Maktabda ishlayotgan talabalar ham malaka oshirishga chiqishi kerakmi?

Maktabda ishlayotgan talabalar ham malaka oshirishga chiqishi kerakmi?

Savol: Tuman xalq ta’limi bo‘limi maktabda ishlayotgan talabalar ham 31 dekabrgacha malaka oshirishga chiqishi kerakligi, bo‘lmasa ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi deyapti. Avvalroq talabalar malaka oshirmasa ham bo‘laveradi deyishgandi, endi majburlashyapti. Shu to‘g‘rimi?

Javob: Malaka oshirishning asosiy maqsadi — xodimlarning malaka darajasiga ortib borayotgan talablar va kasbiy faoliyatni amalga oshirishning zamonaviy usullarini o‘zlashtirish zarurati bilan bog‘liq holda nazariy va amaliy bilimlarini yangilashdan iborat.

Oliygohlarda tahsil olib, bir vaqtning o‘zida maktabda ishlab kelayotgan talabalar o‘zi shundoq ham nazariy va amaliy bilimlarini o‘qish mobaynida yangilab borishadi. Shu sababli ular malaka oshirishga jalb qilinmasligi kerak edi.

Ammo biz qonunchilikda belgilab qo‘yilgan normalarga amal qilishga majburmiz. Shu sababli maktablarda o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan talabalar malaka oshirishga chiqish yoki chiqmasligi ularni ishga qabul qilishda rasmiylashtirilgan buyruqlarga bog‘liq bo‘ladi.

Agar talaba maktabga o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilingan bo‘lsa, malaka oshirishga jalb qilinmasligi mumkin. Aksincha, asosiy shtatdagi xodim sifatida ishlayotgan bo‘lsa, unda malaka oshirishi talab etiladi.

Xabaringiz bo‘lsa, joriy yilning 2 avgustida Vazirlar Mahkamasining 425-sonli qarori bilan oliy ta’lim muassasasining kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarining pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumta’lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkinligi belgilandi.

Shu sababli talabalar sentyabr oyidan boshlab asosiy shtatdagi xodim sifatida ishga qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 yanvardagi 25-son qaroriga 1-ilova “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 71-bandi 2-xatboshida tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi rahbariyati tizimdagi barcha xalq ta’limi muassasalari hamda xalq ta’limi bo‘limida asosiy shtatda faoliyat ko‘rsatayotgan har bir xodimning malaka oshirish bo‘yicha tegishli buyurtmaga kiritilishini ta’minlashi va nazorat qilishi lozimligi qayd etilgan.

Shu sababli ta’lim muassasalarida asosiy shtatda ishlab kelayotgan talabalar ham o‘qishga halal bermagan holda, onlayn bo‘lsa ham malaka oshirish kursalridan o‘tib olishlari kerak bo‘ladi.

❕Bu masala bo‘yicha shaxsiy fikrimiz quyidagicha:

Vazirlar Mahkamasining 25-son qarori 2022 yil 17 yanvarda imzolangan. Talabalarga pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumta’lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkinligi haqidagi qoidani belgilab bergan Vazirlar Mahkamasining 425-sonli qarori esa sal keyinroq ya’ni 2 avgustda imzolangan.

Shu sabali “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda asosiy shtatda ishlaydigan talabalar malaka oshirishga jalb qilinish yoki qilinmasligi haqida alohida qoida kiritilmagan bo‘lishi mumkin.

Bu masala bo‘yicha mutasaddilar bilan ham bog‘langanmiz. Balki yaqin orada bunga yechim berilar. Ammo hozircha talabalar malaka oshirishga jalb etiladi. Chunki amaldagi qonunchilikdan shunday mazmun kelib chiqmoqda.

© Ulug‘bek Po‘latov

Mavzuga doir:
Pedagog xodimlar yil oxiriga qadar malaka oshirishi shartmi?

Online malaka oshirish qachon yakunlanadi?

O‘qituvchi malaka oshirishdan o‘tmasa mehnat shartnomasi bekor qilinadi


Вопрос: Районный отдел народного образования говорит, что учащиеся, работающие в школе, должны выйти на обучение до 31 декабря, иначе заключенный с ними трудовой договор будет аннулирован. Раньше говорили, что студенты не могли повысить свою квалификацию, а теперь их заставляют. Это правильно?

Ответ: Основной целью обучения является обновление теоретических и практических знаний работников в связи с повышением требований к уровню квалификации и необходимостью овладения современными методами профессиональной деятельности.

Студенты, обучающиеся в вузах и работающие в школе, одновременно обновляют свои теоретические и практические знания во время учебы. Поэтому их не следует привлекать к тренировкам.

Но мы обязаны соблюдать установленные законом нормы. Поэтому от формализованных приказов о приеме на работу зависит, пойдут ли студенты, работающие учителями в школах, на обучение.

Если студент был принят на работу на основании места в школе, он может не привлекаться к обучению. Наоборот, если он работает служащим в основном штате, ему необходимо повышать квалификацию.

Как известно, со 2 августа текущего года постановлением Кабинета Министров № 425 лица, обучающиеся по педагогическим направлениям дневной, вечерней, заочной форм высших учебных заведений, без отрыва от учебы с 3-го курса установлено, что возможно трудоустройство в качестве основного рабочего места в общеобразовательные учреждения для реализации.

По этой причине студенты были набраны в качестве основного персонала с сентября. Приложение 1 к Постановлению Кабинета Министров № 25 от 17 января 2022 года «О Порядке организации системы непрерывного профессионального развития работников народного образования» Пункт 2 статьи 71 Районного (городского) отдела народного образования Отмечается, что руководство Министерства образования должно обеспечить и контролировать включение в систему соответствующего приказа о повышении квалификации всех учреждений народного образования и каждого работника, работающего в основном штате Департамента народного образования.

По этой причине студенты, которые работают в учебных заведениях основного штата, должны будут проходить курсы повышения квалификации, даже в онлайн-режиме, без разрешения на обучение.

❕Наше личное мнение по данному вопросу таково:

Постановление Кабинета Министров № 25 подписано 17 января 2022 года. Постановление №425 Кабмина было подписано чуть позже, 2 августа.Именно поэтому Положение «О порядке организации системы непрерывного повышения квалификации работников народного образования» может не содержать отдельной нормы о том, будут ли привлекаться к обучению обучающиеся, работающие по основному штату.

Мы также обращались к властям по этому вопросу. Возможно скоро будет дано решение. Но пока к обучению привлечены студенты. Потому что такой контент исходит из действующего законодательства.

© Улугбек Полатов

Предмет:
Нужно ли педагогическим кадрам повышать квалификацию до конца года?

Когда закончится онлайн-обучение?

Если преподаватель не пройдет обучение, трудовой договор будет расторгнут

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: