Maktab o‘quvchisi 4 oyda 3 marta sudlandi

Maktab o‘quvchisi 4 oyda 3 marta sudlandi

10-sinf bolasi jinoyatga qo‘l ursa ishonging kelmas ekan, ammo… 2004 yilning 21 iyulida Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida tug‘ilgan Halimjon Muhammadjonov hali Qo‘qon shahridagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinfida o‘qiydi.

Eng achinarlisi, bundan avval ham jinoyat ishlari bo‘yi­cha Uchko‘prik tuman sudining 2020 yil 10 iyundagi hukmiga ko‘ra, 1 yil muddatga ozodlikdan cheklash hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining 2020 yil 10 sentyabrdagi qarori bilan 1 yilu 3 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayin etilgan. Ayting-chi, odamning ishongisi keladimi, axir maktab bolasi shu yilning so‘nggi 4 oyida uch marta sudlanayapti…
Hayratdan yoqa ushlaysiz, o‘talmagan jazo muddati 1 yil 1 oy 1 kunni tashkil qilardi, ammo o‘smirning yana qayta jinoyatga qo‘l urganini tushunish qiyin. Uning navbatdagi qing‘irligi 2020 yil 8 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudida ko‘rib chiqildi.
Ayblov xulosasida Halimjon Muhammadjonov 2019 yil 21 iyul kuni soat 13.00 larda sherigi Xursanali Jo‘raboyev bilan Qo‘qon shahar, Forobiy ko‘chasida joylashgan “Muzaffar savdo” majmuasi oldida “Nexia” rusumli, davlat raqami 40 716 TTK avtomashinani to‘xtatishadi. Undan yashash xonadoniga olib borib qo‘yishini so‘rashadi. Kelishilgan kira haqiga haydovchi rozi bo‘lgach, yuklarini mashina yukxonasiga ortib, o‘zlari mashinaga o‘tirishadi. Fuqaro T. Xalilov qarasa, mashinasida ortiqcha yo‘lovchi bor, 5 kishini olib ketolmasligini aytib, ularni mashinadan tushiradi.
T. Xalilov biroz nariroqda turgan, ikki nafar ayolning har biridan 5 000 so‘mdan, jami 10 000 so‘mga Charxiy mavzesiga olib borib qo‘yishga kelishib, mashinasiga oladi. Shu orada yana uch nafar ayol bozordan chiqib kelib, to‘g‘ri T. Xalilovning yoniga kelib gaplashadi. Ular taklif qilgan qimmatroq yo‘l puliga uchgan haydovchi mashinadagi ayollardan birini tushiradi, buni ko‘rib norizo bo‘lgan, mashinadagi ikkinchi ayol ham tushadi. Xursanali  mashinadan tushgan ayolga qarab: “Opa bu yerdan Charxiyga 5 000 so‘mga olib borib qo‘yadi, 6 000 so‘mga ikkalangiz ham bemalol yetib olasizlar”, deydi. Negadir bu gap “Nexia” haydovchisiga yoqmaydi. Sababi, u ikki ayolning bittasini olib ketishga ko‘ndirmoqchi edi. Birovning ishiga burningni tiqma degandek, haydovchi Xursanaliga musht uqtalaydi. Oraga Halimjon va uning oila a’zolari tushadi. O‘rtada daxanaki janjal boshlanadi.
X. Jo‘raboyev fuqaro T. Xalilovning yuziga qo‘li bilan bir marta urib, unga tan jarohati yetkazadi. Daxanaki janjal mushtlashishga aylanganini ko‘rgan Halimjon darrov yonidagi “finka” pichog‘ini chiqarib, T. Xalilovning chap yelka hamda quymichining chap tomoniga, ko‘krak qafasining esa o‘ng tomon orqa yuzasi sohasiga bir-necha marotaba sanchadi…
Eng achinarlisi, keyingi paytlarda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy ishlar anchayin ko‘payib bormoqda. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: mamlakatimizdagi ayrim maktablar o‘qituvchilari o‘quvchining ta’lim-tarbiyasiga yetarlicha ahamiyat berayotibdimi? Ota-ona, mahalla ahli-chi, birinchi navbatda, ular mas’ul emasmi farzand tarbiyasi uchun?! Nahotki, o‘quvchining maktabda yurish-turishi, xulq-atvori maktab ma’muriyatini qiziqtirmaydi? “Hozir pandemiya vaqti, maktablar yarim yopiq shaklda”, deysizmi? Axir, yurtimizda karantin shu yil mart oyi oxiridan boshlandi, bu bola 10 yildan buyon maktab o‘quvchisi emasmi?!  Keyingi paytlarda maktab bolalarining yonida pichoq olib yurishi odatiy holga aylanib qolayotganini hammamiz ko‘rib, bilib turibmiz.
Bugun ertamiz egalari — o‘smir-yoshlarga yetarli ta’lim va tarbiya berishda davlatimiz tomonidan yaratilgan ulkan imkoniyat boy berilsa, ertaga jamiyat mustahkamligiga putur yetmaydi, deb hech kim kafolat berolmaydi.


Вы не поверите, что 10-классник совершает преступление, но им Халимжон Мухаммаджанов, родившийся 21 июля 2004 года в городе Коканд Ферганской области, до сих пор учится в 10-м классе 30-й общеобразовательной школы города Коканда. .

К сожалению, 10 июня 2020 г. Учкоприкский районный суд по уголовным делам приговорил его к 1 году лишения свободы, а 10 сентября 2020 г. Кокандский городской суд по уголовным делам приговорил его к 1 году лишения свободы. Приговорен к лишению свободы сроком на один месяц. Скажите, вы хотите верить, что за последние четыре месяца этого года школьника трижды судили?
Удивительно, но неотбытый срок составил 1 год 1 месяц 1 день, но сложно понять, что подросток снова совершил преступление. Его следующая апелляционная жалоба была рассмотрена 8 октября 2020 года в Кокандском городском уголовном суде.
Согласно обвинительному акту, Халимджон Мухаммаджанов и его партнер Хурсанали Джурабоев остановили автомобиль марки «Нексия» с регистрационным номером 40 716 ТТК 21 июля 2019 года в 13.00 перед комплексом «Музаффар Савдо» на улице Фароби в Коканде. Его просят отвезти ее в его квартиру. Когда водитель соглашается на оговоренную арендную плату, они загружают свой багаж в багажник и сами садятся в машину. Гражданин Халилов Т. увидел, что в его машине есть лишние пассажиры, сказал, что не может взять 5 человек и высадил их из машины.
Т. Халилов, находившийся недалеко, согласился отвезти двух женщин в Чархинский район за 5 000 сумов за каждую, всего 10 000 сумов, и отвезти на своей машине. Тем временем с базара вышли еще три женщины и направились прямо к Т. Халилову для беседы. Водитель, летевший по более дорогому тарифу, который они предложили, высадил одну из женщин в машине, и вторая женщина в машине, которой это не понравилось, тоже вышла. Глядя на женщину, вышедшую из машины, Хурсанали сказал: «Опа заберет отсюда Чархи за 5000 сумов, а вы оба сможете добраться туда за 6000 сумов». Водителю Нексии это почему-то не нравится. Потому что он хотел уговорить одну из двух женщин взять его. Водитель бьет Хурсанали кулаком, словно хочет совать нос в чью-то работу. Халимджон и его семья находятся посередине. В середине начинается драка.
Х. Джурабоев один раз ударил гражданина Т. Халилова по лицу и ранил его. Увидев, что драка переросла в потасовку, Халимжон тут же выхватил финский нож и несколько раз ударил Т. Халилова ножом в левое плечо и левую сторону щиколотки, а также в область правой задней части грудной клетки.
К сожалению, в последние годы количество уголовных дел в отношении школьников значительно увеличилось. Вопрос в том, уделяют ли некоторые школьные учителя в нашей стране достаточно внимания воспитанию учащихся? Ота-она,Соседи, в первую очередь, ответственны за воспитание своих детей?! Администрация школы не заботится о поведении ученика в школе? Вы говорите: «Сейчас время пандемии, а школы в полузакрытом состоянии»? Ведь карантин в нашей стране начался в конце марта этого года, неужели этот ребенок уже 10 лет школьник?! Все мы знаем, что школьники все чаще носят с собой ножи.
Никто не может гарантировать, что сила общества завтра не будет подорвана, если будет упущена прекрасная возможность, созданная нашим государством для обеспечения адекватного образования и воспитания сегодняшних молодых собственников.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: