Xalq ta’limi vaziri lavozimida kimlar va qaysi soha vakillari ishlagan?

Xalq ta’limi vaziri lavozimida kimlar va qaysi soha vakillari ishlagan?

Ko‘pchilik mustaqillik yillaridan buyon Xalq ta’limi vaziri lavozimida kimlar ishlagani va ularning aslida qaysi soha egasi bo‘lganligiga qiziqishadi. Shu sababli biz vazir lavozimida ishlagan shaxslar haqida ayrim ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etishni lozim topdik.

1-vazir – Jo‘ra Yo‘ldoshev pedagogika fanlari doktori, professor. (boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar topilmadi)

2-vazir – Risoboy Jo‘rayev 1968 yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan. 2000 yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosarligidan Xalq ta’limi vaziri lavozimiga o‘tkazilgan.

3-vazir – Turopjon Jo‘rayev 1990 yilda (Toshkent xalq xo‘jaligi instituti) hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Asli kasbi iqtisodchi. 2004 yilda Moliya vaziri o‘rinbosarligidan Xalq ta’limi vaziri lavozimiga o‘tkazilgan.

4-vazir – G‘ayrat Shoumarov 1973 yilda Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan. Psixologiya fanlari doktori ilmiy darajasiga ega. Asli kasbi o‘qituvchi. 2008 yilda O‘zbekiston davlat jaxon tillari universiteti rektorligidan  Xalq ta’limi vaziri lavozimiga o‘tkazilgan.

5-vazir – Avazjon Marahimov 1983 yilda Toshkent politexnika institutini amaliy matematika ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan. Texnika fanlari doktori, professor. 2010 yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosarligidan Xalq ta’limi vaziri lavozimiga o‘tkazilgan.

6-vazir – Temur Shirinov Termiz davlat pedagogika institutini tamomlagan. Asli kasbi tarix va geografiya fani o‘qituvchisi. 2011 yilda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti rektorligidan Xalq ta’limi vaziri lavozimiga o‘tkazilgan.

7-vazir – Ulug‘bek Inoyatov 1985 yilda Toshkent politexnika institutini, 1998 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Asli kasbi iqtisodchi. 2013 yilda Toshkent davlat pedagogika universiteti rektorligidan Xalq ta’limi vaziri lavozimiga o‘tkazilgan.

8-vazir – Sherzod Shermatov 1998 yilda Toshkent davlat texnika universitetini, 2000 yilda AQSHning «Yel universiteti»ni tamomlagan. 2018 yilda «IT» va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosarligidan Xalq ta’limi vaziri lavozimiga o‘tkazilgan.

9-vazir – Baxtiyor Saidov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini 2002 yilda bakalavriyat, 2004 yilda magistratura bosqichlarini tamomlagan. Asli kasbi iqtisodchi. 2021 yilda Xitoy Xalq Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimidan Xalq ta’limi vaziri lavozimiga o‘tkazilgan.

10-amaldagi vazir – Umarova Xilola Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi — tashqi iqtisodiy faoliyat. 2022 yilda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori lavozimidan Xalq ta’limi vaziri lavozimiga o‘tkazilgan.

❕Eslatib o‘tamiz, hozirda Xalq ta’limi vazirligi nomi Maktabgacha va maktab vazirligiga o‘zgartirilgan.

Xalq ta’limi Info

Mavzuga doir:
Barcha xalq ta’limi vazirlari — bitta suratda

Shavkat Mirziyoyev Xalq ta’limi bo‘yicha yig‘ilishda aytgan so‘zlari

Xalq ta’limi vazirining Prezident murojaatnomasiga munosabati

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: