Maktablarda yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatuvchi alohida sinf xonalar tashkil etiladi

Maktablarda yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatuvchi alohida sinf xonalar tashkil etiladi

2023 yildan boshlab umumta’lim maktablarida «Yo‘l harakati xavfsizligi xonasi» va «Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatuvchi maydon»lar tashkil etiladi. Bu haqda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Xalq ta’limi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti va Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hamkorligida institutda malaka oshirayotgan maktab direktorlari uchun seminar tashkil etilgan.

Seminarda «Xavfsiz va ravon yo‘l» umummilliy dasturi asosida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yangi qaror mazmun mohiyati tushuntirilgan.

Shuningdek tadbirda, 2023 yildan boshlab umumta’lim maktablarida joriy etilishi mo‘ljallanayotgan «Yo‘l harakati xavfsizligi xonasi» va «Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatuvchi maydon» eskiz loyihalari ham namoyish etilgan.

Mazkur loyihalarda maktab o‘quvchilarida yoshlikdan yo‘l harakati ko‘nikmalarini shakllantirish va bu orqali turli noxush holatlarning oldini olish ko‘zda tutilgan.

Mavzuga doir:
O‘quvchilar uchun maktab avtobuslari yo‘lga qo‘yiladimi?

Turli davlatlarning g‘aroyib xilma-xil yo‘l qoidalari

Maktablar uchun innovatsion loyihalar. Dunyoning turli davlatlaridan ajoyib g‘oyalar


С 2023 года в общеобразовательных школах будут созданы «Комната безопасности дорожного движения» и «Учебная зона по правилам дорожного движения». Об этом сообщает Национальный исследовательский институт имени А. Авлони.

Согласно сообщению, для директоров школ, повышающих свою квалификацию в институте, в сотрудничестве с Национальным исследовательским институтом имени А. Авлони Министерства народного образования и Службой безопасности дорожного движения Департамента общественной безопасности Министерство внутренних дел.

На семинаре была разъяснена суть нового решения, направленного на обеспечение безопасности дорожного движения на основе национальной программы «Безопасная и ровная дорога».

Также на мероприятии были представлены эскизные проекты «Комнаты безопасности дорожного движения» и «Зона обучения правилам дорожного движения», которые планируется внедрить в общеобразовательных школах с 2023 года.

В данных проектах предусмотрено формирование у школьников навыков дорожного движения с раннего возраста и тем самым предотвращение различных неприятных ситуаций.

Предмет:
Будут ли школьные автобусы для школьников?

В разных странах разные правила дорожного движения

Инновационные проекты для школ. Отличные идеи из разных стран мира

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: