Qo’lda yozishning foydasi, afzalliklari

Qo’lda yozishning foydasi, afzalliklari

Bugun qo‘lda maktub bitish uzoq o‘tmishga aylanib qolgandek.

Nafaqat oddiy odamlar, balki yozuvchilaru jurnalistlarning ham ko‘pchiligi bugun qog‘oz, qalamdan yiroqlashdi. Uyali telefonlarning kichik katakchalari yoxud kompyuter klaviaturasida harf terishga barmoqlarimiz moslashib ketdi. Vaholanki, qo‘lda yozishning bir qator afzalliklari, hatto sog‘liqqa foydali jihatlari borligini olimlar isbotlashgan.
1. Qo‘lda yozish miya yarim sharlari faolroq ishlashiga turtki bo‘ladi. Diqqatni jamlash, hissiyotlarni jilovlash oson kechadi va jumlalar qog‘ozga ravon tushadi.
2. Qo‘lda yozilgan ma’lumotlar, xat-xabarlar xotirada yaxshi saqlanib qoladi. Shu sabab ham ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarga dars mavzulari va uy vazifalarini qo‘lda yozish so‘raladi.
3. Yosh bolalarning barmoqlar motorikasi rivojlanishi hamda nutqi tezroq chiqishiga ham qo‘l bilan yozish ko‘mak beradi.
4. Inson xatiga qarab, shifokorlar unda qanday xastaliklar mavjudligini taxmin qilishlari mumkin. Masalan, so‘zlar ketma-ketligini adashtirib, so‘zlarda xatoga yo‘l qo‘yib yozish Alsgeymer (shuningdek, savodsizlik) kasalligi belgisi bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Katta-katta harflar bilan yoza boshlab, keyin ularning maydalashib ketishi esa Parkinsonning ilk alomatlari bo‘lishi mumkin. Albatta, aniq xulosani shifokor to‘liq tekshiruvlar natijasiga qarab beradi.


Сегодня почерк, кажется, ушел в прошлое.

От бумаги и пера отошли не только простые люди, но и многие писатели и журналисты. Наши пальцы приспособились печатать на маленьких мобильных телефонах или на клавиатуре компьютера. Однако ученые доказали, что почерк имеет ряд преимуществ, даже пользу для здоровья.
1. Почерк стимулирует работу полушарий головного мозга. Легче концентрироваться, контролировать свои эмоции, а предложения легче писать на бумаге.
2. Рукописная информация, сообщения хорошо запоминаются. По этой причине в учебных заведениях студентов просят писать темы уроков и домашние задания от руки.
3. Почерк также помогает маленьким детям развивать моторику пальцев и ускорять речь.
4. По письму человека врачи могут догадаться, какие у него заболевания. Например, неправильное произношение слов и ошибки в словах могут быть признаком болезни Альцгеймера (как и неграмотности). Начало с заглавных букв, а затем измельчение может быть первым признаком болезни Паркинсона. Безусловно, врач примет определенное решение по результатам тщательного обследования.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 2
  1. Asilek

    :sad: :oops: :razz: :sad: :twisted:

  2. Shaxzoda

    Katta raxmat sizlarga :idea: :idea: :idea:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: