O‘quvchini darsdan chiqarib yuborish mumkinmi?

O‘quvchini darsdan chiqarib yuborish mumkinmi?

⚡️Darsga xalaqit berayotgan, yoki formasiz kelgan o‘quvchini sinfxonadan chiqarib yuborish mumkinmi?

Savol: Assalomu alaykum. Bizni maktabimizda to‘rt nafar 10 sinf o‘quvchilari maktabga formasiz kelyapti, ular o‘quv-qurollarini ham olib kelmaydi, ba’zida esa darslarga ham kech qolib kelishadi. O‘zim tarix fani o‘qituvchisiman va shu sinfga rahbarlik ham qilaman. Ayol kishi bo‘lganim uchun ayrim o‘quvchilarim menga bo‘ysunishmayapti. Yaqinda ularni darsdan chiqarib yuborgandim, direktorimizdan gap eshitdim. Saolim shundan iboratki, maktab tartib qoidalariga bo‘ysinmaydigan o‘quvchilarni darsdan chiqarib yuborishga haqqim bormi?

Javob: O‘quvchilarni darslarga kechikkani yoki maktab formasining yo‘qligi uchun darsdan chiqarib bo‘lmaydi. O‘quv rejasiga kirmasa, ularni boshqa ishlar uchun darsdan qoldirib ham bo‘lmaydi. Maktabga kelgan o‘quvchini dars vaqtida qarovsiz qoldirib, ularni kechikkani, o‘quv qurollarining yo‘qligi yoki maktab formasining yo‘qligi uchun darsdan haydab chiqarib yuborish haqida me’yoriy hujjatlarda qayd etilmagan.

Darsga kechikish, o‘quvchilar tomonidan o‘quv-qurollarini olib kelinmasligi yoki maktab formasining yo‘qligi o‘quvchini darsga kiritilmasligiga asos bo‘lmaydi. Ta’lim muassalaridagi o‘quv jarayoni «qonuniylik, demokratik, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik va hurmat» prinsiplariga asoslanishi kerak.

Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 28 may kungi 131-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari”ga ko‘ra, o‘qituvchilar jamoa a’zolari va boshqalaring shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitishi, o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlaridan asossiz chiqarib yuborish yoki kiritmasligi hamda “Chiqish” qo‘ng‘irog‘i chalingandan keyin o‘quvchilarni sinfxonada ushlab o‘tirishi mumkin emas.

❗️Ho‘sh unda maktab ichiki tartib qoidalariga bo‘ysunmagan o‘quvchilarga qanday chora ko‘riladi?

O‘quvchilar ichki tartib va odob-axloq qoidalarini buzganida ularning qog‘oz yoki elektron kundaligiga tanbeh yozish, qoida buzilish holatlari takroran kuzatilganda esa o‘quvchini maktab ichki nazorat ro‘yxatiga olish va yakka tartibda shug‘ullanish, bu ham foyda bermasa qoida buzgan o‘quvchinini boshqa sinfga o‘tkazish, sinf jamoasi orasida muhokama qilish, ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ni maktabga taklif qilish, “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi jamoat kengashi doirasida muhokama qilish mumkin.

Mazkur qoidalarga rioya etmaganlik holatlari ta’lim muassasasidagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotlari va maktabning kuzatuv kengashlarida ham muhokama qilinishi mumkin.

Mavzuga doir:
O‘quvchi ichki nazoratga olinsa sinf rahbari nima qilishi kerak?

O‘qituvchi o‘quvchi bilan muammoli vaziyatda nima qilishi kerak?

Faqat pedagoglarga emas o‘quvchilarga ham yuqori talablar qo‘yishimiz kerak


⚡️Можно ли отчислить ученика, сорвавшего урок или пришедшего без формы из класса?

Вопрос: Здравствуйте. В нашей школе четверо десятиклассников приходят в школу без формы, даже школьных принадлежностей не берут, а иногда и опаздывают на занятия. Я учитель истории, и я также веду этот класс. Поскольку я женщина, некоторые мои ученики меня не слушаются. Недавно я выгнал их из класса, я слышал от нашего директора. У меня вопрос, имею ли я право отчислять учеников, которые не подчиняются правилам школы?

Ответ: Студенты не могут быть отчислены за опоздание на занятия или отсутствие школьной формы. Если это не включено в учебную программу, их нельзя оставлять вне занятий для другой работы. В нормативных документах не упоминается оставление учащегося в школе без присмотра во время занятий и отчисление его с занятий за опоздание, без школьных принадлежностей, без школьной формы.

Опоздание на урок, отсутствие школьных принадлежностей или отсутствие школьной формы не являются основанием для исключения учащегося из класса. Образовательный процесс в образовательных учреждениях должен строиться на принципах «законности, демократии, недискриминации и уважения».

Согласно приказу Министерства народного просвещения № 131 от 28 мая 2020 года «Правила внутреннего распорядка и этики общеобразовательных учреждений общего образования» преподаватели не должны разглашать личности членов коллектива и др., а также не допускается унижать, исключать или исключать учеников из занятий без причины и оставлять учеников в классе после звонка «Выход».

❗️Итак, какие меры будут приняты к ученикам, не подчиняющимся правилам внутреннего распорядка школы?

При нарушении учащимися правил внутреннего распорядка и этикета, написании выговора в бумажном или электронном дневнике возможен перевод учащегося в другой класс, обсуждение в коллективе класса, приглашение его родителей (лиц, их заменяющих) в школу, обсудить его в рамках общественного совета сотрудничества «Семья-соседство-образовательное учреждение».

Случаи несоблюдения этих правил могут обсуждаться в Союзе молодежи Узбекистана и Первичных женских организациях в образовательном учреждении, а также в наблюдательных советах школы.

Предмет:
Что делать классному руководителю, если ученик находится на внутреннем контроле?

Что делать учителю в проблемной ситуации с учеником?

Мы должны установить высокие стандарты не только для педагогов, но и для студентов

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: