Bolalar yaratgan eng katta ixtirolar

Bolalar yaratgan eng katta ixtirolar
Telegramda o'qish

Turmush tarzini osonlashtirish, insonga maksimal qulaylik yaratish maqsadida ko‘plab ixtirolar qilingan.

Ularning orasida shunday jiddiy ixtirolar ham borki, tarixiga nazar solsangiz, muallifi kichik yoshdagi bolalar bo‘lib chiqadi.

Psixologlar fikricha, tashqi ta’sirlar natijasida tasavvurning hali cheklanmagani, turli qonuniyatlarga bo‘ysunuvchanlikning yo‘qligi bolalarning ajoyib ixtirolar qilish ehtimolini oshiradi.

Brayl alifbosi

Ko‘zi ojiz insonlarga qo‘l sezgisi orqali o‘qish imkonini beruvchi nuqtali yozuv – Brayl alifbosi ko‘pchilikka ma’lum. Alifbo 1824 yilda oddiy fransuz etikdo‘zining o‘g‘li Lui Brayl tomonidan ixtiro qilingan.

Lui 3 yoshligida otasining ustaxonasida o‘ralashib yurganda ko‘zi jarohatlanadi va ko‘z nurini yo‘qotadi. 15 yoshiga kelib bola ko‘zi ojizlarga yozish va o‘qish imkonini beruvchi nuqtali alifboni ishlab chiqadi.

Uning bu ixtirosi millionlab odamlarga imkoniyati cheklanganiga qaramay, ta’lim olish imkonini yaratdi.

Oromkursi

Benjamin Franklinni ko‘pchilik amerikalik siyosatchi sifatida taniydi, ammo u ko‘plab ixtirolar muallifi hamdir. Ulardan biri– oromkursi.

Albatta, odamlar bunga qadar ham oromkursidan foydalangani haqida ma’lumotlar bor. Biroq 15 yoshida o‘rindiqning oyoqlariga yog‘ochning qayrilma shakldagi bo‘lagini tirkash orqali oromkursi yasagan Franklinning tavallud sanasi – 17 yanvar xalqaro ixtirochi bolalar kuni deb belgilangan.

Suzish kurakoyoqlari

Bolaligidanoq zukkoligi bilan tengdoshlaridan ajralib turgan Benjamin aslida ixtirochilikni ancha avval boshlab qo‘ygan edi. 12 yoshida u plyajda baliq qanotchalarini eslatuvchi ikki matoh bilan paydo bo‘ladi: u oyoqlariga rezina «qanotchalar» taqib olgan edi.

Tengqurlarining mazaxlariga e’tibor bermagan Benjamin o‘sha kuni suzish bo‘yicha hammadan zo‘r natijani ko‘rsatadi. Baliqlarning qanotchalar yordamida tez suzishini kuzatib, nega odamda ham shunaqa bo‘lishi mumkin emas, degan savolni o‘ziga berish orqali u suzish uchun mo‘ljallangan rezina qanotlarni (last) ixtiro qildi.

Xushta’m desert mevali muz

Ko‘pchilikning sevimli shirinligi bo‘lgan mevali muz ham 11 yoshli bolakay tomonidan ixtiro qilingan. Amerikalik Frenk Epperson qish kunlarining birida hovlida limonad quyilgan stakanini unutib qoldiradi. Kechki izg‘irindan so‘ng, tong otgach muzlab qolgan limonadli stakanni topib oladi. Uni asliga qaytarish harakatida limonad qotib, yopishib qolgan qoshiqni yalab ko‘radi va bu ta’m unga juda ma’qul keladi.

Qizig‘i, bunday shirinlik ancha payt Eppersonning kichik siri bo‘lib qoldi, u faqatgina o‘ziga tez-tez «muzlatilgan limonad» tayyorlab turardi. 18 yildan keyingina bu xushta’m desert retseptini boshqalar bilan baham ko‘rish fikri paydo bo‘ladi va o‘z retsepti uchun patent oladi.

Batut

1930 yilda 16 yoshli gimnastikachi Jon Nissen Ayova shtatida o‘zining sodda, ammo xush kayfiyat bag‘ishlovchi ixtirosini amalga oshirdi. Temir karkasga tarang brezent bo‘lagini qopladi – qarabsizki, batut tayyor.

Dastlab bu moslama dam olish, bolalar o‘ynashi uchun oromgohlarda o‘rnatildi, keyinchalik sport maqsadlarida ham keng qo‘llanila boshlandi.

Yuqoridagilar – nisbatan avvalroq qilingan va ommalashishga ulgurgan ixtirolar. Yaqin yillarda o‘tkazib kelinayotgan turli tanlovlarda taqdim etilgan qator ham loyihalar borki, ular bir qarashda o‘ta sodda va bolalarcha fantaziyaga asoslangandek ko‘rinadi. Kim biladi, balki ular ham kuni kelib, turmushimizning ajralmas qismiga aylanar?

Sanchqisovitkich

Olti yoshli qizaloq Ameliya Liddl qaynoq ovqatdan bir necha marta kuygan bo‘lsa kerak. U «Sanchqi/qoshiq  va fenni birlashtirsak, ovqatni tezda kerakli haroratga tushirib beruvchi moslama paydo bo‘ladi», deydi maktabida o‘tkazilgan «Jajji ixtirochilar» tanlovida.

Xazontutkich

14 yoshli Elsi Ronald xazonrezgi davrida ko‘chalarning ifloslanishiga qarshi yechim topdi.

«Men xazonlarni oson teruvchi moslamani yaratdim. U juda ham oddiy va kamxarj, har bir daraxtga o‘rnatsa bo‘ladi. Moslama shoxlardan tushayotgan qurigan barglarni tutib qoladi. Ularni jamlab, tegishli joyga tashlash osonlashadi», deya izohlaydi u o‘z ixtirosini.

Liftolyator

Sharlotta Skot 11 yoshida odamlarni turli tabiiy ofatlar, urushlardan himoyalash haqida qayg‘urdi.

«Yer yuzida qandaydir xavf paydo bo‘lganda, uyingiz poydevoriga o‘rnatilgan liftolyatordan foydalanishingiz mumkin. Birgina richagni tushirsangiz kifoya: liftolyator uyni hech qanday shikast yetkazmasdan xavfsiz balandlikka ko‘taradi. Uy o‘qo‘tmas qoplama bilan o‘rab olinadi», deydi u.

Manba: Kun.uz


Сделано множество изобретений для упрощения образа жизни, создания максимального комфорта для человека.
Среди них есть такие серьезные выдумки, что если посмотреть на историю, то автор оказывается малолетним ребенком.
По мнению психологов, тот факт, что воображение еще не ограничено в результате внешних воздействий, неподчинение различным законам, увеличивает вероятность того, что дети будут делать великие изобретения.
алфавит Брайля

Алфавит Брайля, знак препинания, позволяющий слепым читать от руки, хорошо известен. Алфавит был изобретен в 1824 году Луи Брайлем, сыном обычного французского сапожника.
Когда Луи было 3 года, он получил травму во время прогулки по мастерской своего отца и потерял зрение. К 15 годам у ребенка формируется точечный алфавит, позволяющий слепым читать и писать.
Его изобретение позволило миллионам людей получить образование, несмотря на их инвалидность.
Оромкурси

Бенджамин Франклин известен многим как американский политик, но он также является автором многих изобретений. Одним из них является кресло для отдыха.
Конечно, есть сообщения о том, что люди использовали кресло для отдыха раньше. Однако день рождения Франклина, который в возрасте 15 лет сделал стул, прикрепив изогнутый кусок дерева к ножкам стула, отмечается как 17 января, Международный день изобретателя и ребенка.
Бассейны

Бенджамин, который в детстве отличался от сверстников своей изобретательностью, на самом деле давно начал изобретать. В 12 лет он появился на пляже с двумя тряпками, напоминающими рыбьи крылья: на ногах у него были резиновые «крылышки».
Не обращая внимания на насмешки сверстников, Бенджамин показал в тот день лучший результат в плавании. Наблюдая за быстрым плаванием рыб с помощью крыльев, и задаваясь вопросом, почему этого не может быть у людей, он изобрел резиновые крылья (последние), предназначенные для плавания.
Вкусный десерт — фруктовое мороженое

Фруктовый лед, который является любимым десертом многих, тоже придумал 11-летний мальчик. Зимним днем американец Фрэнк Эпперсон забывает стакан лимонада во дворе. После вечернего сна утром он находит стакан замороженного лимонада. В попытках вернуть его в исходное состояние лимонад твердеет и слизывает липкую палочку, и этот вкус ему очень приятен.
Интересно, что такой десерт долгое время был маленьким секретом Эпперсона, который лишь изредка готовил себе «замороженный лимонад». Только спустя 18 лет возникает идея поделиться рецептом вкуснейшего десерта с другими и получить патент на собственный рецепт.
Батут

В 1930 году 16-летний гимнаст Джон Ниссен реализовал свое простое, но воодушевляющее изобретение в Айове. Железный каркас накрыл куском брезента — видите, батут готов.
Изначально это устройство устанавливалось на рекреационных, детских площадках, позже стало широко использоваться и в спортивных целях.
Вышеперечисленное относится к относительно недавним изобретениям и изобретениям. Также есть ряд проектов, представленных на различных конкурсах, которые пройдут в ближайшие годы, которые на первый взгляд кажутся очень простыми и основанными на детских фантазиях. Кто знает, может, они тоже когда-нибудь станут неотъемлемой частью нашей жизни?
Санчкисовиткич

Шестилетняя Амелия Лиддл, должно быть, несколько раз обожглась горячей едой. «Когда мы объединяем вилку/ложку и фен, мы получаем устройство, которое быстро понижает температуру пищи до нужной температуры», — сказал он на конкурсе «Маленькие изобретатели», проходившем в его школе.
казначей

14-летняя Элси Рональд нашла решение проблемы загрязнения улиц во время казни.
«Я создал устройство, позволяющее легко подбирать хазоны. Это очень просто и недорого, можно установить на любое дерево. Устройство улавливает падающие с веток засохшие листья. Их будет проще собрать и бросить в нужное место», — объясняет он свое изобретение.
Лифт

В возрасте 11 лет Шарлотта Скотт позаботилась о защите людей от различных стихийных бедствий и войн.
«Когда на земле есть какая-то опасность, вы можете воспользоваться лифтом, установленным на фундаменте вашего дома. Все, что вам нужно сделать, это опустить рычаг: лифт поднимет дом на безопасную высоту, не причинив никакого ущерба. Дом будет накрыт огнеупорным покрытием», — сказал он.
Источник: Кун.uz

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: