Metodistlar maktablarni tekshirib, o‘qituvchilarga chora ko‘rishga haqlimi?

Metodistlar maktablarni tekshirib, o‘qituvchilarga chora ko‘rishga haqlimi?

Aytishlaricha, so‘ngi paytlarda xalq ta’limi bo‘limi metodistlari o‘zining asosiy vazifasi qolib, maktablarni tekshiruvchi «komissiya» vazifasini bajarayotgan ekan. Ko‘pchilik o‘qituvchilar ayrim XTB metodistlari ko‘p hollarda maktablarni faqat tekshirgani kelishlarini, shuningdek ularga bosim o‘tkazishini, qo‘pol qilib aytganda har doim tirnoq ostidan kir qidirishlarini aytishib shikoyat qilishadi.

Aslida metodistlar o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish ishlarini yo‘lga qo‘yishi, ularga metodik yordam berishi kerak. Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 13 avgust kungi “Uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 183-sonli buyrug‘i bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilariga uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish tartibi tasdiqlangan.

Ushbu tartibga ko‘ra, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining tegishli fan metodistlarining asosiy vazifasi maktablarni tekshirib, o‘qituvchilardan kamchilik qidirish emas, aksincha ularga metodik yordam berish hisoblanadi.

Xalq ta’limi bo‘limining boshqa xodimlari ham o‘zi istagan vaqtida maktabdagi ish jarayoniga halal berib, ta’lim muassasalarini asossiz ravishda tekshirishi noto‘g‘ri. Amaldagi tartibga ko‘ra hududiy xalq ta’limi bo‘linmalari tomonidan maktablarni tekshirish qo‘shma tasdiqlanadigan tekshirishlarning yillik reja-jadvaliga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Tekshirishga vakolatli boshqa organlar ham umumta’lim muassasalarini bu haqda ancha vaqt oldin xabardor qilishi lozim.

❕Xulosa shuki, xalq ta’limi bo‘limi metodistlari istagan vaqtida istagan maktabni tekshirishga vakolati yo‘q.

Ular asosan o‘qituvchilarga metodik xizmat ko‘rsatishi, o‘qituvchilarni metodik tavsiyalar bilan ta’minlashi, o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishi va o‘quv-seminarlar tashkil etishi hamda o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganib, ularning kasbiy ehtiyojlarini aniqlashi lozim.

Mavzuga doir:
XTB metodistlarining asosiy vazifasi nimalardan iborat?

Fan metodistlari va metod birlashma hujjatlari qisqartirildi

Maktabga kelgan komissiyaga tushlik tashkillash ham korrupsiya!


Говорят, что в последнее время методисты Департамента народного просвещения оставили свою основную задачу и выполняют задачу «комиссии», инспектирующей школы. Многие учителя жалуются, что некоторые методисты XTB часто приходят только для того, чтобы проверить школы и оказать на них давление.

По сути, методисты должны наладить взаимный обмен опытом между учителями и оказывать им методическую поддержку. В соответствии с приказом Министерства народного образования от 13 августа 2020 года № 183 «О дальнейшем развитии работы непрерывной методической службы», утвержден порядок отображения непрерывной методической службы учителям общеобразовательных школ.

Согласно этому положению, основной задачей профильных методистов районных (городских) отделов народного образования является не проверка школ и поиск недостатков в учителях, а оказание им методической помощи.

Неправомерно, чтобы другие сотрудники Департамента народного образования безосновательно инспектировали учебные заведения, давая разрешение на рабочий процесс в школе в любое время. Согласно действующему положению, проверка школ территориальными органами народного образования должна проводиться в соответствии с годовым графиком совместно утверждаемых проверок. Другие органы, уполномоченные на проверку, также должны заблаговременно информировать об этом общеобразовательные учреждения.

❕ Суть в том, что методисты Департамента народного образования не имеют полномочий инспектировать любую школу, которую они хотят, в любое время.

Они в основном оказывают методические услуги учителям, дают учителям методические рекомендации, разрабатывают рекомендации по восполнению пробелов в знаниях учащихся и организуют воспитательные семинары, изучают опыт работы учителей, должны изучать и определять их профессиональные потребности.

Предмет:
Каковы основные задачи методистской церкви?

Документы научных методологов и ассоциации методов были сокращены.

Организация обеда для приехавшей в школу комиссии — это тоже коррупция!

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: