Nega kitob o‘qiyotganda uyqu keladi? Bunga qarshi nimalar qilish mumkin?

Nega kitob o‘qiyotganda uyqu keladi? Bunga qarshi nimalar qilish mumkin?
Telegramda o'qish

Kitob o‘qiyotganida uxlab qolmagan odam bo‘lmasa kerak. Garchi, kitob zerikarli bo‘lmasa ham.

Ko‘pchilik kitob o‘qisa, uyqusi kelib qolishidan noliydi. Britaniya psixologik jamiyatidan doktor Xristian Jarret bu jarayoni quyidagicha izohlaydi.

Odatda kitobni qulay holatda o‘qishga harakat qilamiz – o‘tirib yoki yotib, tinch joyda, kun oxirida yoki faol mashg‘ulotlardan keyin. Bularning hammasi bo‘shashishga olib keladi. Bundan tashqari, matn tashqi olamdan va uning tashvishlaridan chalg‘itadi, muammolarni esdan chiqarib, xotirjam bo‘lishimizga yordam beradi. Shuningdek, fantaziya uyg‘onib, uyquga eltishi mumkin.

Kitobni o‘qib tugatishingiz kerak bo‘lsa yoki uxlab qolmasdan uzoq vaqt kitob o‘qishni xohlasangiz, quyidagi 8 ta usuldan foydalanganingiz ma’qul:

  1.  Kitob o‘qish uchun qulayroq joy toping, lekin juda qulay bo‘lmasin. Yotoqda kitob o‘qigandan ko‘ra, kresloga o‘rnashib oling. U yerda ham uxlab qolayotgan bo‘lsangiz, stulda o‘tirib kitob o‘qing.
  2.  Kitob o‘qiyotganingizda xona yorug‘ligini oshiring.
  3.  Xonani shamollating, u biroz salqin bo‘lishi kerak. Issiq havoda tez uxlab qolasiz.
  4.  Kitobni o‘qib tugatishingiz zarur bo‘lsa, o‘qishga kirishishdan oldin, tetiklashishga harakat qiling. Badantarbiya mashqlarini bajaring, qahva iching, sovuq dush qabul qiling va hokazo.
  5.  Tanaffuslar qiling, “porsiyalar” bilan o‘qing. Bir soatdan ortiq davomiy kitob o‘qimang. Turing va biroz qadam bosing – qoningiz yurishib, tetiklashasiz.
  6.  Oldingizda suv, sharbat solingan stakan yoki bir piyola choy bo‘lsin.
  7.  Faol o‘qing – iqtiboslarni belgilang, qaydlar qiling. Elektron kitobda ham iqtiboslarni belgilash diqqatingiz konsentratsiyasi uzoq vaqt saqlanishiga yordam beradi. Tana faol bo‘lsa (sahifalarga stikerlar yopishtirish, qalam ushlash, fikrlarni yozib qo‘yishda), miya ham faollikni saqlaydi.
  8.  Kitob o‘qish vaqtingizni o‘zgartiring. Agar har doim kechqurun uyqudan oldin kitob o‘qisangiz kitob va uyquni bog‘lovchi shartli refleks hosil bo‘ladi. Kunduzi o‘qishni sinab ko‘ring.
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: