Attestatsiyadan o‘tolmagan o‘qituvchiga dars beriladimi?

Attestatsiyadan o‘tolmagan o‘qituvchiga dars beriladimi

Savol: Men maktab direktoriman. O‘tgan safargi majburiy attestatsiyadan ikki nafar o‘qituvchimiz o‘tolmagandi. Endi XTB mudiri attestatsiyadan o‘tmagan xodimlar bilan mehnat shartnomasini bekor qilasizlar, ularga bu yil dars bermaysizlar deb buyruq berdi. O‘qituvchilarga shu haqda aytsam bizni shundoq bo‘shatib yuborishga haqqingiz yo‘q, bir martta imkon bering, bu yil attestatsiyadan o‘tib ishonchingizni oqlaymiz deyishyapti. Bu holatda qanday yo‘l tutishim kerak?

Savolga Ulug’bek Po’latov javob berdi:
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan «Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizomda pedagog xodimlar har besh yilda bir marta navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazilishi lozimligi hamda mutaxassis yoki oliy ma’lumotli o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr 55 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tmagan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas deb hsoblanishi belgilangan.

Yuqorida kayd etilgan Nizomning 44-bandiga muvofik, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimidagi pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan taqdirda, maktab direktori xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini Mehnat kodeksi 100-moddasi ikkinchi qismi 2-bandi bilan (malakasi yetarli bo‘lmagani uchun) bekor qilish hukukiga ega.

Ammo ko‘rib turganingizdek, navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan o‘qituvchilar bilan mexnat shartnomasini bekor qilish ish beruvchilarning majburiyati emas, balki huquqi hisoblanadi. Ya’ni bu masalani faqat maktab direktorining o‘zi hal qiladi. Ish beruvchi u huquqdan istasa foydalanadi, isamasa yo‘q. Bunda uchinchi shaxslarning aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.

Attestatsiyadan o‘tmagan xodimga dars berish yoki bermaslik masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu borada faqatgina «Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida» nizom talablariga amal qilinadi.

Avval ushbu nizomda belgilab berilgan ustuvor ketma-ketlik bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan pedagog xodimlarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanadi. Ana undan so‘ng, ortib qolgan dars soatlari attestatsiyadan o‘tolmagan (toifasiz) xodimlar o‘rtasida teng taqsimlanishi mumkin.

Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, attestatsiyadan o‘tolmagan pedagog xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish yoki qilmaslik maktab direktorining ixtiyorida.


Вопрос: Я директор школы. Двое наших преподавателей не прошли обязательную аттестацию в прошлый раз. Теперь глава Минобрнауки распорядился расторгнуть трудовой договор с работниками, не прошедшими аттестацию, и не обучать их в этом году. Когда я говорю об этом учителям, они говорят, что вы не имеете права нас сразу уволить, дайте нам шанс, мы оправдаем ваше доверие после прохождения аттестации в этом году. Что мне делать в этом случае?

Улугбек Полатов ответил на вопрос:
Известно, что Порядок аттестации педагогических кадров дошкольных, общеобразовательных, средних специальных, профессиональных и внешкольных образовательных организаций, утвержденный постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан от 17 сентября 2021 года № 572 в положение о» гласит, что педагогические кадры должны проходить обязательную аттестацию каждые пять лет, а если педагогический работник на должности специалиста или педагог с высшим образованием имеет менее 55 баллов, не прошел аттестацию, специалист (высшее -педагог с образованием) считается не подходящим для данной должности.

В соответствии со статьей 44 указанного Положения в случае непрохождения педагогами на должности специалиста (педагога с высшим образованием) очередной обязательной аттестации директор школы вправе расторгнуть трудовой договор, заключенный с работником, в связи с при недостаточной квалификации работника в соответствии со статьей 100 ТК РФ часть вторая имеет право отменить с пунктом 2 (в связи с недостаточной квалификацией).

Но, как видите, это не обязанность, а право работодателей расторгнуть трудовой договор с педагогами, не прошедшими очередную обязательную аттестацию. То есть этот вопрос будет решать только директор школы. Работодатель может воспользоваться правом, если хочет, но не если хочет. Вмешательство третьих лиц не допускается.

Что касается того, обучать или не обучать работника, не прошедшего аттестацию, то в этом отношении соблюдаются только требования положения «О порядке завершения занятий в общеобразовательных учреждениях и формирования тарифных списков».

Во-первых, в порядке очередности, указанной в настоящем положении, определяется максимальное количество учебных часов для педагогического коллектива с наивысшим показателем. После этого оставшиеся учебные часы могут быть разделены поровну между несертифицированными (некатегоризированными) работниками.

В заключение, расторжение трудового договора с педагогическими работниками, не прошедшими аттестацию, по усмотрению директора школы.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: