Tarbiyaning nozik jihatlari: jinsiy tarbiya mas’uliyati

Tarbiyaning nozik jihatlari jinsiy tarbiya mas’uliyati

Tarbiyaning bu jihati o‘ta nozik va mashaqqatli. Chunki farzandning jajji, ko‘zni quvontiradigan go‘daklik harakatlari ortda qolib, endi u o‘smirlik yoshiga yetadi.

Endi farzand har bir holatni ongli fikrlaydigan, ko‘z oldida kechayotgan har bir voqelik va jarayonlarga bolalarcha qiziquvchanlik bilan emas, aksincha, o‘zgacha e’tibor bilan nazar sola boshlaydi. Shuning uchun ham ota-ona va murabbiylardan bunday tarbiya jarayonida juda katta mahorat va fasohat talab etiladi. Jinsiy tarbiya o‘g‘il va qiz bolalarda jins masalalariga nisbatan to‘g‘ri munosabatni qaror toptirishni ko‘zda tutadi. Yosh avlodning yaxshi va sog‘lom o‘sib-unishiga, voyaga yetishiga, nasl qoldirish qobiliyatiga ega bo‘lishiga, nikoh va oilani mustahkamlashga yordam berish jinsiy-ahloqiy tarbiyaning asosiy vazifasidir.
Ota-onalar, tibbiyot xodimlari va murabbiylar fa­o­liyatlarini uyg‘unlashtirib, bolalarning yoshi, jin­si, iq­tidori va boshqa xususiyatlariga mos ravishda jinsiy hamda axloqiy tarbiyani bir-biriga bog‘lab olib borishlari lozim. Maktabgacha yoshdagi bolalar va kichik yoshdagi o‘quvchilar bilan ishlashda shunga alohida e’tibor berish kerak: bunday tarbiya faqat jinsiy hayot asoslari bilan tanishtirish, bolalarga gigiyenik malakalar, erkak va ayol tanasi tuzilishi, uning rivojlanish qonunlarini singdirishdan iborat emas, balki axloqiy tarbiyaning ajralmas qismi hisoblanadi.
Axloqiy tarbiyani to‘g‘ri olib borish uchun kattalar o‘g‘il yoki qiz bolaning jinsiy rivojlanish bosqichlarini bilishi va tabiiy hamda g‘ayritabiiy ul­g‘ayishni bir-biridan farqlay olishlari zarur. As­lida, jinsiy tarbiya ancha barvaqt boshlanadi. 7–8 kun­lik chaqaloqni tug‘u­ruqxonadan olib chiqilayotganda o‘g‘il yoki qizligiga qarab va moslab kiyim-kechak hamda boshqa buyumlar tanlanadi. Bola uch yoshga to‘lganidan so‘ng o‘zining qaysi jinsga mansubligini anglaydi. Bunda, avvalo, ota va onaning “qizalog‘im”, “do‘mboq qizim”, “popugim” deb erkalashidan bola qiz bola ekani, “sen o‘g‘il bolasan”, “o‘g‘il bola yig‘lamaydi”, deb eslatishidan o‘g‘il ekani bola ongiga singadi.
Sovg‘a qilingan o‘yinchoq, kiyim-kechak, o‘yin va mash­g‘ulotlardan o‘g‘il va qiz o‘z jinsi haqida ma’lumotga ega bo‘lib boradi. Ota-ona va tarbiyachilar bolalarga o‘g‘il yoki qiz bola ekanini bildirib va ularning qanday yumushlar bajarishi lozimligini uqtirib, oiladagi o‘rni­ni ko‘rsatib borishadi. Bolalar bog‘chasiga qatnaydigan kichkintoy odam tanasining tuzilishi, o‘g‘il va qiz bola a’zolarining tuzilishi haqida qiziqib va o‘smoqchilab savol beraveradi. Hatto bu haqida bexosdan ko‘pchilik davrasida so‘rab qolishi ham mumkin. Ota-ona yoki tarbiyachi shunday holatda ularga: “Bunday narsani so‘rama”, “Uyat bo‘ladi” demasligi, bolaga ta’qib ko‘zi bilan qaramasligi, ularni qiziqtirgan savolga vaqtini topib, to‘g‘ri, erinmasdan, bosiqlik bilan javob berishi kerak. Aks holda, bolada noxush va qo‘rqinchli tasavvur paydo bo‘lishi mumkin.
Aslida, bunday tarbiyadan maqsad – bolaning aqli uy­g‘onishi bilan, avvalo, jinsga nisbatan qarashini to‘g‘ri singdirib borish. Bu esa yigitlarning erkaklarga xos tarbiyasi va o‘z o‘rnida, qizlarning ayollarga xos bo‘lgan tarbiyasiga e’tibor yo‘lidir. Shu yo‘sinda oilada farzandlarning bir-birlariga nisbatan o‘zaro muomaladagi masofa va o‘zlari haqidagi nozik tushunchalar berib boriladi. Shu bilan birga yoshlariga qarab, uylanish va turmush qurish bilan bog‘liq masalalarni ham yetkazib va uqtirib borish talab etiladi. Toki o‘spirin ulg‘ayib borarkan, hayotda bu borada nima halol va nima harom ekanini tushunib yetsin. Kelgusidagi turmushi davomida bu borada muammolarga duch kelmasin. Chunki aksariyat oilalarda ota-onalar istihola qiladi yoki umuman ushbu tarbiyaga befarq bo‘ladi. Oqibatda esa farzandlari turmush qurganidan keyin, ushbu masalalar sabab bo‘lib, muammolar va ular orqasidan kelishmovchilik kelib chi­qadi. Natijada, ko‘pincha bunday oilalar hayoti ajralish bilan xotima topadi. Yoki tamoman noto‘g‘ri tarbiyadan mosuvo bo‘lib o‘sgan farzand o‘ta qabih yo‘l – nafsoniy shahvat ketidan quvib, turli buzuqliklarga berilib ketishi ham mumkin. Bu kabi xunuk, sharmsiz holat va muammolarga barham berishning eng go‘zal yo‘li jinsiy tarbiyani o‘ziga xos uslubda, dinimiz ko‘rsatmalari va milliy urf-odatlarimizga muvofiq tarzda o‘rgatib borishdir. Ushbu tarbiya jarayonida ota-ona farzandining yoshiga katta e’tibor berishi lozimdir.
Shu bois necha yoshda qaysi jihatga ko‘p e’tibor berish muhim ekanini bosqichma-bosqich bayon qilamiz. Farzandlarning yoshiga qarab bunday tarbiya ularga uch bosqichda beriladi.

1-bosqich – 7–12 yoshlar oralig‘i, bu yaxshi va yomonni ajrata oladigan yosh. Bu paytda bolaga izn so‘rash va nazar solish odobi o‘rgatiladi.

2-bosqich – 12–16 yoshlar oralig‘i, bu balog‘at yoshi bo‘lib, o‘smirlik yoshi ham deyiladi. Bu vaqtda o‘g‘il bolada ehtilom va qiz bolada hayz bo‘ladi. Ba’zilarda erta, ayrimlarda esa bir muddat kech kuzatiladi.

3-bosqich – 16–17 yoshlar oralig‘i, bu kamolga yetish yoshi hisoblanadi.

Islom farzand tarbiyasida hech bir narsani e’tibordan chetda qoldirmagan, balki tarbiyaning nozik qirralarini ham bayon qilgan. Diniy ta’limotlarda ushbu yoshlarda nimani o‘rgatish, ko‘rsatib berish va ta’kidlab borish kabi ko‘rsatmalar berilgan. Shuningdek, qanday amallardan qaytarish va ogoh etish haqidagi zarur ta’limlarga ham alohida e’tibor qaratilgan.


Этот аспект воспитания очень деликатный и сложный. Потому что маленькие, радующие глаз детские занятия ребенка остались позади, и теперь он подросток.

Теперь ребенок начинает осмысливать каждую ситуацию осознанно, смотреть на каждое событие и процесс, происходящий перед его глазами, не с детским любопытством, а с особым вниманием. Вот почему от родителей и воспитателей требуется большое мастерство и красноречие в процессе такого воспитания. Половое воспитание предполагает формирование правильного отношения к гендерным вопросам у мальчиков и девочек. Основная задача полового и нравственного воспитания – помочь подрастающему поколению вырасти здоровым и здоровым, вырасти, иметь способность к продолжению рода, укрепить брак и семью.
Родители, поставщики медицинских услуг и педагоги должны координировать свои усилия, чтобы связать половое и нравственное воспитание с детьми в соответствии с их возрастом, полом, способностями и другими характеристиками. Особое внимание следует уделить работе с дошкольниками и младшими школьниками: такое обучение – это не только знакомство с основами половой жизни, гигиеническими навыками для детей, строением мужского и женского организма, законами его развития, но также составной частью нравственного воспитания является
Взрослым необходимо знать этапы полового развития мальчика или девочки и уметь различать естественный и ненормальный рост, чтобы правильно проводить нравственное воспитание. На самом деле половое воспитание начинается гораздо раньше. Когда 7-8-дневного ребенка забирают из родильного дома, одежду и другие вещи подбирают под мальчика или девочку. К трем годам ребенок уже знает, к какому полу он принадлежит. В этом случае в первую очередь родители говорят, что ребенок девочка, «ты мальчик», «мальчик не плачет». Мальчик вспоминает, что он был мальчиком.
Подаренные игрушки, одежда, игры и занятия помогут мальчикам и девочкам узнать свой пол. Родители и воспитатели показывают детям их место в семье, рассказывая им, мальчики они или девочки, и что они должны делать. Малыш посещает детский сад и задает вопросы о строении тела и строении конечностей мальчиков и девочек. Его могут даже спросить об этом публично. В такой ситуации родитель или воспитатель не должны говорить им: «Не спрашивайте об этом», «Обидно», не смотреть на ребенка строгим взглядом, находить время для интересующего их вопроса. в, правильный, спокойный и спокойный.должны реагировать с. В противном случае у ребенка может сложиться неприятное и пугающее впечатление.
На самом деле цель такого воспитания состоит в том, чтобы пробудить ум ребенка, прежде всего,воспитывать положительное отношение к полу. Это способ акцентировать внимание на мужском воспитании мальчиков и, в свою очередь, на женском воспитании девочек. Таким образом передается расстояние между детьми в семье и то, как они взаимодействуют друг с другом, и тонкости самих себя. В то же время, в зависимости от возраста, их необходимо информировать о вопросах брака. Чтобы подросток, вырастая, понимал, что правильно, а что неправильно в жизни. Пусть у него не будет проблем в этом плане в дальнейшей жизни. Потому что в большинстве семей родители относятся к этому воспитанию оскорбительно или совершенно равнодушно. В результате после того, как их дети женятся, эти вопросы вызывают проблемы и разногласия. В результате многие браки заканчиваются разводом. Или ребенок, воспитанный совершенно неправильным образом, может следовать порочному кругу похоти и предаваться безнравственности. Лучший способ справиться с таким безобразием, позором и проблемами — это обучать половому воспитанию особым образом, в соответствии с учением нашей религии и нашими национальными традициями. В этом процессе воспитания родители должны уделять пристальное внимание возрасту своего ребенка.
Итак, шаг за шагом мы объясним, на какой аспект важно обращать внимание в каком возрасте. В зависимости от возраста детей такое воспитание дается им в три этапа.

Стадия 1 приходится на возраст от 7 до 12 лет, в этом возрасте можно отличить правильное от неправильного. За это время ребенка учат этикету спрашивать разрешения и смотреть.

Стадия 2 находится в возрасте от 12 до 16 лет, что является возрастом полового созревания и также называется подростковым возрастом. В это время у мальчика менструация и у девочки менструация. Кто-то рано, а кто-то поздно.

Стадия 3 приходится на возраст от 16 до 17 лет, то есть на возраст зрелости.

Ислам ничем не пренебрегает в воспитании детей, но и описывает тонкости воспитания. Религиозные учения дают указания о том, чему учить, демонстрировать и подчеркивать этих молодых людей. Особое внимание также уделяется необходимому обучению тому, от каких действий следует воздержаться и о чем предупреждать.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: