Muallim albatta gazeta o‘qishi lozim

Muallim albatta gazeta o‘qishi lozim

Prezidentimiz o‘tgan yil 30 sentyabrda O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda: “Ayting-chi, o‘qituvchi o‘z ustida ishlashi, bilim va mahoratini oshirishi uchun qo‘shimcha metodik yordamni qayerdan oladi? Albatta, shu sohaga oid kitob va qo‘llanmalardan, maxsus pedagogik nashrlardan oladi.

Afsuski, biz keyingi yillarda “majburiy obuna” bahonasida ixtiyoriy obunani ham yo‘q qildik. Buning natijasida maktab va oliygohlarning o‘qituvchi va domlalari o‘zlari uchun zarur bo‘lgan gazeta va jurnallardan ajralib qoldi. Shunday ayanchli holga keldikki, hatto ayrim rahbarlar gazeta o‘qimasligi bilan maqtanadigan bo‘ldi.
O‘zingiz bilasiz, dunyoda kompyuter texnologiyalari eng rivojlangan davlatlardan biri — bu Yaponiyadir. Lekin ushbu mamlakatda kuniga 3-4 million nusxada nashr etiladigan gazetalar borligiga nima deysiz? Aytmoqchimanki, hayotimizda radio-televideniye, internet bilan birga bosma nashrlarning ham o‘z o‘rni bor.
Bugungi kunda bosma nashrlarni ta’lim muassasalariga, o‘qituvchi-professorlarga yetkazib berish ham jiddiy muammoga aylangan. Chunki bu borada matbuot tarqatish va pochta tizimining faoliyati mutlaqo talabga javob bermaydi”, degan edi.
Davlatimiz rahbarining ushbu gaplaridan xulosa qildimki, birinchi navbatda, mamlakatimiz ta’lim tizimining bosh nashri — “Ma’rifat” gazetasi materiallari maktablarda o‘qituvchilar tomonidan mutolaa qilinib, nashr pedagoglarning bahs-munozara minbariga aylanishi lozim.
Ijodiy qobiliyatini yanada rivojlantirish maqsadida maktab o‘quvchilarining o‘qigan asarlari haqidagi fikr-mulohazalari, yozgan insholarini “Tong yulduzi”, “G‘uncha”, “Gulxan” kabi nashrlarda chop etilishini ta’minlash kerak.
O‘quvchi va o‘qituvchilarning kitobxonligini yanada oshirish maqsadida har ikki hafta yakunida natijalar o‘rganilib, ilg‘or o‘quvchilarning natijasi (o‘qigan asarlari haqida yozgan maqolalari yoki insholari) keng ommaga tanishtirib borilishi, matbuotda yoritilishi lozim. Buning natijasida, o‘qishga qiziqmaydigan o‘quvchilarda qiziqish oshadi, intellekti rivojlanadi.
O‘qituvchi ish jarayonida ta’lim nashrlaridan olgan xulosalaridan amalda samarali foydalanishi samarasida ko‘rsatgichga erishgach, orttirgan tajribasini, o‘quvchilardagi ijobiy o‘zgarishlarni “Ustoz-shogird” an’anasining davomi sifatida ta’lim nashrlarida yoritib borish ham mumkin.
Joylarda, ayniqsa tuman markazidan olisdagi aksariyat mahallalarda kutubxona yo‘qligi sababli maktab qoshidagi kutubxonalarga «Oila, mahalla va maktab” konsepsiyasi doirasida hududdagi tadbirkorlarni, nuroniy otaxonu onaxonlarni, faxriy o‘qituvchilarni, maktabning sobiq bitiruvchilarini, shu hududdan saylangan deputatlarni taklif qilib, «kitobsevarlar klubi» tashkil etish, kitob aksiyalarini o‘tkazish orqali homiylik yordami sifatida kutubxonalarda badiiy, ilmiy, fan-texnika, san’at va boshqa yo‘nalishlarda kitoblarni yig‘ish va aholini kitobxonlikka  jalb qilish mumkin.
Aziza BOYMURODOVA.

Manba: Zarnews.uz


На праздновании Дня учителя и тренера 30 сентября прошлого года Президент сказал: «Скажите, где учитель может получить дополнительную методическую помощь для совершенствования своих знаний, умений и навыков? Конечно же, из книг и пособий в этой области, специальных педагогических изданий.

К сожалению, в последние годы мы также ликвидировали добровольную подписку под предлогом «обязательная подписка». В результате учителя школ и вузов лишаются необходимых им газет и журналов. Это стало настолько трагичным, что некоторые лидеры даже хвастались тем, что не читают газету.
Как известно, одной из самых развитых стран мира в области компьютерных технологий является Япония. А как быть с тем, что в этой стране 3-4 миллиона ежедневных газет? Я имею в виду, что наряду с радио, телевидением и Интернетом печатные СМИ занимают место в нашей жизни.
Сегодня доставка печатной продукции в учебные заведения и учителям также является серьезной проблемой. «Потому что распространение прессы и работа почтовой системы совершенно не соответствуют требованиям».
Из этих слов главы нашего государства я сделал вывод, что в первую очередь материалы главного издания системы образования страны – «Ма’рифат» должны быть прочитаны учителями в школах, а издание должно стать площадка для обсуждения учителей.
В целях дальнейшего развития их творческих способностей необходимо обеспечить публикацию отзывов школьников о своих произведениях и сочинениях в таких изданиях, как «Звезда зари», «Гунча», «Гюльхан».
В целях дальнейшего повышения читабельности учащихся и преподавателей результаты следует изучать каждые две недели, а результаты продвинутых учащихся (статьи или рефераты о прочитанных ими произведениях) представлять широкой публике и публиковать в печати. В результате учащиеся, которые не заинтересованы в чтении, становятся более заинтересованными и развивают свой интеллект.
В результате эффективного использования учителем выводов учебных изданий на практике полученный опыт и положительные изменения у учащихся могут быть освещены в учебных изданиях как продолжение традиции «Учитель-ученик».
В связи с отсутствием библиотек во многих местах, особенно в махаллях, удаленных от районного центра, в рамках концепции «Семья, район и школа» в школьные библиотеки приглашены предприниматели, просвещенные родители, заслуженные учителя, бывшие выпускники школ. , избранных депутатов от района.Возможна организация клуба, сбор книг в библиотеках по направлениям искусства, науки, техники, искусства и другим направлениям в качестве спонсорской помощи через книжные акции и привлечение населения к чтению.
Азиза БОЙМУРОДОВА.

Источник: Zarnews.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: