G‘oyaviy charxpalak metodi, afzalliklari va kamchiliklari

Dars metodlari

Ushbu maqolada “G‘oyaviy charxpalak” metodining ta’rifi, foydalanish doiralari, afzalliklari va kamchiliklari haqida fikr yuritamiz.

Ta’rifi:

1. Kichik guruhning (4-5 kishidan iborat) har bir ishtirokchisiga toza oq varaq beriladi va bir xil savol beriladi (zarur bo‘lganda o‘qituvchi guruhning har bir ishtirokchisi uchun turli savollarni tayyorlashi va taklif qilishi mumkin). Barcha ishtirokchilar og‘zaki fikr almashmasdan, o‘zlarining varaqlarida savollarga bo‘lgan javoblarning o‘z-o‘zidan aqlga kelib qoladigan ifodalarini yozadilar.

2. Ifodalar yozilgan varaqlar vaqt tanqisligi sababli soat millarining harakatlanishi bo‘yicha kichik guruhdagi qo‘shnilarga uzatiladi. Bunday varaqni olgandan so‘ng har bir ishtirokchi varaqda mavjud yozuvlarni takrorlamasdan, yangi yozuv kiritishi lozim. Har bir ishtirokchining varag‘i yana o‘ziga qaytib kelgandan so‘ng ish yakunlanadi. Ushbu bosqichda yozuvlar tahlil qilinmaydi, baholanmaydi va tanlab olinmaydi (ushbu uslubiyatning «aqliy hujum» bilan ayrim o‘xshashligi ana shunda namoyon bo‘ladi).

3. Kichik guruhlarda ishtirokchilar tomonidan ifodalangan javoblar va takliflarning muhokamasi o‘tkazilib, ularning eng muhimlari va dolzarblari yakuniy ro‘yxatga kiritiladi.

4. Kichik guruhlar ishlanmalarining natijalari bilan almashish. Barcha kichik guruhlar navbatma-navbat yakuniy ro‘yxatdan o‘z ifodalarini taklif etadilar. Agar bu ifoda yuzasidan boshqa guruhlar e’tiroz bildirmasalar u oxirgi ro‘yxatga kiritiladi.

Foydalanish doiralari:
Tabiiy va aniq fanlarni o‘qitishda, topshiriqlar ma’lum o‘quv mavzusiga va ma’lum yoshdagi o‘quvchilar guruhiga moslashtirilgandan keyin.

Afzalliklari:
Taklif etilgan masalalarni izchil muhokama qilishni tashkil etish, so‘ng jamoa bo‘lib qarorni qabul qilish; bilimlarni dolzarblashtirish va mavjud tajribani aniqlash.

Qiyinchiliklari:
Agar ishtirokchilardan biri ushbu mavzu bo‘yicha yaxshi tayyorlanmagan bo‘lsa, u butun jarayonni to‘xtatib qolishi mumkin. Mazkur vaziyatda o‘quvchiga muhokama etilayotgan masalalar bo‘yicha darslikdan yoki boshqa adabiyotdan foydalanishga ruxsat berish mumkin, lekin bu uning bahosiga albatta ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risida ogohlantirib qo‘yish kerak.


В этой статье мы обсудим определение, область применения, преимущества и недостатки метода «Идеальное колесо».

Описание:

1. Каждому участнику малой группы (4-5 человек) выдается чистый белый лист и задается один и тот же вопрос (при необходимости преподаватель может подготовить и предложить разные вопросы для каждого участника группы). Все участники записывают спонтанные выражения ответов на вопросы на своих листах, без словесной обратной связи.

2. Листы выписки передаются соседям небольшой группой по часовой стрелке из-за нехватки времени. При получении такого листа каждый участник должен ввести новую запись, не дублируя существующую запись на листе. Работа считается завершенной, когда лист каждого участника возвращается к себе. На этом этапе записи не анализируются, не оцениваются и не отбираются (так выявляются некоторые сходства между этим методом и «мозговым штурмом»).

3. Ответы и предложения, высказанные участниками, будут обсуждаться в малых группах, а наиболее важные и актуальные будут включены в окончательный список.

4. Обмен результатами разработок в малых группах. Все малые группы по очереди предлагают свои выражения из итогового списка. Если другие группы не возражают против этого заявления, оно будет включено в окончательный список.

Сфера использования:
При обучении естественным и точным наукам задания ориентированы на конкретный предмет и группу учащихся определенного возраста.

Преимущества:
Организовать систематическое обсуждение предложенных вопросов, а затем принять решение в команде; обновление знаний и выявление имеющегося опыта.

Проблемы:
Если кто-то из участников недостаточно подготовлен по этой теме, он/она может остановить весь процесс. В этом случае учащемуся может быть разрешено пользоваться учебником или другой литературой по обсуждаемому предмету, но важно предупредить, что это обязательно повлияет на его оценки.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: