Baxtli bo‘lish siri (ibratli hikoya)

Eng qisqa hikoyalar

Bir kishining o‘g‘li bo‘lib, u: “Men baxtsizman”, — deb takrorlayverardi.

Ota baxtli bo‘lish sirini bilib kelish uchun o‘g‘lini davrining eng katta donishmandi huzuriga yubordi. Yigit cho‘lda qirq kun yo‘l bosib, ko‘zlagan manziliga – tepalik ustidagi hashamatli saroyga yetib bordi. Ichkariga kirib qarasa, donishmandning huzuriga kelganlar juda ko‘p bo‘lib, ular bir-birlari bilan suhbatlashgancha navbatlarini kutishar edi.

Nihoyat yigit ham navbati kelgach, donishmandning oldiga kirdi va baxtli bo‘lishning sirini so‘radi.

– O‘g‘lim, hozir senga buni tushuntirib o‘tish uchun vaqtim yo‘q, – dedi donishmand. – SHuning uchun hozir chiqib, saroyimni tomosha qil. Ikki soatdan keyin yonimga kel, qolganini o‘shanda gaplashamiz.

Shunday deya yigitning qo‘liga qoshiq tutqazdi, unga ikki tomchi yog‘ tomizib, tayinladi:

— Sayr davomida qo‘lingdagi yog‘ga hushyor bo‘l, to‘kib yuborma!

Yigit donishmandning aytganini qilib, qo‘lidagi yog‘dan ko‘z uzmasdan saroyning ichkari-yu tashqari – barcha joylarini aylanib chiqdi. Ikki soatdan keyin qaytib kelgach, donishmand so‘radi:

– Saroyni kezdingmi?

– Ha, juda katta ekan, – javob berdi yigit.

– O‘g‘lim, devorlardagi ajoyib suratlarni ko‘rdingmi? Gulzorimni, undagi rango-rang gulu chechaklarni-chi? Ularning xush islaridan bahra oldingmi? Kutubxonadagi noyob kitoblarga-chi, e’tibor berdingmi?..

Yigit butun diqqati qo‘lidagi yog‘da bo‘lgani uchun ham sayr davomida bulardan hech birini ko‘rmaganini aytdi.

Shunda donishmand:

– Unda qayta chiq va atrofingdagi barcha go‘zalliklarni yayrab tomosha qil. Chunki o‘tirgan uyini yaxshi tanimagan kishi baxtning siriga yeta olmaydi, – dedi va bu safar ham yigitning qo‘liga yog‘ solingan qoshiqni tutqazdi.

Yigit endi saroydagi jamiki narsalarni, butun go‘zalliklarni katta zavq va hayajon bilan tomosha qildi.  Donishmandga ham taassurotlarini ana shu maroq bilan hikoya qilib berdi. U gapini tugatgach, donishmand:

– Yaxshi, hammasini ko‘ribsan, – dedi. – Lekin men senga omonat qilib bergan yog‘ qani?

Shundagina yigitning esiga tushib, shoshganicha qo‘lidagi qoshiqqa qaradi – yog‘ to‘kilib bitgan edi.

Donishmand esa tabassum bilan shunday dedi:

– Xijolat tortma, o‘g‘lim, baxtli bo‘lishning siri dunyoni bor mo‘’jizalari, hayotni butun go‘zalliklari bilan birga ko‘ra olishda. Agar kishi jismidagi qusurlar, hayotdagi yetishmovchiliklar haqida o‘ylayversa, xuddi sen qo‘lingdagi yog‘ solingan qoshiqqa andarmon bo‘lganing kabi hayot go‘zalliklaridan bebahra qolaveradi. Baxtli bo‘lish sirini esa, qo‘lingdagi yog‘ solingan qoshiqni unutganingdagina to‘la his qila olasan!


Он был сыном человека, который говорил: «Я несчастен».

Отец отправил сына к величайшему мудрецу своего времени, чтобы узнать секрет счастья. После сорока дней скитаний по пустыне юноша достиг цели — роскошного дворца на холме. Когда он вошел, к мудрецу подошло много людей, и они ждали своей очереди, разговаривая друг с другом.

Наконец, когда подошла его очередь, юноша подошел к мудрецу и спросил секрет счастья.

«У меня нет времени объяснять тебе это сейчас, сынок», — сказал мудрец. — Так что иди теперь и посмотри мой дворец. Приходи ко мне через два часа, и мы поговорим об остальном.

Он вложил юноше в руку ложку, капнул на него две капли масла и назначил:

«Будьте осторожны, не пролейте масло на руки во время поездки!»

Юноша сделал так, как сказал ему мудрец, и, не глядя на масло в своей руке, обошел дворец. Когда он вернулся через два часа, мудрец спросил:

— Ты был во дворце?

«Да, это очень большой,» ответил молодой человек.

«Сынок, ты видел красивые картины на стенах?» А как насчет моего цветника и ярких цветов в нем? Вам понравился их аромат? А как насчет редких книг в библиотеке?

Молодой человек сказал, что не видел ни одного из них во время поездки, потому что все его внимание было приковано к маслу в его руке.

Тогда мудрец сказал:

«Тогда вернись и посмотри на всю красоту вокруг себя». Потому что человек, плохо знающий свой дом, не может дойти до секрета счастья, — сказал он, и на этот раз держал в руке ложку масла.

Юноша смотрел теперь на все во дворце, на все красоты, с большим удовольствием и волнением. С таким же интересом он поделился своими впечатлениями с мудрецом. Когда он закончил, мудрец сказал:

— Ну, ты все это видел, — сказал он. «Но где масло, которое я тебе доверил?»

Тут он вспомнил о молодом человеке и торопливо посмотрел на ложку в руке — масло кончилось.

Мудрец сказал с улыбкой:

«Не смущайся, сынок. Секрет счастья в том, чтобы уметь видеть чудеса мира и жизни во всей ее красоте». Если человек будет думать о недостатках своего тела, о недостатках в жизни, он будет лишен красоты жизни, как ты в ложке масла в руке. А секрет счастья в том, чтобы забыть ложку масла в руке!

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: