2020-yil Attestatsiya-akkreditatsiya jarayoni raqamlarda

2020-yil Attestatsiya-akkreditatsiya jarayoni raqamlarda
Telegramda o'qish

Vazirlar mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig’ining maslahatchisi maktablar faoliyati yuzasidan bir qancha ma’lumotlarni taqdim etdi.

2020 yilda 858 ta maktablar attestatsiyadan o’tkazildi.
Attestatsiyadan o’tgan maktablarning 803 tasi (93,5%) akkreditatsiyalandi.
Belgilangan ta’lim sifati talablariga javob bermaganligi uchun 55 ta (6,5%) maktab
attestatsiyadan o’tmadi va akkreditatsiyalanmadi.

Attestatsiyadan o’tmagan maktablarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha Xalq
ta’limi vazirligiga 3 ta taqdimnoma kiritildi.
Maktablar faoliyatida aniqlangan 7657 ta kamchiliklar bartaraf etildi.

Attestatsiya davomida bitiruvchi o’quvchilaridan nazorat ishlari olindi, shuningdek pedagoglar,
o’quvchilar va ularning ota-onalaridan maktab faoliyatini baholash bo’yicha so’rovnomalar
o’tkazildi.
12708 nafar o’qituvchilarning dars mashg’ulotlari tahlil qilindi.

Dars tahlili natijalariga ko’ra:
• Faoliyati o’rganilgan o’qituvchilarning 1527 nafari (12%) dars jarayonida o’qitishning interfaol
usullaridan foydalanmagan;
• Ularning 890 nafari (7%) dars jarayonini hayotga bog’lagan holda (kompetentsiyaviy yondashuvlar
asosida) tashkil etmagan;
• 763 nafari (6%) dars jarayonida o’quvchilarning faol ishtirok etishiga erisha olmagan.

Tashqi attestatsiyadan o’tkazilgan 858 ta maktabdan 257 tasi (30%)da fizika, 343 tasi (40%)da
kimyo-biologiya laboratoriya xonalari talab darajasida emas.
Nazorat ishi olingan 858 ta maktablardan 230 tasida Kimyo fanidan, 218 tasida Fizika fanidan
birorta ham o’quvchi “A’lo” bahoga baholanmagan.

O’quvchilarning umumiy o’zlashtirish darajasi Andijon viloyatida 68 foizni, Sirdaryo viloyatida 67
foizni, Namangan viloyatida 66 foizni, Jizzax va Toshkent viloyatlarida 65 foizni tashkil etib,
bular Respublika ko’rsatkichidan past.

Tashqi attestatsiyadan o’tkazilgan 858 ta maktabda faoliyat ko’rsatayotgan jami 32041 nafar
pedagoglarning 27936 nafari (87%) oliy, 4105 nafari (13%) o’rta maxsus ma’lumotli
o’qituvchilarni tashkil etadi.

Oliy ma’lumotli o’qituvchilarning 1024 nafari (3,6%) oliy toifali, 4376 nafari (15,7%)
birinchi toifali, 8551 nafari (30,7%) ikkinchi toifali va 13985 nafari (50%) malaka toifasiga
ega bo’lmagan mutaxassislardan iborat.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: