naltiring. Ana shunda atrofidagi voqea-hodisalarga to‘g‘ri munosabatda bo‘ladi. Mehnat qilishga o‘rgating. Biror hunarga qiziqdimi, shashtini qaytarmang. Bilagidagi kuchi to‘g‘ri yo‘naltirilsa, ortiqcha fikrlarga chalg‘itmaydi.
….10-11 yosh: o‘g‘il bolada shaxs shakllana boshlaydi. O‘zini yanada mustaqil his etishi va buni boshqalarga ko‘rsatishga intilishi tabiiy hol. Buni ota-onalar to‘g‘ri tushunishlari kerak.
Xarakterni shakllantirishning jinsiy tarbiyaga qanday dahli bor, deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz kerak. Jinsiy tarbiya aynan fe’l-atvor tarbiyasidan boshlanadi. Yuqorida davr ko‘rsatmalari esa balog‘at davridagi jinsiy tarbiya uchun asos bo‘ladi.
ENDI U «QO‘RQMAS BOTIR»!
Balog‘atga etish davrida o‘g‘lingizni ertak qahramonlari bilan tarbiyalagan bo‘lsangiz, bu davrga kelib, qahramonlik xarakterini shakllantirishingiz lozim. Unutmang, ayni shu davrda o‘g‘il bola qizlar bilan muomala qilish, o‘zini qanday tutishi kabilarga qiziqadi. Ba’zida «dadam bilan bir-biringizni sevasizmi» kabi savollarni eshitib qolasiz. Bu yoshiga mos qiziquvchanlik. Sizning vazifangiz esa sevgi va bir-birini yoqtirish o‘rtasidagi farqni to‘g‘ri tushuntirish. Bu holatda nimalarni his etishi, hayajonini qanday boshqarishni o‘rgatishingiz, misollar keltirishingiz lozim.
O‘G‘LIMIZ ULG‘AYDI…
Qaxramonlar timsoli, botirlikdan o‘tib va nihoyat balog‘at davriga ham etib keldik. Bu paytda o‘g‘il bolada jinsiy moyillik asta-sekin paydo bo‘la boshlaydi. Tushida ehtilom qilish ham sodir bo‘ladi. Bu tabiiy hol. Bilgan taqdiringizda ham vahima qilib, tergamang. O‘g‘il boladagi bunday jinsiy o‘zgarishlarni otasi tushuntirishi shart. Sof muhabbat, uni his etganda nimalar yuz berishi, qay holatda qiz bola bilan muomala qilish, nimalarga yo‘l qo‘ymaslik, oila qurish kabilar asosiy mavzulardir. Jinsiy etilish davrini boshidan o‘tkazayotgan yigitlar uchun romanlar asqotadi. Agar o‘g‘lingiz istasa, tarbiyaviy ahamiyatga molik turli romanlarni taklif eting. Mutolaa qilib ko‘rsin. O‘g‘il bola o‘zidagi o‘zgarishlar haqida yaqinlaridan to‘g‘ri ma’lumot olmas ekan, albatta tashqaridan manba axtaradi.
OTASI HAM O‘RNAK BO‘LSIN!
hamma oilada ham er-xotin tortishuvi uchrab turadi. Ammo o‘g‘il-qiz o‘stirayotgan ota-onalar, hech qachon bolalar ko‘z o‘ngida bir-birin haqorat qilmasligi kerak. E’tibor bersangiz, yosh oilalarda erkakning qadrsizlanishi, ayolning xo‘rlanishi bolalikdagi xotiralar sabab yuz beradi. O‘g‘lingizga o‘rnak bo‘ling, erkaklar! Onasini urib, haqoratlab, zinodan tiyilmasangiz, haqiqiy erkaklik, ayollar bilan yaqinlik haqida qanday gapirasiz?! «Sizdek bo‘lmayman» demaydimi dilida?!
«O‘G‘IL BOLALAR BILAN O‘YNAMA!»
To‘g‘ri, qizingizni tashqi ta’sirlardan asrab-avaylab, turmushga uzatishni niyat qilasiz. Ammo o‘ylab ko‘ring, o‘g‘il bola haqida to‘g‘ri tushuncha berayapsizmi? 4-5 yoshli qizaloqni «qo‘shnining o‘g‘li bilan o‘ynama, uyat bo‘ladi» deb unda qanday taassurot paydo qilayapsiz?! Bu yoshda qizchangiz ishtonchang yurish uyat, be’mani qiliq qilish uyat, kattalarga gap qaytarish uyat deb biladi. O‘g‘il bola nimasi bilan uyatli deb o‘ylamaydimi? Shifokorlar tajribasida to‘ydan so‘ng kuyov bilan qo‘shilolmaydigan kelinchaklar uchrab turadi. Sababini o‘rgansangiz, bolalikda otasi yoki onasi qo‘rqitgan: «o‘g‘il bola qo‘lingga tegib ketsa, homilador bo‘lib qolasan».

QIZLARDA

QIZ BOLA UChUN ONASI MA’SUL!
Kichikligidan qiz bola o‘g‘il boladan nimasi bilan ajralib turadi, yurish-turishi, kiyinishidan tortib, muomalasigacha tushuntirishi kerak. Ona bu borada farzandiga o‘zi o‘rnak bo‘lishini unutmasligi lozim. Balog‘at davriga qadam qo‘yayotgan qizga hayz haqida batafsil ma’lumot berish lozim. hayz ko‘rgandan so‘ng yuzaga keladigan jinsiy a’zolardagi o‘zgarishlar, ko‘kraklar kattalashishi haqida ham xolis fikr yuritish kerak.
«ODAMLAR NIMA DEYDI?»
Qiz bolani bolalar ginekologiga olib borish ko‘pchilik oilalar uchun erish tuyuladi. «Eshitgan odam nima deydi?! Qizining aybi bor ekan demaydimi?! Turmushga chiqayotganida ko‘rinsa bo‘ldi-da». Xafa bo‘lmang-u, dunyoqarashi keng bo‘lgan odam, avvalo, gap-so‘zlar ta’siriga tushib qolmaydi. Ahir farzand sog‘lig‘i hammasidan ustun-ku! Qiz bola 11-12 yoshga etgach, jinsiy a’zolarini ko‘rikdan o‘tkazish foydadan holi bo‘lmaydi.
«MINI YuBKA KIYaR QIZLAR…»
Kichikligida hech narsa qilmaydi deb, kalta yubka, tor shim kiydirasiz qizingizga. Ammo balog‘at davriga qadam qo‘ygan qiz bola qomatini ko‘z-ko‘z qilishi emas, siporoq kiyinishi lozim. Bu ham jinsiy tarbiyaning muhim bo‘lagi hisoblanadi. O‘smir yigit sonining yarmigacha ochiq, ko‘kraklariga yopishib turgan liboslarni kiygan qizlarni ko‘rib, shahvati qo‘zg‘ashi mumkin. Chunki bu davrda o‘g‘il bolada jinsiy moyillik ustunlik qiladi. Ammo hislarini tushunmaydi.
TAShQI TA’SIRLARDAN HIMOYaLASh KERAKMI?
Bugun internet, uyali telefon apparatlaridagi turli dasturlarga bolalarning kirib-chiqishi oson bo‘lib qolgan. To‘g‘ri, e’tiborli ota-onalar farzandlari necha soat kompyuterda shug‘ullanadi, kim bilan telefonda so‘zlashadi diqqat qiladi. Ammo besh qo‘l barobar emas-da. Garchi behayo suratlar qonunan ta’qiqlangan bo‘lsa ham yoshlar ongini zaharlaydiganlar topiladi. Unutmang, behayo filmlar yoki suratlarga qiziqib qolgan bola, keyinchalik bu ta’sirdan chiqib ketolmasligi mumkin. Bu esa oilaviy hayotida asoratsiz o‘tmaydi.
BUVASIGA YuKLAMANG!
Gohida «o‘g‘limda ehtilom bo‘ldi. Ammo tushuntirishga uyalayapman. Buvisiga aytaman, o‘g‘il o‘stirgan tushuntiradi» degan gaplarni eshitamiz. Mutaxassislar bu fikrni yoqlashmaydi. Buviyu bobosi tibbiyot sohasidan boxabar bo‘lsa, balki uddalashi mumkindir. Ammo jinsiy tarbiya masalasida ota-onadan o‘zgasi mas`ul bo‘lolmaydi. Nozik masalalarni siz emas, qaynona-qaynotangiz yoki ota-onangiz tushuntirsa, farzandingiz bilan orada masofa paydo bo‘lishi mumkin.
Muxtasar aytganda, jinsiy tarbiya avvalo bola xarakterini to‘g‘ri shakllantirishdan boshlanadi. Bu ishni faqat siz, ya’ni o‘g‘il va qizni tarbiyalayotgan ota-ona bajarishingiz mumkin.

Manba: Darakchi.uz


Наблюдая за окружающими меня семьями по этому поводу, я увидел, что у всех разное мнение по этому вопросу. Удивительно, но когда дело доходит до полового воспитания, большинство родителей просто понимают правила личной гигиены.

На самом деле сексуальное воспитание детей – дело очень тонкое. Объем выбранной нами темы настолько широк, что необходимо сделать акцент на психическом здоровье детей. Итак, на что следует обратить внимание родителям, чтобы правильно выбрать метод воспитания? Каковы основные функции? Об этом сегодня.
Наш специалист: д.м.н., сексолог Дилмурод Иргашев

ПАРЕНЬ

ОБРАЗОВАНИЕ НАЧИНАЕТСЯ ОТ СЕРДЦА….
Если вы обратите внимание, когда ребенок рождается, женщине говорят, как кормить грудью и пеленать, и на что обратить внимание при развитии половых органов. В большинстве случаев, даже если они чувствуют проблему или ненормальную ситуацию, они говорят, что безразличие «пройдет немного старше». Однако, чтобы правильно воспитать ребенка, каждый родитель должен знать строение и развитие половых органов.
ПЕРВЫЙ ПРОСМОТР: ВАЖНАЯ ТЕМА!
Многие родители не обращают внимания на половые органы своих сыновей. Правильно ли они подходят друг к другу, есть ли какие-либо дефекты, находятся ли яйца в правильном положении… Нет, вместо этого они устремляются к чиллагуразонгу или сбору. Врачи рекомендуют вести мальчика к детскому андрологу при простуде. даже если дискомфорта нет. Если в половых органах ребенка будут обнаружены какие-либо аномалии, если провести необходимые процедуры до 2-летнего возраста, то проблема будет устранена.
СКОЛЬКО ТЕБЕ ЛЕТ?
Если вам достаточно полового воспитания, чтобы сходить в туалет, совершить омовение, вы совершите ошибку. Если разделить воспитание мальчика на возрастные группы, то его можно разделить следующим образом.
…. До 2 лет: мальчик должен понимать свой пол, понимать, что он «мальчик». Для этого уместны слова типа «будешь мальчиком, будь смелым». Примеры мальчишеских игр, книжки-сказки, герои, развивающие лидерские качества. Ну, твой сын Бэтмен, пусть тебе Человек-Паук завидует, не дерись. Алпомиш лучше знает Джалолиддина Мангуберди. Важно, чтобы он имел представление о своей половой принадлежности.
….После 5 лет: правильно направлять свои физические силы. Тогда он будет реагировать на события вокруг него. Научите работать. Если вы заинтересованы в ремесле, не возвращайте шаль. При правильном покрытии он выдержит множество неблагоприятных условий.
…. 10-11 лет: мальчик начинает формироваться как личность. Для него естественно чувствовать себя более независимым и стараться показать это окружающим. Родители должны это понимать.
Вам может быть интересно, какое отношение формирование характера имеет к половому воспитанию.Половое воспитание начинается с воспитания характера. Приведенные выше рекомендации являются основой полового воспитания в подростковом возрасте.
ТЕПЕРЬ ОН «БЕССТРАШНАЯ МУЖЕСТВЕННОСТЬ»!
Если вы воспитывали сына со сказочными героями в подростковом возрасте, вам следует прийти к этому периоду и сформировать героический характер. Помните, в то же время мальчику интересно общаться с девушками, как себя вести. Иногда можно услышать такие вопросы, как «Любите ли вы друг друга с моим отцом?» Это возрастное любопытство. Ваша задача правильно объяснить разницу между любовью и симпатией друг к другу. В этом случае нужно научить их чувствовать, управлять своим волнением, приводить примеры.
НАШ СЫН ВЫРОС…
Символ героев, мы прошли через героизм и наконец достигли половой зрелости. В это время у мальчика постепенно начинает проявляться сексуальная ориентация. Сновидение тоже бывает. Это естественно. Даже если вы знаете, не паникуйте и исследуйте. Отец должен объяснить такие сексуальные изменения у мальчика. Чистая любовь, что происходит, когда ее чувствуешь, когда угощать девушку, чего не допускать, замужество – вот основные темы. Романы помогают юношам, переживающим период полового созревания. Если сын хочет, предложите ему разнообразные развивающие романы. Пусть читает. Если мальчик не получит точной информации о своих изменениях от близких, он обязательно будет искать посторонний источник.
ПУСТЬ ВАШ ОТЦ БУДЕТ ПРИМЕРОМ!
в каждой семье бывает и ссора пары. Однако родители мальчиков и девочек ни в коем случае не должны оскорблять друг друга в присутствии детей. Если обратить внимание, в молодых семьях обесценивание мужчины, унижение женщины является причиной детских воспоминаний. Будьте примером для своего сына, мужчины! Как вы говорите о настоящей мужественности, близости с женщинами, если не воздерживаетесь от побоев, оскорблений и измен с матерью?! Не говорит ли он в сердце своем: «Я не буду таким, как ты»?!
«НЕ ИГРАЙ С МАЛЬЧИКАМИ!»
Правда, вы намерены выдать дочь замуж, оберегая ее от внешних воздействий. Но подумай, даешь ли ты верное представление о мальчике? Как вы относитесь к девочке 4-5 лет, которая говорит: «Не играй с соседским сыном, стыдно»?! В этом возрасте вашей дочери стыдно быть жадной, стыдно вести себя глупо, стыдно разговаривать со взрослыми. Чего, по мнению мальчика, он стыдится? В практике врачей встречаются невесты, которые не могут присоединиться к жениху после свадьбы. Если выяснишь причину, в детстве отец или мать угрожали: «Если мальчик прикоснется к твоей руке, ты забеременеешь».

В ДЕВУШКАХ

ЗА ДЕВУШКУ ОТВЕТСТВЕННА МАТЬ!
С раннего возраста девочке приходится объяснять, чем она отличается от мальчика, начиная от поведения и заканчивая одеждой и манерой поведения.Мать не должна забывать, что в этом отношении она является примером для своего ребенка. Девушке, вступающей в период полового созревания, следует предоставить подробную информацию о менструации. Также необходимо объективно подумать об изменениях в половых органах, возникающих после менструации, увеличении молочных желез.
«ЧТО ГОВОРЯТ ЛЮДИ?»
Отвести девочку к детскому гинекологу для многих семей кажется катастрофой. «Что говорит слушающий?! Не говорит ли она, что виновата дочь?! Достаточно было увидеть, когда он женился». Не переживайте, на человека с широким кругозором слова в первую очередь не повлияют. Ведь здоровье ребенка превыше всего! По достижении девочкой 11-12 лет полезно обследовать ее половые органы.
«ДЕВУШКИ В МИНИ-ЮБКАХ…»
Вы носите с дочерью короткие юбки и узкие брюки, потому что она ничего не делает, когда маленькая. Однако девушке, достигшей половой зрелости, следует не хвастаться своей фигурой, а носить фату. Это также важная часть полового воспитания. Подростка может возбудить вид девушек, одетых в одежду, открытую половине числа и прижимающую к груди. Потому что в этот период у мальчика преобладает сексуальная ориентация. Но он не понимает своих чувств.
НУЖНО ЗАЩИТИТЬ ОТ ВНЕШНИХ ВОЗДЕЙСТВИЙ?
Сегодня детям проще получить доступ к различным программам в Интернете и мобильных телефонах. Правда, внимательные родители обращают внимание на то, сколько часов их дети проводят за компьютером, с кем разговаривают по телефону. Но пять рук не равны. Хотя порнография незаконна, есть те, кто отравляет умы молодежи. Помните, что ребенок, заинтересовавшийся непристойными фильмами или картинками, может потом не оторваться от этого. Не обошлось и без осложнений в семейной жизни.
НЕ СМОТРИ НА ДЕДА!
Иногда «у моего сына был инсульт. Но стесняюсь объяснить. Расскажу бабушке, она объяснит, что вырастила сына». Эксперты не поддерживают эту точку зрения. Если ее бабушка и дедушка знают о медицине, они могут это сделать. Однако только родители могут нести ответственность за половое воспитание. Если ваши свекровь или ваши родители объясняют деликатные вопросы, возможно, вы и ваш ребенок находитесь в невыгодном положении.
Одним словом, половое воспитание начинается с правильного формирования характера ребенка. Это можете сделать только вы, родитель, воспитывающий мальчика и девочку.

Источник: Даракчи.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: