Ishlarni kechiktirish odatidan qanday qutulish mumkin?

Ishlarni kechiktirish odatidan qanday qutulish mumkin

Bajarilishi zarur bo‘lgan ishlarni keyinroqqa oldirish va biz kutgan “keyinroq” kelganda ishni yana kechiktiraverish odati hammaga tanish.

Oddiy dangasalikdan farqli ravishda ishlarni kechiktirish odati faoliyatingizga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Chunki, dangasalik o‘z tabiatiga ko‘ra keng qamrovli bo‘ladi va uni payqach ancha oson. Ammo aynan ishlarni kechiktirish zararli odatini ilg‘ash har doim ham oson bo‘lavermaydi. Muammo borligini sezmasangiz, tabiiyki, uni bartafar etish haqida deyarli o‘ylamaysiz. Bu esa zararli odatning avj olishiga, uni to‘xtatish uchun hech qanday chora ko‘rilmasligiga olib kelishi mumkin.

Ishlarni kechiktirish odati qanday kelib chiqadi?

Bir qarashda ishni kechiktirish kayfiyatga bog‘liqdek tuyuladi. Qachondir nimanidir bajarishingiz kerak bo‘lsa, har doim shu holatda ishni bajarishga mos kayfiyat topilmayotgandek tuyuladi. “Bir uxlab olay, keyin bajaraman”, “Shu o‘yinni o‘ynab tugatay, keyin qilaman”, “Ko‘chaga chiqib kelganimdan keyin albatta boshlayman”, kabi bahonalar bilan ishlarni kechiktiraverasiz. Barcha holatlarda bunga bir xil sabab ko‘rsatasiz – ishni aynan hozir boshlab, aynan hozir bajarish uchun Sizda yetarlicha kayfiyat yo‘q.
Qaysidir ishni bajarishingiz uchun kayfiyat kerak emas. Agar Siz ishlarni harakat qilish uchun kayfiyatingiz bo‘lmayotganligi sababli kechiktirayotgan bo‘lsangiz, biling-ki adashayapsiz. Kishini nimanidir bajarish uchun kayfiyat emas, zarurat undaydi. Ishlarni rejalashtirish, muvaffaqiyatga intilish, vaziyatni o‘nglashga harakat qilishni boshlash yoki boshqa samarali harakatlarning birortasi uchun kayfiyat kerak emas.
Agar Sizda ishlarni kechiktirish zararli odati bo‘lsa, kelajakdagi maqsadlaringizga erishishga to‘sqinlik qilayotgan bu odatdan qutulmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi maslahatlarga amal qilishga intiling.

Muhlat asosida harakat qiling

Ishni bajarish muddati belgilanmagan bo‘lsa, bajaruvchining harakat qilishi sustlashadi. Qaysidir sanada ish tugatilishi kerakligini his qilib tursangiz, muhlat yaqinlashga sari mas’uliyatning ortishi Sizda samaradorlikni kuchaytirishi mumkin.
Rejalar tuzing. Har bir rejaning muhlatini belgilang. O‘z qoidalaringizga amal qilgan holda belgilangan muhlatni xurmat qiling va ishni belgilangan muddatda tugating.
Har doim ham o‘zingiz belgilagan muhlatlar samara beravermasligi mumkin. Agar muhlat kimdir tomonidan belgilanishi Siz uchun foydaliroq bo‘lsa, do‘stingiz, hamkasbingiz, o‘qituvchingiz yoki kimdir Siz uchun muhlat belgilashda yordam berishi mumkin. Ba’zilar nazorat ostida yaxshiroq ishlaydi va bu to‘liq normal holat. O‘zingiz uchun qaysi usulda harakat qilish samaraliroq bo‘lsa, shu yo‘lni tanlang.

Eslatmalarni kechroq vaqtga belgilang

Ko‘pchilik, shu jumladan o‘zim ham, ishlarini rejalashtirishda telefonidagi kalendar eslatmalaridan, turli xil rejalashtirish-eslatma dasturlaridan foydalanadi. Odatda bajarilishi kerak bo‘lgan ishning vaqtini eslatmada ish vaqtidan oldinroqqa yoki ish boshlanish vaqtiga belgilaymiz. Qoidalarga qarama-qarshi tarzda eslatmani kechroq vaqtga belgilang. Ishni soat 9:00 da bajarishingiz kerak bo‘lsa, eslatmani 9:20 da ishga tushadigan qilib qo‘ying. Eslatmani ko‘rganingizda nafaqat ishni bajarish vaqti ancha kechikkanini ko‘rib mas’uliyatingiz oshadi, balki tezroq harakat qilishga ham majbur bo‘lasiz.
Bu usulda o‘zingizni o‘zingiz majburlashingiz va eslatmani o‘chirib qo‘yib bajarilishi kerak bo‘lgan ish haqida unutib qo‘yish, har doimgidek ishni yana kechiktirish odatiga qaytishingizning oldini olishingiz mumkin.

Har qanday ishdan boshlang

Muhimi – bo‘sh qolmaslik. Imkon boricha ko‘proq faoliyat bilan band bo‘lishga harakat qiling. Ishdan bo‘sh vaqtingizda yana ishlashni xohlasangiz-u, reja bo‘yicha hali hech bir ishning vaqti kelmagan bo‘lsa, o‘zingiz istagan har qanday ishni boshlashga urinib ko‘ring.
Ba’zan ishni tanlash, holatimizga mos bo‘lgan ishni izlash masalasi ham samarali faoliyatni kechiktirish odatini keltirib chiqarishi mumkin. To‘liq qulay sharoit hech qachon kelmaydi. Ishni istalgan vaqtda, istalgan joyidan boshlab tugatish esa kechiktirish odatingizni buzishda yana bir qadam bo‘ladi.
Muammo faqat ishni kechiktirish odatingizda emas. Siz ishni hozir boshlash qanday hissiyot berishini yaxshi tushunib olishingiz kerak. Ishni hozir qilgingiz kelmasa, o‘zingizni bir necha marta majburlab boshlab olsangiz, ish jarayonida uni bajarish uchun kayfiyat ham paydo bo‘lishini sezasiz. Bu Siz uchun butunlay yangi bir dunyoni ochib berishi mumkin.
Hozir Sizga o‘zingizni majburlab ishlash fikri yoqmayotgan bo‘lishi mumkin. O‘z bahonalaringizdan g‘olib bo‘la olgan vaqtingizda vaziyatni to‘laligicha faqat o‘zingiz boshqarishingiz hissi hayotingizni dangasalik, kayfiyatlar, bahonalar emas aynan o‘zingiz boshqarayotganinigizni sezdiradi. Qachondir bu hissiyot o‘zingizni majburlab bo‘lsa ham yo‘lga tushib olganingizga arzishini tushunasiz.

Manba: Azamat.uz


Все привыкли откладывать работу, которую нужно сделать, и снова откладывать ее, когда мы ожидаем, что она придет «позже».

В отличие от обычной лени, привычка откладывать дела на потом может нанести серьезный ущерб вашей деятельности. Потому что лень по своей природе широко распространена и ее легко обнаружить. Но не всегда легко подцепить пагубную привычку прокрастинации. Если у вас нет конкретной проблемы, вы просто не сможете ее исправить. Это может привести к развитию вредной привычки, и никакие действия не могут быть предприняты, чтобы остановить ее.

Как появляется привычка откладывать работу?

На первый взгляд кажется, что прокрастинация — это вопрос настроения. Всякий раз, когда вам нужно что-то сделать, всегда кажется, что вы не в настроении это делать. Вы продолжаете откладывать дела на потом с такими отговорками, как: «Я посплю, а потом займусь этим», «Я закончу эту игру, я сделаю это позже», «Я обязательно начну, когда выйду на работу». улица.» Во всех случаях вы приводите одну и ту же причину — вы не в настроении прямо сейчас приступить к работе и сделать ее прямо сейчас.
Вам не нужно настроение, чтобы что-то делать. Если вы откладываете, потому что у вас нет настроения что-то делать, вы ошибаетесь. Дело не в настроении, а в потребности что-то делать. Вам не нужно настроение, чтобы что-то планировать, стремиться к успеху, начинать пытаться улучшить ситуацию или предпринимать любые другие эффективные действия.
Если у вас есть вредная привычка прокрастинировать и вы хотите избавиться от этой привычки, которая мешает вам в достижении ваших будущих целей, попробуйте следующие советы.

Работа на временной шкале

Если срок не установлен, исполнитель будет тормозить. Когда вы чувствуете необходимость закончить работу к определенной дате, увеличение ваших обязанностей по мере приближения крайнего срока может повысить вашу эффективность.
Строить планы. Установите крайний срок для каждого плана. Следуйте своим собственным правилам, соблюдайте крайний срок и заканчивайте работу вовремя.
Установленные вами сроки не всегда могут быть эффективными. Если крайний срок для вас более полезен, друг, коллега, учитель или кто-то еще может помочь вам установить крайний срок. Некоторые работают лучше под контролем, и это совершенно нормально. Выберите тот, который лучше всего подходит для вас.

Запланировать заметки позже

Многие люди, в том числе и я, используют заметки в календаре на своих телефонах и различные программы-планировщики для планирования своей работы. Обычно мы устанавливаем время работы, которую необходимо выполнить, в примечании перед временем работы или в начале работы.Вопреки правилам, отметьте заметку позже. Если вам нужно закончить работу в 9:00, установите начало заметки в 9:20. Когда вы видите записку, вы не только чувствуете себя более ответственным за опоздание на работу, но и должны действовать быстрее.
Таким образом, вы можете заставить себя отключить заметку и забыть о работе, которую нужно сделать, не давая вам вернуться к привычке откладывать дела на потом.

Начни с любой работы

Главное не бездействовать. Старайтесь быть максимально активными. Если вы хотите снова работать в свободное время, но нет времени ни на какую работу по плану, попробуйте начать любую работу, которую вы хотите.
Иногда выбор работы, поиск работы, подходящей для нашей ситуации, также может привести к привычке прокрастинировать. Полностью комфортные условия никогда не наступят. Завершение работы в любое время и в любом месте — это еще один шаг к избавлению от привычки прокрастинировать.
Проблема не только в вашей привычке откладывать работу. Вы должны иметь хорошее представление о том, каково это начинать бизнес сейчас. Если вы не хотите делать это сейчас, если вы заставите себя сделать это несколько раз, вы почувствуете, что делаете это. Это может открыть для вас целый новый мир.
Вам, наверное, сейчас не нравится идея принудительного труда. Когда вы можете победить собственные оправдания, ощущение, что вы контролируете всю ситуацию, только заставляет вас чувствовать, что вы контролируете свою жизнь, а не лень, настроения, оправдания. Иногда вам просто нужно быть более разборчивым в помощи, которую вы оказываете другим людям.

Источник: Азамат.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: