Nima uchun maktablarga mustaqillik kerak?

Nima uchun maktablarga mustaqillik kerak?

Barchamizga ma’lumki, bizning ta’lim tizimimizda maktablarga mustaqillik berilmagan. Ularning har bir qadami muntazam nazorat qilib boriladi. Maktab binosini bezashdan tortib, xonaga ilinadigan ko‘rgazmalargacha nazorat tizimi o‘rnatilgan. Hokimliklar ham maktab faoliyatiga bemalol aralasha oladilar.

Andreas Shlyayxerning «Jahon miqiyosidagi ta’lim» kitobida yozilishicha, ko‘p mamlakatlar asosiy e’tiborini ta’limdan ko‘ra, uning natijalariga qaratdilar. Ayni paytda ular maktablarni o‘ziga xos masalalarni hal qilishga ko‘proq e’tibor qaratishga qiziqtirib, ularning mas’uliyatini oshirdilar.

Maktablar ko‘proq mustaqillikka ega bo‘ldilar. Shuning uchun direktorlar, maktab kengashlari va o‘qituvchilar o‘z resurslaridan foydalanish, o‘quv dasturi tuzish, nazorat-baholash ishlarini o‘tkazish masalalarida, qabul va intizom qoidalarida o‘z zimmalariga ko‘proq javobgarlikni oldilar.

PISA ma’lumotlariga ko‘ra, o‘quvchilarning ta’lim natijalariga aniq talablar o‘rnatish, ta’lim dasturi va baholash ishlarida maktab mustaqilligi butun ta’lim tizimi ishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Maktablarga mustaqillik berishning yaxshi tomoni shundaki, u innovatsiyalarga undaydi. Ayni paytda aniq qoida va rasmiyatchilikka asoslangan maktab tizimida innovatsiyalarni ro‘yobga chiqarish ancha mushkul.

Ta’lim tizimining rivojlanib ketmasligiga bitta to‘siq mavjud – bu tizimda ishlaydigan kishilarning o‘z oldilarida turgan muammolarni yetarlicha tushunmasligidadir. Hukumat qanday muammolarni yechishga urinayotganini na o‘qituvchilar, na ota-onalar tushunmasa, u ko‘rayotgan choralarni ham tushunishi qiyin.

© Ulug‘bek Po‘latov

Mavzuga doir:
Men orzu qilgan maktab qanday bo‘ladi…

Ota-onalar maktabda berilayotgan bilim darajasidan qoniqadimi?

Milliarderga aylangan maktab o’qituvchisidan 30 iqtibos

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: