Bolamning quchog’i… (Ibratli hikoya)

Bolamning quchog’i… (Ibratli hikoya)
Telegramda o'qish

Ish va tashvishlarga berilib ketgan otalar uchun ibratli hikoya.

Eri:
— Alo, uyga biron nima kerakmi? Yo’ldaman kelyapman, — dedi.
Ayoli:
— Yo’q, hech narsa kerak emas, kelavering…- dedi.
Eri:
— Unday bo’lsa yaxshi, kechki ovqatni tayyorlab tur qornim och, birozdan so’ng uyda bo’laman, — dedi.
Ayoli:
— Xop bo’ladi, — dedi.

Ayol telefonni o’chirishni unutib joyida qoldirdi.
Eri hali telefonini o’chirib ulgurmagan edi, ayoli bilan o’g’li Samirning suhbati eshitildi…

Samir:
— Dadam meni so’radilarmi? — deb so’radi.
Onasi:
— Albatta, o’g’lim, seni so’radilar! Dadang seni qattiq yaxshi ko’radilar, — deb javob berdi.
Samir:
— Aniq bilaman, men haqimda so’ramaganlar. Agar siz aytganingizdek yaxshi ko’rganlarida, qanchadan buyon iltimos qilayotganim — shaxmat o’ynashni o’rgatgan bo’lar edilar, — dedi, xafa bo’lib.

Ota telefonini o’chirmasdan o’g’lining gaplarini eshitib kelayotgan edi. Suhbatlarini yaxshiroq tinglash uchun mashinasini to’xtatdi.
O’g’li hali gapini tugatmagan edi:
— Esingizdami, oyijon, o’tgan yili imtihonlardan a’lo bahoga o’tganim uchun shaxmat sovg’a qilishgan edi. Menga o’ynashni o’rgatishlarini iltimos qildim, ikkita yurishnigina o’rgatdilar, so’ng qo’ng’iroq bo’ldi, shu bilan chalg’ib ketdilar. Har safar o’rgating desam, band bo’ladilar. Menga shaxmat o’ynashni kim o’rgatdi bilasizmi? Do’stim Ahmadning dadasi… Ahmaddan dadasi menga shaxmat o’ynashni o’rgatishini so’ragan edim, kelsin o’rgataman, degan edi, — dedi.

Onasi:
— Ovozingni pastroq qil, bolam, hademay dadang kelib qoladilar, — dedi.
Ota esa, barchasini eshitib turar edi…

Samir:
— Sizga bir narsa aytaymi, oyijon! Do’stim Ahmadnikida o’ynab o’tirganimizda, dadasi ishdan keldi, Ahmad eshikni ochish uchun tashqari chiqdi. Eshikni ochib, dadasiga salom berdi. Dadasi esa «Ahmadning quchog’i qani?!!» dedi. Ahmad «Bu yerda! Bu yerda!» deb o’zini dadasining quchog’iga otdi. So’ng qaytib keldi, biz yana o’ynashda davom etdik, — dedi.

O’g’lining gaplari otani qattiq ta’sirlantirdi…
Ona o’g’li Samirni qattiq quchoqlab oldi va:
— Maktabdan qaytganingda, hamisha seni bag’rimga bosamanku, bolajonim, — dedi.
Ota mashinada o’tirar ekan, ko’z yoshlari to’g’onini ochib yuboruvchi so’zlar yangradi…
Samir onasiga:
-Oyijon! Men dadamning quchog’iga mushtoqman, unga to’ymayman, — dedi.
Onasi:
— Samir o’g’lim, dadang kun bo’yi ishlab, charchab keladilar, — dedi, bolani yupatmoqchi bo’lib.
Samir:
-Bilaman. Ro’zg’orga kerak narsalarni ko’tarib keladilar. Dam olishga o’tirganlarida qo’llariga telefonlarini olib, bitmay qolgan ishlari bilan band bo’ladilar, — dedi.

Samir gapini tugatgach, onasidan qo’l telefonini so’radi. Kechki taom tayyor bo’lguncha, o’ynab turish uchun.
Samirning otasi o’g’li sezib qolmasidan, tezda aloqani o’chirdi.
O’g’lining gaplarini tahlil qildi.
O’tgan kunlar, oylar, yillar kinolenta kabi ko’z o’ngida birma-bir gavdalandi…

Eshitgan so’zlari rost…
Kechinmalar qalbini o’rtardi…
O’g’li qancha yillarni otasini bag’rini sog’inib o’tkazgan ekan…
Aslida o’zi bolasining quchog’iga muhtoj edi…
Do’konga kirdi, yangi shaxmat sotib oldi…
Sovg’a yanada go’zal bo’lishi uchun chiroyli qutichaga soldi.
Uyiga tezda qaytdi…
Lekin…
Nima qilishni, gapni nimadan boshlashni bilmasdi.
Yagona bilgan narsasi bu — o’zining o’zgargani, to’g’irlangani edi…
Ish hujjatlarini moshinasida qoldirdi…
Qo’lida sovg’adan boshqa hech narsa yo’q edi…
Uyiga yetib kelgach, eshik oldida to’xtab qoldi…
Odatiga ko’ra eshikni kalit bilan ochmadi…
Eshik qo’ng’irog’ini chaldi…
Sababi, o’g’li yugurib kelib eshikni ochishini bilardi…

Samir eshikni ochdi. Dadasining yuzida tabassum, qo’lida sovg’a bilan turganini ko’rib hayratlandi. Ilgari Samir bunday holni ko’rmagan edi.
Onasi:
— Samir, kim ekan? — dedi.
Samir:
— Dadam ekanlar, — deb javob berdi.

Samirning ko’zi sovg’aga tushdi, ichida «bu men uchun bo’lmasa kerak» deb o’yladi. Otasi uyga kirdi. Samir eshikni yopib, xonasi tomon yurdi. Otasi hamon eshik oldida turardi.
Otasining:
— Samirning quchog’i qani?! — deganini eshitdi.
Samir turgan joyida qotib qoldi. Boshi aylanib ketgandek bo’ldi. Eshitgan so’zlari rostmi, yo’qmi tushunishga urinardi.

Otasiga:
— Biron nima dedingizmi, dada? — dedi.
Otasi:
-Ha, dedim. Samirimning quchog’i qani!!! — dedi, mehr to’la ko’zlari bilan boqib.
Samir quvonchdan qiyqirib, quchoq ochib dadasining bag’riga otildi:
— Mana- a — a, mana — a — a Samirning quchog’i!!! — dedi.
Ota qo’lidagi sovg’ani tashladi, o’g’lini mahkam quchdi…

Jigargo’shasini ko’tarib, xuddi birinchi marotaba ko’rayotgandek yuzlaridan, duch kelgan joyidan o’pa boshladi…

Onasi oshxonadan chiqib:
— Kechki ovqat tayyor bo’l…- dedi — yu gapi og’zida qoldi. U erining Samirni ko’tarib turganini ko’rib, joyida turib qoldi.

Ota-bola xuddi butun olamda o’zlaridan boshqasi yo’qdek, ayolning kirganini ham sezmadilar. So’ng ota o’g’lini qo’lidan qo’ymay, o’tirdi. Ayoliga ovqatni keyinroq yeyishini aytdi. Ancha vaqt o’tdi lekin, Samir otasining bag’ridan ayrilgisi kelmadi. SHu o’tirgancha uxlab qoldi. Birozdan so’ng o’g’lining quchog’iga o’zi ko’proq muhtojligini anglab yetgan ota, bolasini bag’riga bosib uxlab qoldi…

Samir uyg’ondi. Otasi yonida uxlab yotardi. Tabassum qilib, bu tushimi, o’ngimi tekshirish uchun o’zini chimchiladi. Hayriyat o’ngi ekan. So’ng uyqusini davom ettirdi.

Uyg’onganlarida esa…
Ularni go’zal hayot kutib turar edi…


Образцовая история для отцов, помешанных на работе и заботах.
Муж:
Привет, тебе что-нибудь нужно для дома? «Я иду, — сказала жена. — Нет, тебе ничего не нужно, пошли.» «Все в порядке», — сказала жена.
Женщина забыла выключить телефон и оставила его на месте.
Муж еще не выключил телефон, а жена и сын Самир разговаривали…
Самир:
— Отец спросил меня? Его мать сказала: «Конечно, сынок, тебя попросили!» Твой отец тебя очень любит,- сказал Самир.- Я точно знаю, что обо мне не спрашивали. Если бы им нравилось то, что ты сказал, они бы научили меня играть в шахматы, о чем я давно умоляю, — сказал он расстроенно.
Отец слушал сына, не выключая телефона. Он остановил машину, чтобы лучше слушать их разговоры.
Сын еще не кончил: — Помнишь, тетя, в прошлом году за сдачу экзаменов мне дали шахматный приз. Я попросил их научить меня играть, они научили меня только двум прогулкам, а потом был звонок, и они на это отвлеклись. Каждый раз, когда я говорю им учить, они заняты. Вы знаете, кто научил меня играть в шахматы? Отец моего друга Ахмада… Я спросил Ахмада, не научит ли его отец меня играть в шахматы, он сказал, позволь мне научить его.
Его мать сказала
: «Заткнись, сынок, твой отец скоро придет».
Самир:
— Позвольте мне сказать вам кое-что, дядя! Пока мы играли у моего друга Ахмада, его отец пришел с работы, и Ахмад вышел на улицу, чтобы открыть дверь. Он открыл дверь и поздоровался с отцом. Его отец сказал: «Где объятия Ахмада? !!» он сказал. Ахмад «Вот! Здесь! » он бросился в объятия отца. Потом он вернулся, и мы снова продолжили играть», — сказал он.
тронута словами сына…
Мать крепко обняла сына Самира и сказала: «Когда ты вернешься из школы, я всегда буду обнимать тебя, дитя мое». своей молодости… Самир сказал матери: -Тетя! Я тоскую по отцовским объятиям, я не могу им нарадоваться, — сказала его мать. — Мой сын Самир, твой отец работает весь день и устал», — сказала она, пытаясь утешить ребенка. Они приносят предметы первой необходимости. Когда садятся отдыхать, берут телефоны в руки и заняты своими незаконченными делами», — сказал он.
Когда Самир закончил, он попросил у матери мобильный телефон. Играть, пока ужин не будет готов.
Отец Самира быстро оборвал общение незаметно для сына.Он анализировал слова сына.Прошедшие дни,месяцы,годы снимались один за другим перед его глазами,как кино…
Слова, которые она услышала, были правдой…
Переживания коснулись ее сердца… Сын столько лет скучал по отцу… На самом деле ему нужны были объятия его ребенка… Он зашел в магазин, купил новые шахматы… Он положил подарок в красивую коробку, чтобы было красивее. Он быстро вернулся домой… Но… Он не знал, что делать, с чего начать. Единственное, что он знал, это он переоделся, поправился… Рабочие бумаги он оставил в машине… В руке у него был только подарок… Придя домой, он остановился у двери… Он не открыл дверь ключом как обычно… Он позвонил в дверь… Потому что знал, что сын прибежит и откроет дверь…
Самир открыл дверь. Он был удивлен, увидев улыбку на лице отца и подарок в его руке. Самир никогда раньше не видел такой ситуации.
Мать: — Самир, кто это? Самир ответил: «Они мой отец».
Взгляд Самира упал на подарок, он подумал про себя: «Наверное, это не для меня». Отец вошел в дом. Самир закрыл дверь и пошел в свою комнату. Отец все еще стоял у двери.
Его отец сказал: «Где объятия Самира?» Самир застыл на месте. У него как будто закружилась голова. Он пытался выяснить, правда ли то, что он услышал.
Ты
что-нибудь сказал, папа? Отец сказал: «Да». Где объятия Самира!!! Самир радостно закричал и обнял отца: — Вот — а — а, вот — а — объятия Самира!!! Отец бросил подарок в руку и крепко обнял сына…
Он поднял брови и поцеловал ее в лицо, словно в первый раз…
Его мать вышла из кухни и
сказала: «Готовь обед…» Она встала, когда увидела, что ее муж несет Самира.
Родители даже не заметили, что женщина вошла, как будто они были одни на всем свете. Тогда отец сел, не оставив сына на руках. Он сказал жене, что съест еду позже. Это было давно, но Самир не хотел терять отца. Он заснул сидя. Через некоторое время отец понял, что ему больше нужны объятия сына и заснул, держа ребенка на руках…
Самир проснулся. Он спал рядом с отцом. Улыбаясь, он ущипнул себя, чтобы проверить этот сон, мой сон. Верно. Потом продолжил спать.
проснулись… Их
ждала красивая жизнь…

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. JAYRONA

    Rahmat menga juda yoqti, hattoki yiglatib yubordi RAHMAT

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: