Gabriel Garsia Markisning vidolashuv maktubi

Gabriel Garsia Markis

O‘lim to‘shagida yotgan barhayotlikka da’vogar yozuvchi, Nobel mukofotining laureati Gabriel Garsia Markesning vido maktubi kishini chuqur o‘yga toldiradi. Haqiqatni izlayotgan insonlar uchun bu bir saboq.

Saraton kasalidan bir necha oy azob chekkan mashhur yozuvchining jumlalarini Isojon Sultonning “Boqiy darbadar” asarida mohirlik bilan tarjima qilingan o‘zbek tilidagi ko‘rinishini uchratib e’tiboringizga havola etishga urindim. Zero, keng falsafaga boy bu so‘zlar hayotimiz uchun ko‘zgu vazifasini o‘tab bers ajab emas.

MUTAFAKKIRNING VIDO MAKTUBI

Mabodo Tangri Taolo mening taqdirimdan ko‘z yumsa-yu, latta monand hilvirab qolgan shu vujudimga yana bir parchagina hayot hadya etsaydi, hoynahoy, o‘ylayotganlarimning hammasini aytmasam ham, gapirayotganlarimning hammasini o‘ylagan bo‘lardim.
Shunda… tevarakdagi narsalarni narxlariga qarab emas, qiymatiga qarab baholardim. Ko‘zim yumuq mahalda o‘tkazilgan har bir daqiqada yoruglikning oltmish soniyasini yo‘qotayotganimni idrok etgan holda kamroq uxlagan, ko‘proq orzu qilgan bo‘lardim. Qolgan hamma to‘xtab turgan mahalda yurar, hamma uxlayotgan mahalda uxlamasdim. Boshqalar gapirayotganlarida, ularning gaplarini xuddi shokoladli muzqaymoqning ajoyib mazasidan lazzatlangan kabi, lazzat ila eshitgan bo‘lardim.
Agar Tangri Taolo menga yana bir on hayot bersa… kamtarroq kiyingan, quyoshning issiq nurlariga faqatgina tanimni emas, qalbimni ham toblab yotgan bo‘lardim. Ey Parvardigorim! Agar menda yurak bo‘lsaydi, barcha nafratlarimni muzga yozib, quyosh chiqishini kutardim. Uyqum bilan (Van Gogning orzusi) yulduzlarga hurriyat poemasining suratini chizardim, ozodlik qo‘shig‘i esa mening Oyga qilgan tuhfam bo‘lib qolardi. Tikanlarining achchig‘ini va gulbarglarining qirmizi o‘pichlarini his qilish uchun ko‘zyoshlarim bilan atirgullarni sug‘orardim.
Ey Qodir Egam! Agar yana bir parchagina hayot bo‘lagi tanimda qolsaydi, bir kunimni ham tevaragimdagi o‘zim suygan insonlarga ularni sevishimni aytmasdan o‘tkazmasdim. Men uchun qiymatli bo‘lgan har bir kishini muhabbatimga ishontirgan, muhabbatni sevib yashagan bo‘lardim. Qartayganda dilni muhabbat tark etadi deb adashganlarga, muhabbatni tark etganlari uchun qarilik kelishini tushuntirardim.
Bolakaylarga qanot hadya qilar, ammo uchishni o‘zlari o‘rganishlariga imkon berardim. Qariyalarni esa, ajal keksalik tufayli emas, xatolar va yanglishishlar tufayli kelishiga ishontirardim.
Insonlar, men sizdan shu qadar ko‘p narsa o‘rgandimki… lekin anglaganim eng buyuk haqiqat — butun olam toglarning cho‘qqilarida yashashni istar ekan, haqiqiy saodat u yerda yashash emas, u yerga ko‘tarilishda ekan!
Shuni tushunib yetdimki, murg‘ak bolakay kichkina barmoqchalari bilan otasining barmog‘ini qisimlagani on, uni hech qachon qo‘yib yubormasin!
Angladimki, inson bolasi boshqa birovga, faqatgina yuqoriga ko‘tarilishi uchun yordam berayotganidagina balanddan qaray olar ekan!
Insonlar, sizlardan o‘rganishim mumkin bo‘lgan yana shunchalar ko‘p narsa borki… ammo ularning menga zarurati qolmaydiganga o‘xshaydi… chunki, meni mana shu yog‘och otga mindirganlarida, afsuski, jonimni Haqqa topshirgan bo‘laman.
Har doim his qilganingizni gapiring, o‘ylaganingizni amalga oshiring! Agar… sening shu uxlashingni bugun so‘nggi bora ko‘rib turganimni bilsam, mahkam bag‘rimga bosgan va Tangri Taolodan meni, sening qo‘riqchi farishtangga aylantirishini iltijo qilgan bo‘lardim. Eshikdan qanday chiqayotganingni oxirgi bor ko‘rayotganimni bilsam, bag‘rimga qattiq bosib o‘pgan va yanada ko‘proq mehrimni berish uchun yana qaytadan o‘zimga chorlagan bo‘lardim. Ovozingni so‘nggi bor eshitayotganimni bilsam, men hamma gapirgan gaplaringni qayta-qayta, benihoya eshitish uchun yozib olgan bo‘lardim. Agar seni ko‘rib turganimning so‘ng daqiqalari ekanini bilsam, shunday degan bo‘lardim: «Men seni yaxshi ko‘raman, ammo buni shusiz ham bilishing men ahmoqning xayolimga ham kelmabdi. Har doim ertangi kunimiz bor, hayot bizga, hamma-hammasini izga solish uchun yana bir fursat bermoqda, biroq, yanglishgan bo‘lsamu bugun hammasi tugasa, senga shuni aytgan bo‘lardimki, seni juda qattiq yaxshi ko‘raman va hech qachon unutmayman! Keksa ham, yosh ham ertaga nima sodir bo‘lishini bilolmaydi. Balki suygan insonlaringni so‘nggi bora ko‘rib turgandirsan?! Shu bois, nimanidir kutma, bugunoq bajar, chunki ertangi kun hech qachon kelmas bo‘lsa, sen — birgina jilmayish, birgina bag‘irga bosish, birgina o‘pish uchun vaqt topolmaganing, so‘nggi istakni bajarishga kelganda juda-juda band bo‘lgan kuningga la’natlar o‘qiysan. O‘zingga yaqin insonlarni qo‘llab-quvvatla, quloqlariga senga qanchalar kerak ekanliklarini shivirlab ayt, ularni ehtiyot qil, «afsus», «meni kechir», «rahmat» va «marhamat» degan so‘zlarni va o‘zing bilgan hamma xush kalomlarni aytish uchun vaqt top. Hech kim seni fikrlaring boisgina eslab o‘tirmaydi. Parvardigori Olamga, hissiyotlaringni tilingga chiqara olishing uchun donolik va kuch-quvvat so‘rab iltijo qil. Do‘stlaringga ular sen uchun qanchalar qiymatli ekanlarini ayt. Agar sen bularni bugun qilmasang, ertangi kuning ham xuddi kechagi kuning kabi bo‘lib qoladi. Va agar sen bularni amalga oshirmasang, hech narsaning ahamiyati qolmaydi, qiladigan ishing hech narsa, hech narsa va faqat hech narsa bo‘lib qoladi!
Buning vaqti soati yetdi…


Прощальное письмо нобелевского лауреата Габриэля Гарсиа Маркеса, писателя, находящегося на грани смерти, заставляет задуматься. Это урок для тех, кто ищет истину.

Я попытался довести до вашего сведения слова известного писателя, несколько месяцев болевшего раком, которые искусно перевел на узбекский язык Исаджон Султан в своем произведении «Вечный странник». Ведь эти слова, богатые философией, могут служить зеркалом нашей жизни.

ВИДЕО ПИСЬМО МЫСЛИТЕЛЯ

Если бы только Бог отказался от моей судьбы и дал мне еще один кусок жизни для этого тряпичного тела, я бы, вероятно, подумал обо всем, что сказал, даже если я сказал не все, что думал.
Тогда… я бы оценивал окружающие меня вещи по их ценности, а не по цене. Я бы меньше спал, больше мечтал, понимая, что каждую минуту, проведенную с закрытыми глазами, я теряю шестьдесят секунд света. Все остальные шли, когда остановились, и я не мог спать, когда все спали. Когда другие говорили, я слушал их с таким же вкусом, как наслаждался чудесным вкусом шоколадного мороженого.
Если бы Бог дал мне еще одну жизнь… Я был бы одет скромнее, исцеляя не только свое тело, но и сердце в теплых лучах солнца. О мой Господь! Если бы у меня было сердце, я бы написал всю свою ненависть на льду и ждал, когда взойдет солнце. Во сне (сон Ван Гога) я нарисую на звездах стихотворение о свободе, и песня о свободе будет моим подарком луне. Я поливал розы глазами, чтобы почувствовать горечь шипов и красные поцелуи лепестков.
О Всемогущий Господь! Если бы у меня в голове был еще один кусочек жизни, я бы не провела и дня, не говоря окружающим, что я их люблю. Я любил бы всех, кто был мне дорог, убеждал меня в моей любви, любимой любви. Я бы объяснил тем, кто заблудился, что любовь покидает язык, когда они стареют, что старость придет, потому что они оставили любовь.
Он дал бы мальчикам крылья, но я позволил бы им научиться летать. Я бы убедил старших, что смерть приходит не от старости, а от ошибок и заблуждений.
Люди, я так многому научился у вас… но самая большая истина, которую я узнал, заключается в том, что весь мир хочет жить на вершинах гор, и настоящее счастье не жить там, а подниматься туда!
Я понял, что как только крутой мальчик сжал мизинцами палец отца, он уже никогда не отпустит!
Я понял, что человек может смотреть вверх только тогда, когда он помогает кому-то подняться!
Люди, есть еще столько всего, чему я могу у вас научиться… но, кажется, они мне больше не нужны… потому что, когда меня посадят на этого деревянного коня, я, к сожалению, отдам свою душу на Правда.
Всегда говорите о том, что вы чувствуете, делайте то, что думаете! Если бы… я знал, что сегодня в последний раз видел тебя спящим, я бы крепко обнял тебя и умолял Бога превратить меня в твоего ангела-хранителя. Если бы я знал, когда в последний раз видел, как ты выходишь из двери, я бы крепко обнял и поцеловал тебя и снова позвал меня, чтобы подарить тебе больше любви. Если бы я знал, что слышу твой голос в последний раз, я бы записал все, что ты говоришь снова и снова, снова и снова. Если бы я знал, что это была последняя минута, когда я видел тебя, я бы сказал: «Я люблю тебя, но дураку и в голову не придет знать это без этого. У нас всегда есть завтра, жизнь дает нам еще один шанс все исправить, но если бы я был неправ и все закончилось сегодня, я бы сказал тебе, что я так тебя люблю и никогда тебя не забуду! Ни старые, ни молодые не знают, что будет завтра. Может, это последний раз, когда ты увидишь любимых людей?! Так что не ждите чего-то, делайте это сегодня, потому что если завтра никогда не наступит, у вас не будет времени улыбаться, обниматься, целоваться, быть слишком занятым, когда дело доходит до исполнения вашего последнего желания, вы проклинаете день своей смерти. Поддержите близких, шепните им на ухо, как сильно вы в них нуждаетесь, берегите их, говорите слова «извините», «простите», «спасибо» и «пожалуйста» и все хорошее, что вы знаете. сказать слова. Никто не помнит вас только из-за ваших мыслей. Молитесь Господу Вселенной о мудрости и силе, чтобы вы могли выразить свои чувства. Расскажите своим друзьям, сколько они вам стоят

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: