Ichki turizm, ichki sayohatlar 40 foizgacha arzonlashtiriladi

Ichki turizm, ichki sayohatlar 40 foizgacha arzonlashtiriladi

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni doirasida ichki turizmni rag‘batlantiruvchi choralar belgilandi.

Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, yangi joriy etilayotgan aviaqatnovlarga chiptalar O‘zbekiston fuqarolariga 25 foiz arzon sotiladi, agar ushbu chipta turoperator orqali xarid qilinsa, ushbu chegirma miqdoriga 15 foiz qo‘shilib, umumiy 40 foizlik chegirma taqdim etiladi.
Shu bilan birga, turoperator orqali xarid qilingan mehmonxona xizmatlari ham 10 foizga arzonlashtirilgan narxda sotiladi.
Bundan tashqari, xizmatlarni kompleks ko‘rsatuvchi turoperatorlar korporativ narxlarda boshqa xizmatlarni ham arzonlashtirib berishi ko‘zda tutiladi.
2020 yil 3 fevraldan yo‘lga qo‘yilgan Urganch-Farg‘ona-Urganch aviareysi eng arzon narxi — 920 ming so‘m. Mahalliy sayyoh ushbu chiptani bevosita aviakassadan sotib olganda chipta narxi 25 foizga arzonlashib, 690 ming so‘mni tashkil qiladi. Turoperator orqali xarid qilganda esa, yana 15 foiz chegirma taqdim qilinib, chipta narxi 587 ming so‘mni tashkil qiladi — 333 ming so‘m chegirma taqdim qilinmoqda.
Xuddi shu kabi turoperatorlarga yo‘lga qo‘yilayotgan temir yo‘l qatnovlaridagi chiptalarga ham 15 foizlik chegirma taqdim etiladi. Bunda Termiz-Samarqand yo‘nalishidagi 108 ming so‘m turadigan chipta narxi 92 ming so‘mni tashkil qiladi.
O‘z navbatida, fuqaro turoperator orqali mehmonxonani bron qilsa, shartli ravishda “O‘zbekiston” mehmonxonasidagi 1 kishilik standart xona narxi 270 ming so‘mni tashkil qilsa, bu fuqaro uchun turoperatorga taqdim qilingan korporativ narxlar asosida 200 ming so‘mni tashkil qiladi. Yuqoridagi 10 foiz chegirma hisobiga esa mehmonxona narxi 180 ming so‘mga aylanadi. Yakunda tashkil qilingan mexanizmga ko‘ra, 270 ming so‘m turuvchi mehmonxona 90 ming so‘mga arzonlashmoqda.
Masalan, ushbu xizmat Farg‘ona shahridagi “Ziyorat” mehmonxonasida 180 ming so‘mga taqim etiladi, turoperatorlar korporativ narxlarda 150 ming so‘mdan olishib, 10 foizlik chegirma hisobiga mahalliy sayyohga 135 ming so‘mga taqdim qiladi. Bunda turistik yig‘im miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 0,4 foizini tashkil etib, 980 so‘mni tashkil qiladi.
O‘z navbatida, turistik yig‘imdan tushgan mablag‘lar to‘lig‘icha ichki sayohatlarni rag‘batlantiruvchi dasturlarga yo‘naltiriladi. Qonunchilikka ko‘ra, mehmonxona yig‘imlari soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi.
Xorijiy davlatlarda turistik yig‘im mahalliy fuqarolar uchun o‘rganib chiqilganda misol tariqasida Ukraina davlatida bir kunlik yashash o‘rtacha 30 grivna (ya’ni 11 400 so‘m)ni tashkil qiladi. Bu tajriba Serbiyada ham qo‘llaniladi. Ushbu shakllantirilgan mablag‘lar ichki turizmni rivojlantirish va targ‘ib qilish maqsadida sarflanadi.
Bunda epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, hozircha asosiy urg‘uni ichki sayohatlarga qaratish va ichki turizmni markazlashgan tartibda keng targ‘ibot qilish maqsadga muvofiq.
Ta’kidlash joizki, sayyohlar oqimini qayta shakllantirish mehmonxonalar, ovqatlanish shoxobchalari, transport korxonalari, hunarmandlar, turoperator va gidlar bandligini ta’minlash yo‘lida xizmat qiladi.


В рамках Указа Президента «О мерах по дальнейшему развитию внутреннего и паломнического туризма в Республике Узбекистан» определены меры по стимулированию внутреннего туризма.

Об этом сообщает Государственный комитет по развитию туризма.
По его словам, билеты на новые рейсы будут продаваться гражданам Узбекистана со скидкой 25%, а если билет будет приобретен через туроператора, к нему будет добавлена ​​скидка 15% и общая скидка 40%. .
При этом гостиничные услуги, приобретаемые через туроператора, также продаются со скидкой 10 процентов.
Кроме того, туроператоры, предоставляющие полный комплекс услуг, смогут снизить стоимость других услуг по корпоративным ценам.
Самый дешевый рейс Ургенч-Фергана-Ургенч, который будет запущен 3 февраля 2020 года, будет стоить 920 тысяч сумов. При покупке билета местным туристом непосредственно в кассе цена билета снижается на 25% до 690 000 сумов. При покупке через туроператора предлагается еще скидка 15%, а стоимость билета 587 000 сум — 333 000 сум.
Аналогичные туроператоры получат скидку 15% на билеты на поезд. Цена билета по маршруту Термез-Самарканд стоимостью 108 тысяч сумов составляет 92 тысячи сумов.
В свою очередь, если гражданин бронирует гостиницу через туроператора, нормативная стоимость стандартного номера на одного человека в гостинице «Узбекистан» составляет 270 тысяч сумов, что составляет 200 тысяч сумов исходя из корпоративных цен, предоставленных туроператору. За счет вышеуказанной скидки 10% стоимость гостиницы составит 180 000 сумов. По окончательному механизму гостиница стоимостью 270 000 сумов будет снижена на 90 000 сумов.
Например, эта услуга предлагается в гостинице «Зиёрат» в Фергане за 180 тысяч сумов, туроператоры берут 150 тысяч сумов по корпоративным ценам и предлагают местным туристам 135 тысяч сумов со скидкой 10%. При этом размер туристического сбора составляет 980 сумов, что составляет 0,4% от базовой суммы.
В свою очередь, средства туристического фонда будут полностью потрачены на программы, стимулирующие внутренние путешествия. По закону гостиничные сборы не включаются в налоговую базу.
В странах дальнего зарубежья, например, при изучении туристического сбора для местных граждан средняя суточная стоимость пребывания в Украине составляет 30 гривен (11 400 сумов). Эта практика также используется в Сербии. Эти средства будут направлены на развитие и популяризацию внутреннего туризма.
Учитывая эпидемиологическую ситуацию, целесообразно сосредоточить внимание на внутренних поездках и развивать внутренний туризм в централизованном порядке.
Необходимо отметить, чтоизменение потока туристов послужит созданию рабочих мест для отелей, ресторанов, транспортных компаний, ремесленников, туроператоров и гидов.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: