Saʼdulla Siyoev haqida ma’lumot

Saʼdulla Siyoev haqida ma’lumot

Saʼdulla Siyoev hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol, batafsil ma’lumotlar

Saʼdulla Siyoev 1939 yil 25 martda Qozogʻistonning Turkiston shahri yaqinidagi Qarnoq qishlogʻida dehqon oilasida tugʻildi. Toshkent davlat universitetida oʻqidi (1957–1962). Dastlab “Yoshlik” radiosida, keyinchalik “Mushtum” jurnalida ishladi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Adabiyot jamgʻarmasiga rahbarlik qildi.
Saʼdulla Siyoev dastlabki sheʼr va hikoyalari bilan oʻtgan asrning elliginchi yillari ikkinchi yarmidan koʻrina boshladi.
1970 yilda “Qasam ichmagan yigit” nomli birinchi hikoyalar toʻplami chop etildi. Shundan soʻng “Sadagʻang ketay” (1972), “Toʻylar muborak” (1975), “Oy borib, omon keling” (1976), “Ogʻir vaznli janjalkash”, “Erkaklar uchun ertaklar”, “Yorugʻlik” (1986), “Avaz” (1987), “Beparvo boʻlmoqchiman” (1990) kabi roman, qissa, hikoyalar kitoblari bosilib chiqdi.
Mustaqillik yillarida Saʼdulla Siyoev yanada samarali ijod qilib, “Yassaviyning soʻnggi safari” (1993), “Haqiqat yoʻli” (1997) nomli ikki kitobdan iborat tarixiy roman, yana “Mening xoʻroz quvganim” (hikoyalar, hajviyalar, badialar, 2007), “Yolgʻonchining rost soʻzi” (hikoyalar, xotiralar, 2010) kabi kitoblar yaratdi. L. Tolstoy, M. Zoshchenko, L. Lench, A. Arkanov, G. Gorin kabi rus yozuvchilarining hikoyalarini ona tilimizga oʻgirdi. Oʻzining ham bir qator asarlari rus, qozoq, qirgʻiz, tojik, turk va boshqa xalqlar tillariga tarjima qilindi.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Жизнь, творчество, творчество, биография, подробная информация о Садулле Сиёеве

Садулла Сияев родился 25 марта 1939 года в селе Карнок под Туркестаном, Казахстан, в крестьянской семье. Учился в Ташкентском государственном университете (1957–1962). Сначала работал на радио «Ёшлик», затем в журнале «Муштум», возглавлял Литературный фонд Союза писателей Узбекистана.
Первые стихи и рассказы Садуллы Сиёева стали появляться во второй половине 1950-х годов.
В 1970 году вышел первый сборник рассказов «Молодой человек, не давший клятвы». После этого он написал «Садаган кетай» (1972), «Тойлар муборак» (1975), «Ой барип, омон келин» (1976), «Скандал в тяжелом весе», «Сказки для мужчин», «Свет» (1986). ), «Голос» (1987) и «Хочу быть беспечным» (1990).
За годы независимости Садулла Сияев создал более эффектное произведение, исторический роман, состоящий из двух книг: «Последнее путешествие Яссави» (1993 г.), «Путь истины» (1997 г.), «Моя погоня за петухом». (рассказы, комедии, художественная литература, 2007 г.), «Лжец «Слово правды» (рассказы, воспоминания, 2010 г.). Он переводил на наш родной язык рассказы таких русских писателей, как Л. Толстой, М. Зощенко, Л. Ленч, А. Арканов, Г. Горин. Ряд его произведений переведен на русский, казахский, кыргызский, таджикский, турецкий и другие языки.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: