G‘urur bilan o‘ralgan saxiylik. (hikoya)

G‘urur bilan o‘ralgan saxiylik. (hikoya)

Yoshgina ayol tuxum sotayotgan kampirdan tuxumning narxini so‘radi.

Kampir: “Donasi 500 so‘mdan”, deb javob berdi.
«2500 so‘mga oltita tuxum berasizmi”, salkam qarzini so‘raganday balandroq ovozda dedi ayol va qo‘shimcha qildi: “Bo‘lmasa, ketaman-da, boshqa joydan ham olaveraman”.
Keksa kampir ozgina bir tuxumlarga, bir ayolga qaradi-da: «Mayli, olaqoling, ertalabdan beri bittayam sotolganim yo‘q, harna sotilgani”, deb tuxumlarni xaltaga solib berdi.
Ayol go‘yo katta g‘alaba qilgandek, tuxumlarni va sumkalarini ko‘tarib mashinasi turgan joyga qarab yurdi. YAngigina avtomobilga o‘tirib, dugonasi bilan uchrashishi belgilangan restoranga keldi. Dugonalar ko‘ngillari tusagan taomlardan yeb, xohlagan ichimliklarni ichib, maza qilishdi. Turib ketishayotganda, hisob keltirishdi. Haligi ayol hisobda ko‘rsatilgandan ortiqcha pul berib, “qaytimi kerakmas”, degandek qo‘li bilan ofisiantga imo qilib qo‘ydi .
Bu voqea restoran xo‘jayiniga arzimagan foyda keltirgan bo‘lsa-da, tuxum sotayotgan kampirga katta zarar edi.
Nega biz kuchimizni ojizlardan narsa sotib olayotganda ko‘rsatamiz? Nima uchun bizning saxiyligmizga muhtoj bo‘lmagan odamlarga xayr qilgimiz kelib qoladi? Nega to‘y-hasham, ma’rakalarda o‘ziga to‘q odamlarga boshqa joy, boshqacha dasturxon ko‘rsatiladi-yu oddiy xalqning o‘rni boshqa bo‘ladi?
Ilgari qaerdadir o‘qigandim:
«Mening otam muhtoj odamlarning sotayotgan narsasini o‘ta yuqori narxda sotib olardi, hatto o‘sha narsaga muhtoj bo‘lmasa ham. Men undan buning sababini so‘rasam: “Bu g‘urur bilan o‘ralgan saxiylik”, deb javob bergandi.


Молодая женщина спросила у пожилой женщины, которая продавала яйца, цену яйца.

Старуха ответила: «Штук стоит 500 сумов».
«Вы дадите мне шесть яиц за 2500 сумов?»
Старуха посмотрела на несколько яиц, на бабу и говорит: «Ну, давай, я с утра ни одного не продала. Харна продана».
Как будто она одержала великую победу, неся яйца и сумки и направляясь к стоянке. Он только что сел в машину и подъехал к ресторану, где должен был встретиться со своим другом. Друзья ели, что хотели, пили, что хотели, и веселились. Как встали, принесли счет. Женщина дала ему больше денег, чем указано в счете, и жестом показала официанту: «Возврат не требуется».
Хотя владельцу ресторана это происшествие принесло мало пользы, оно стало большой потерей для старухи, которая продавала яйца.
Почему мы демонстрируем свою силу, когда покупаем у слабых? Почему мы хотим прощаться с людьми, которым не нужна наша щедрость? Почему на свадьбах и торжествах богатым людям дают другое место, другой стол, а простым людям — другое место?
Я где-то читал раньше:
«Мой отец покупал то, что продавали нуждающиеся, по очень высокой цене, даже если он не нуждался в этом. Когда я спросил его, почему, он ответил: «Это щедрый подарок, завернутый в гордость».

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: