UYDA QOLING!

Hayotingizda nimalar ko’p? Ibratli hikoya

Bu hayotda qiyinchiliklar ko’p deydiganlar uchun qisqa hikoya. Xulosa o’zingizdan.

Ustoz O‘quvchini doim qovog‘i osilgan, tushkun holatda ko‘rardi. Bir kuni Ustoz shunday dedi: — Shu xonada nima jigarrang tusda bo‘lsa, hammasini ko‘rib eslab qol, keyin menga aytib berasan. O‘quvchi hamma yoqni ko‘zdan kechirdi. Xonada jigarrang tusdagi narsalar ko‘p edi: deraza ramkalari, pardailgichlar, turli jihozlar va mayda-chuyda buyumlar… — Tayyormisan? — Ha. — Endi ko‘zingni yum. — Yumdim. — Qani, ayt-chi, xonada nimalar ko‘k rangda ekan? — Bu nima deganingiz?! Jigarrang tusdagi narsalarni sanashni buyurganingiz uchun men ko‘k tusdagilarga umuman e’tibor qilmabman. Ko‘k tusdagi birorta narsaniyam ilg‘aganim yo‘q. — Endi ko‘zingni ochib qara: bu xonada ko‘k tusdagi narsalar to‘lib-toshib yotibdi. O‘quvchi ko‘zini ochdi. Haqiqatan ham, ko‘p narsalar ko‘k tusda edi. Jigarrang karnizga osilgan pardalar ham, xona o‘rtasidagi stol lampasi ham, qandillar ham, gilam ham – barcha chiroyli narsalar ko‘k tusda edi. O‘quvchi chiday olmadi: — Siz meni chalg‘itdingiz. Yo‘qsa, shuncha chiroyli narsa ko‘k tusda ekan – payqamasmidim? Ustoz kulimsiradi: — Menga xuddi shu narsa kerak edi. Sen o‘z hayotingda yomon narsalarga diqqat qaratib, atrofdagi chiroyli narsalarni payqamaysan. — Lekin mening tushunishimcha, hayotdan yomonlik kutib yashasang, yomonlik kelganda shoshib qolmaysan – kutganing bo‘lyapti; agar yaxshilik kelib qolsa, bu senga hayotning kutilmagan sovg‘asi bo‘ladi. — Yo‘q, hayotda e’tiborni yomonlikka jalb qilar ekansan, faqat yomon narsalarga duch kelasan. Hayotdan yaxshilik kutib yasha, shunda yaxshi narsalar hamrohing bo‘ladi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikrlar: 1
  1. Fazliddin

    zor sayt ekan iwilaga omad

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Yuklanmoqda...