MAKTABLARDA YANGI TASHKIL ETILATIGAN LAVOZIMGA KIMLAR TAYINLANADI?

MAKTABLARDA YANGI TASHKIL ETILATIGAN LAVOZIMGA KIMLAR TAYINLANADI?
Telegram kanal подписаться

2021 yil 1 yanvardan boshlab har bir umumta’lim muassasasida “Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi” lavozimi joriy etiladi.

❗️Bu lavozimda ishlash uchun yosh chegarasi bormi?
Yo‘q. Bu lavozimda ishlash uchun hech qanday yosh chegarasi qo‘yilmagan.

❗️Yoshlar yetakchisi o‘z lavozimi bilan birga bu lavozimda ham ishlashi mumkinmi?
Yo‘q. Yoshlar yetakchilariga bir vaqtning o‘zida mazkur lavozimda ishlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

❗️Yangi lavozimda maktab o‘qituvchilari yoki OTM bitiruvchilari ishlashi mumkinmi?
Yo‘q. Mazkur lavozimda bitiruvchi talabalar va maktab o‘qituvchilari ishlolmaydi. (OTM o‘qituvchilari, shoir, yozuvchi, jurnalist va ijodkorlar bundan mustasno.)

❗️Bu lavozimga kimlar tayinlanishi mumkin?
Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimiga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tavsiya etilgan taniqli shoir, yozuvchi, jurnalist va ijodkorlar yoki oliy ta’lim muassasalarining ijtimoiy gumanitar kafedralari professor va o‘qituvchilari tayinlanadi.

❗️Ular maktabda nima ish bilan shug‘illanadi?
Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilarga yosh avlodni ma’nan barkamol etib tarbiyalash, maktab o‘qituvchilari va faol o‘quvchilarining ijodiy ishlarini keng jamoatchilikka yetkazishga ko‘maklashish, turli xildagi viktorinalar, mushoiralar, adabiy kechalar, qiziqarli darslar, kitobxonlik va she’rxonlik musobaqalarini tashkil etish vazifalari yuklanadi.

❗️Yangi lavozimga tayinlangan xodim qancha maosh oladi?
Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimining bazaviy tarif stavkasi miqdori yoshlar yetakchisi bazaviy tarif stavkasiga tenglashtirilgan bo‘lib, ular 1 mln 900 ming 363 so‘m miqdorda oylik maosh oladi. Bu lavozimga oliy ta’lim muassasalarining ijtimoiy gumanitar kafedralari professor va o‘qituvchilari jalb qilingan taqdirda, ularga — mazkur oliy ta’lim muassasalarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan haq to‘lanadi.

Muallif: Ulug‘bek Po‘latov

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: