Kitob o‘qishning 21 foydasi haqida

Kitob o‘qishning 21 foydasi haqida

Hammamiz kitob o‘qishning foydali ekanligini eshitganmiz. Lekin uning foydaliligi aynan nimada? “AdMe.ru” kitob o‘qishning foydalili borasidagi tadqiqotlar natijalarini e’lon qildi.

1. Mutolaa asabni tinchlantiradi.
Asabingizni tinchlantirish uchun sayr qilish yoki musiqa tinglashni afzal ko‘rasizmi? Sasseks universiteti olimlari esa buning o‘rniga kitob o‘qishni tavsiya qilishadi. Kitob o‘qish asabni tinchlantirishda eng samarali usul ekan. Atigi olti daqiqa kitob o‘qish asabiylashishga barham beradi.
2. Mutolaa uyqusizlikdan qutulishga yordam beradi.
Xotirjam bo‘lish va uxlashga yordam beradigan eng yaxshi usul kitob o‘qishdir. Televizor yoki telefondan tarqalayotgan yorqin nur miyaga uyg‘onish kerakligi haqida signal yuboradi. Kitob o‘qish esa aksincha ta’sir ko‘rsatadi – miya uxlash vaqti bo‘lganligini tushunadi.
3. Mutolaa qalbni yumshatadi.
Kitob o‘qish jarayonida o‘quvchi qahramonlar bilan birga bo‘ladi. Ularning quvonch va tashvishlariga sherik bo‘ladi. Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, badiiy asar o‘qigan odam hayotda ham boshqalarning his-tuyg‘ularini yaxshi tushunar ekan.
4. Mutolaa miya faoliyatini yaxshilaydi.
Emori universiteti olimlari kitob o‘qigan insonning aqliy salohiyati bir necha kun davomida yuqori holatda bo‘lishini isbotlashdi. Tadqiqot mualliflari kitob o‘qish miyadagi asab tolalari sonini oshirishini ta’kidlashmoqda.
5. Mutolaa tushkunlikka qarshi kurashishga yordam beradi.
Shotlandiyalik olimlarning tadqiqotlariga qaraganda, kitob o‘qish tushkunlikni davolashning eng samarali vositasidir. Tushkunlikka chalingan bemorlar kitob o‘qishni boshlaganlaridan so‘ng ularning tushkunlikka tushish holatlari kamaygan.
6. Mutolaa insonni go‘zallashtiradi.
Yuqori darajadagi aqliy salohiyat insonning tashqi ko‘rinishini ham go‘zallashtiradi. Har qanday mavzuda qiziqarli suhbat qura olish va o‘z bilimini namoyish etish suhbatdoshining mehrini qozonishga yordam beradi.
7. Mutolaa hayotdagi maqsadini anglashga va qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi.
Ogayo shtati universiteti olimlari inson qancha ko‘p kitob o‘qisa, hayot yo‘lini shunchalik aniq tanlashini ta’kidlashmoqda. Kitob o‘qish hayotdagi to‘siqlarni yengishga ham yordam beradi, deyishmoqda ular.
8. Kitob o‘qiydigan insonlar hayotda faol bo‘lishadi.
San’at milliy jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar kitob o‘qiydigan insonlar madaniy va ijtimoiy hayotda ham faol bo‘lishlarini isbotladi.
9. Mutolaa xotirani va fikrlash qobiliyatini yaxshilaydi
Har safar kitob o‘qilganida miya faol ishlaydi. U olinayotgan ma’lumotni saqlash uchun yangi tolalarni yaratadi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, doimiy ravishda kitob o‘qiydigan insonlarda fikrlash qobiliyati boshqalarga nisbatan sekinroq pasayar ekan.
10. Mutolaa so‘z boyligini oshiradi.
Kitob o‘qiyotgan paytda notanish so‘zlar ham uchrab qoladi. Ularning ma’nosini umumiy mazmuni orqali ham tushunib olsa bo‘ladi. Kitob o‘qish nafaqat so‘z boyligini ko‘paytiradi, balki umumiy savodxonlikni ham oshiradi.
11. Mutolaa yozuvchilik qobiliyatini rivojlantiradi.
Kitob o‘qish jarayonida muallifning yozish uslubi ham o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatadi. Musiqa tinglash jarayonida musiqachining uslubi tinglovchiga o‘tgani singari yozuvchining uslubi ham o‘quvchining yozish uslubiga ta’sir o‘tkazadi.
12. Mutolaa chet tilini o‘rganishni osonlashtiradi.
Doimiy ravishda kitob o‘qish boshqa tillarni o‘rganishda yangi so‘zlarni oson tushunishga va yodda saqlab qolishga yordam beradi.
13. Mutolaa tinglash qobiliyatini rivojlantiradi.
Qanchalik g‘alati tuyulmasin, kitob o‘qish tinglash qobiliyatini oshiradi, boshqalarni oson tushunishga yordam beradi. Bu ayniqsa, kitobni ovoz chiqarib o‘qiganda yanada samarali bo‘ladi.
14. Mutolaa ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi.
Obafemi Avolau universiteti pedagoglari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mashg‘ulotlariga mavzuli komikslarni kiritishganida, suratlar va so‘zlar aralashmasi bolalarning ijodkorlik qobiliyatlarini oshirishini aniqlashdi. Kitoblar kattalarga ham ana shunday ta’sir ko‘rsatadi.
15. Mutolaa Alsgeymer xastaligiga chalinishning oldini oladi.
Qator tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, ko‘p kitob o‘qigan insonlar Alsgeymer kasalligiga kamroq chalinishar ekan. Miya ham xuddi boshqa a’zolar singari qo‘llab-quvvatlashga va mashqlar yordamida mustahkamlanishga muhtoj bo‘ladi. Kitob o‘qish esa bu borada eng samarali usuldir.
16. Birgalikda kitob o‘qish ota-onalar va bolalarning o‘zaro munosabatlarini yaxshilaydi.
Psixologlar birgalikda kitob o‘qish jarayonida ota-onalar va bolalar o‘rtasida o‘ziga xos munosabat o‘rnatiladi deb hisoblashadi. Ularning aytishlaricha, bunday munosabat birgalikda televizor ko‘rganda aslo paydo bo‘lmaydi.
17. Mutolaa moliyaviy qiyinchiliklarni bartaraf etishda yordam beradi.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, umuman kitob o‘qimaydigan insonlarning 43 foizi qashshoqlikda yashaydi. Savodli insonlar orasida esa qashshoqlikda yashaydiganlar 4 foizni tashkil etadi.
18. Ko‘p kitob o‘qiydigan bolalar darslarni yaxshi o‘zlashtirishadi.
Tadqiqotlarda aniqlanishicha, kitob o‘qishni xush ko‘radigan bolalar maktabda ham yaxshi o‘qishadi. Ular grammatikani ham, matematikani ham yaxshi o‘zlashtirishadi.
19. Mutolaa jinoyatchilikning oldini oladi.
O‘tkazilgan tadqiqotdan ma’lum bo‘lishicha, panjara ortida savodxonligini oshirgan jinoyatchilar ozodlikka chiqqanlaridan so‘ng boshqa jinoyatchilarga nisbatan jinoyatga 30 foiz kamroq qo‘l uradilar.
20. Mutolaa yaxshi hikoyanavisga aylantiradi.
Inson kitobni qancha ko‘p o‘qisa, hikoya qilish qobiliyati shunchalik oshadi. Keraksiz gaplarni kamroq gapirib, keraklilarini yaxshiroq yetkazadigan bo‘ladi.
21. Mutolaa yaxshilik qilishga undaydi
Faol kitobxonlar xayriya ishlari bilan boshqalarga nisbatan uch marta ko‘proq shug‘ullanishadi. Mutolaa muhtoj insonlarga yordam qo‘lini cho‘zishga undaydi.


Все мы слышали, что читать полезно. Но в чем именно его полезность? AdMe.ru опубликовал результаты исследования о пользе чтения.

1. Чтение успокаивает нервы.
Вы предпочитаете гулять или слушать музыку, чтобы успокоить нервы? Исследователи из Университета Сассекса рекомендуют вместо этого читать книгу. Чтение — один из самых эффективных способов успокоить нервы. Всего шесть минут чтения избавят от стресса.
2. Чтение помогает избавиться от бессонницы.
Лучший способ успокоиться и уснуть — это почитать книгу. Яркий свет от телевизора или телефона посылает мозгу сигнал проснуться. Чтение имеет обратный эффект — мозг понимает, что пора спать.
3. Чтение смягчает сердце.
Читатель находится с персонажами, когда они читают. Он разделяет их радости и горести. Исследования показывают, что люди, читающие искусство, с большей вероятностью понимают чувства других людей в реальной жизни.
4. Чтение улучшает работу мозга.
Исследователи из Университета Эмори показали, что человек, читающий книгу, на несколько дней обладает более высокими умственными способностями. Авторы исследования говорят, что чтение увеличивает количество нервных волокон в головном мозге.
5. Чтение помогает бороться с депрессией.
По мнению шотландских исследователей, чтение — самый эффективный способ лечения депрессии. Депрессия — это расстройство, которое поражает все больше и больше людей.
6. Чтение делает человека красивым.
Высокий уровень умственных способностей украшает и внешность человека. Умение вести интересную беседу на любую тему и демонстрировать свои знания поможет завоевать расположение собеседника.
7. Чтение помогает понять свое предназначение в жизни и преодолеть трудности.
Исследователи из Университета штата Огайо утверждают, что чем больше книг читает человек, тем точнее он выбирает свой образ жизни. Говорят, что чтение может помочь преодолеть препятствия в жизни.
8. Люди, читающие книги, становятся более активными в жизни.
Исследования Национального фонда искусств показали, что люди, читающие книги, более активны в культурной и общественной жизни.
9. Чтение улучшает память и мыслительные способности.
Каждый раз, когда вы читаете книгу, ваш мозг активизируется. Он создает новые волокна для хранения полученной информации. Исследования показывают, что у людей, которые регулярно читают, способность мыслить снижается медленнее, чем у других.
10. Чтение увеличивает словарный запас.
При чтении встречаются незнакомые слова. Их значение также можно понять через их общее содержание. Чтение увеличивает не только словарный запас, но и общую грамотность.
11. Чтение развивает навыки письма.
Стиль письма автора также влияет на читателя, когда он читает. Как стиль музыканта передается слушателю при прослушивании музыки, так и стиль писателя влияет на стиль письма студента.
12. Чтение облегчает изучение иностранного языка.
Регулярное чтение поможет вам легко понимать и запоминать новые слова при изучении других языков.
13. Чтение развивает умение слушать.
Как ни странно, чтение книги улучшает навыки слушания и облегчает понимание других. Особенно это актуально при чтении книги вслух.
14. Чтение развивает творческие способности.
Когда преподаватели Университета Обафеми Аволау ввели тематические комиксы в классы начальной школы, они обнаружили, что сочетание картинок и слов расширяет творческие способности детей. Книги так же действуют на взрослых.
15. Чтение предотвращает болезнь Альцгеймера.
Ряд исследований показал, что люди, которые читают много книг, менее склонны к развитию болезни Альцгеймера. Мозг, как и любой другой орган, нуждается в поддержке и упражнениях. Чтение – самый эффективный способ сделать это.
16. Совместное чтение улучшит отношения между родителями и детьми.
Психологи считают, что совместное чтение создает особые отношения между родителями и детьми. Говорят, такое отношение не появляется при совместном просмотре телевизора.
17. Чтение может помочь вам преодолеть финансовые трудности.
По статистике, 43% неграмотных людей живут в нищете. Среди грамотных 4 процента живут в нищете.
18. Дети, которые много читают, хорошо учатся в школе.
Исследовательская работа

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: