Yig‘lashga majbur bo‘ldim. (hikoya)

Yig‘lashga majbur bo‘ldim. (hikoya)

Kunlarning birida uyimiz yonidagi magazinda kassir qizning 5-6 yoshlar atrofidagi bir bolakay bilan suhbatini eshitib qoldim. Kassir qiz aytardi:

— Afsuski, puling ushbu qo‘g‘irchoqni sotib olishga yetmayapti-da.
Shunda bolakay men tomonga o‘girildi va so‘radi:
— Amaki, rostdan mening pulim qo‘g‘irchoq sotib olishga yetmasmikin?
Men uning pulini hisoblab ko‘rib, javob berdim:
— Bolajonim, haqiqatdan shu qo‘g‘irchoqni sotib olishga puling yetmaskan.
Bolakay baribir qo‘lidagi qo‘g‘irchoqni qo‘yib yuborgisi kelmasdi. O‘zim xarid qilgan narsalar uchun hisob-kitob qilib bo‘lgach, yana bolakayning yoniga keldim va undan bu qo‘g‘irchoqni kimga olayotganligi haqida qiziqib so‘radim.
— Bu mening singlimga, u juda yaxshi ko‘rardi va shunday qo‘g‘irchog‘i bo‘lishini xohlardi. Men uning tug‘ilgan kuniga sovg‘a qilmoqchi edim. Men bu qo‘g‘irchoqni ayamga bermoqchiman, yaqinda ayam singlimni yoniga borganda, qo‘g‘irchoqni unga berib qo‘yadi. …
Bu gaplarni aytayotganda uning ko‘zlari juda ham mungli edi.
— Singlim Xudoning yoniga ketgan. Dadam menga shunaqa dedi. Va yana aytdiki, yaqinda ayam ham Xudoning yoniga ketar ekan, shuning uchun qo‘g‘irchoqni ayam orqali singlimga berib yubormoqchiman.
Shu joyda yurak urishim to‘xtab qolgandek bo‘ldi, go‘yo. Bolakay menga qaragancha so‘radi:
— Men dadamga tayinlab keldim, uyga qaytmagunimgacha ayam ketmay tursinlar deb so‘radim, — shundan keyin u menga xursand va baxtli qiyofada tushgan suratini ko‘rsatdi. – Bu rasmni ham ayam o‘zi bilan olib ketishini xohlayman, shunda singlim meni unutib qo‘ymaydi.
Va yana qo‘shimcha qildi:
— Men ayamni judayam yaxshi ko‘raman, u meni tashlab ketishini xohlamayman. Lekin dadamning aytishicha, ayam singlimni yoniga bormasa bo‘lmas ekan. Bu gaplarni ayta turib, u yana bir bor ma’yus nigohi bilan qo‘g‘irchoqqa qarab qo‘ydi…
Men tezda hamyonimni qo‘limga olib, bolakayga dedim:
— Agar sen pullaring qo‘g‘irchoq sotib olishga yetadi deb hisoblayotgan bo‘lsang, balki boshqatdan ularni sanab ko‘rarmiz?
— Ha, menimcha pulim yetishi kerak edi. Shunda bolakayga ko‘rsatmasdan, sekingina pul qo‘shib qo‘ydim va biz qaytadan sanab ko‘rdik.
Endilikda pul miqdori qo‘g‘irchoq sotib olishga bemalol yetar edi, hattoki biroz ortib ham qoldi.
Bolakay dedi:
— Rahmat, Xudojon, menga pul berganing uchun! So‘ngra menga o‘girilib, qo‘shimcha qildi: — Kecha uxlashdan oldin, Xudodan menga pul berishini iltimos qilgandim. U pulga singlimga berib yuborish uchun qo‘g‘irchoq sotib olmoqchi edim. Xudo meni eshitibdi! Men yana oq atirgullar sotib olish uchun ham ozgina pulim bo‘lishini xohlagandim, ayam oq atirgullarni juda yaxshi ko‘radi… Lekin buni Xudodan so‘ramagandim. Ammo baribir u meni eshitibdi! Endi singlim uchun qo‘g‘irchoq ham, ayam uchun oq atirgul ham sotib olaman.
Shu bilan bolakay bilan suhbatimiz yakunlandi. Men juda g‘alati ahvolga tushib qoldim. U bilan bo‘lgan suhbatimiz sira xayolimdan ketmas edi. Shunda nogahon bir narsa yodimga tushdi. Mahalliy gazetalardan birida, ikki kun oldin bir xabar chop etilgandi. Unda aytilishicha, mast holda yuk avtomashinasini boshqarib kelayotgan haydovchi bir ayol va qizchani urib yuborgandi. Qizaloq voqea joyidayoq hayotdan ko‘z yumgan, onasi esa juda og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgandi. SHifokorlar umid yo‘qligini aytishgani uchun, ayolning yaqinlari unga sun’iy hayot berib turgan apparatni uzishga rozilik berishgandi. Nahotki, singlisiga qo‘g‘irchoq sotib olishni ixtiyor etgan bolakay o‘sha oilaning farzandi bo‘lsa?! Oradan yana ikki kun o‘tib, o‘sha gazetada ayol ham vafot etganligi haqidagi yangi xabar bosildi… Men ko‘z yoshlarimni tutib tura olmadim…
Oq atirgullar sotib olib, dafn marosimiga bordim… Ayolning tobutida o‘sha menga tanish bo‘lgan qo‘g‘irchoq va bolakayning surati ham bor edi. Tobutning boshqa tarafida esa oq atirgullarga ko‘zim tushdi… Toki ko‘z yoshim chiqmay qolgungacha yig‘ladim. Shu onda his qildimki, bu voqeadan keyin hayotga bo‘lgan qarashim tubdan o‘zgarishi tabiiy edi. Men bir umr o‘sha bolakayning o‘z onasi va singlisiga bo‘lgan muhabbatini unuta olmasam kerak!!!


Однажды я услышал, как девочка-кассир разговаривает с 5-6-летним мальчиком в магазине рядом с нашим домом. Девушка-кассир сказала:

«К сожалению, у вас недостаточно денег, чтобы купить эту куклу».
Тогда мальчик повернулся ко мне и спросил:
«Дядя, моих денег действительно хватит, чтобы купить куклу?»
Я пересчитал его деньги и ответил:
«Мальчик, ты действительно не можешь позволить себе купить эту куклу».
Мальчик все равно не хотел отпускать куклу. Подсчитав, что я купила, я вернулась к мальчику и спросила его, для кого он покупает куклу.
«Это для моей сестры, ей это понравилось, и она хотела иметь такую ​​куклу». Я хотел бы получить подарок на день рождения. Я хочу подарить эту куклу своей тете, и вскоре, когда моя тетя пойдет к моей сестре, она передаст ее ей. …
Ее глаза наполнились слезами, когда она сказала это.
— Моя сестра пошла к Богу. Так сказал мне мой отец. И сказал, что моя тётя скоро уйдёт к Богу, поэтому я хочу передать куклу своей сестре через тётю.
Как будто мое сердце перестало биться. Мальчик посмотрел на меня и спросил:
«Я пришел к отцу и попросил его не уходить, пока я не вернусь домой», — сказал он, а затем показал мне свою счастливую фотографию. «Я хочу, чтобы моя тетя сфотографировалась с ней, чтобы моя сестра не забыла меня».
И добавил:
«Я так люблю свою тетю, что не хочу, чтобы она меня бросила». Но мой отец сказал, что моя тетя должна пойти к моей сестре. Сказав это, он снова посмотрел на куклу грустным взглядом.
Я быстро схватил свой бумажник и сказал мальчику:
«Если вы думаете, что у вас достаточно денег, чтобы купить куклу, мы пересчитаем их снова?»
— Да, думаю, у меня должно было хватить денег. Потом, не показывая мальчику, я тихонько добавила деньги, и мы снова пересчитали.
Теперь денег хватило, чтобы купить куклу, и даже немного больше.
Мальчик сказал:
«Спасибо, Господи, за то, что дал мне деньги!» Затем он повернулся ко мне и добавил: «Прошлой ночью перед тем, как лечь спать, я попросил Бога дать мне денег». Я хотела купить куклу, чтобы подарить сестре. Бог услышал меня! Я также хотела иметь немного денег, чтобы купить больше белых роз, моя тетя любит белые розы… Но я не просила Бога об этом. Но он все равно меня услышал! Сейчас покупаю куклу сестре и белую розу тете.
На этом наш разговор с мальчиком закончился. Я в очень странной ситуации. Мой разговор с ним никогда не покидал меня. Потом что-то вдруг пришло мне в голову. В одной из местных газет два дня назад был опубликован репортаж. Сообщается, что пьяный водитель сбил женщину и девушку. Девушка скончалась на месте, ее мать госпитализирована в критическом состоянии. Поскольку врачи сказали, что надежды нет, родственники женщины согласились отключить аппарат, который дал ей искусственную жизнь. Могло ли быть так, что мальчик, который хотел купить куклу своей сестре, был ребенком этой семьи?! Через два дня та же газета опубликовала новое сообщение о том, что женщина тоже умерла… Я не смогла сдержать слез…
Я купила белые розы и поехала на похороны… В гробу у женщины тоже лежало фото куклы и мальчика, которого я знала. По другую сторону гроба я увидела белые розы и плакала, пока слезы не прекратились. В тот момент я почувствовал, что мои взгляды на жизнь резко изменились. Я никогда не забуду любовь этого мальчика к матери и сестре!!!

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Malina

    Zoʻr

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: