Aziz va mo’tabar ustozlar, bayramingiz bilan!

Aziz ustozlar, bayramingiz bilan!
Telegramda o'qish

Bolaligimda ustozlarga negadir havas ko’zi bilan boqardim. Ularni bekam-u ko’st inson sifatida tasavvur qilib taqlidan harakatlar qilardim. Mendagi ishtiyoqni sezgan ona tili va adabiyoti o’qituvchisi Tojivoy aka Norboyev o’quvchilik chog’larimdayoq o’z tengdoshlarimga dars o’tishga imkon berar edilar. Onam ham bolalik chog’larida ona tili va adabiyoti o’qituvchisi bo’lishni orzu qilgan, ammo yosh turmushga berishgach orzulariga yeta olmaganlar. Ularning ezgu istaklari men orqali amalgam oshgan desam balki to’g’ri bo’lar.

Ustozlik! Bu dunyodagi eng qadrli va eng mashaqqatli kasb. Ustozlik misoli bir bog’bonlik. Uning mevasi bir yilda emas, bir necha yilda hosilini beradi. Yosh, g’o’r, o’yinqaroq, ta’sirchan bolalarning ko’ngliga turli tuslarga kirib, turlicha yo’l toppish, ta’lim va tarbiya berish ustozning zimmasida. Biz Vatan so’zini bosh harf bilan yozamiz, ustoz so’zi ham ana shunday hurmatga arziydi. Men yaxshi niyatlar bilan ushbu saytni yaratmoqdaman, saytimdagi birinchi maqolam Ustoz va murabbiylar kuniga to’g’ri kelgani meni yanada quvontiradi.

Aziz ustozlar, hurmatli hamkasblar! Barchangizni ushbu qutluq kun bilan samimiy tabriklayman. Hamisha yuzingiz yorug’ bo’lsin. Ko’nglingiz tubida neki orzu istaklaringiz bo’lsa barchasiga yetishib yuring. Yana bir bor bayramingiz qutluq bo’lsin!


В детстве я завидовал учителям. Я пытался им подражать, представляя их волевыми людьми.
Тоживой, он же Норбоев, учитель моего родного языка и литературы, который был увлечен мной, учил моих сверстников, когда я был студентом. Моя мама тоже в детстве мечтала стать учителем родного языка и литературы, но ее мечты не сбылись, когда она вышла замуж. Будет справедливо сказать, что их добрые пожелания сбылись благодаря мне.

Наставничество! Это самая дорогая и самая трудная профессия в мире. Пример наставника – садовник. Его плоды приносят плоды через несколько лет, а не через год. Работа учителя состоит в том, чтобы находить, направлять и обучать маленьких, игривых и влиятельных детей различными способами. Слово Родина мы пишем с большой буквы, и такого же уважения заслуживает слово Хозяин. Я создаю этот сайт с добрыми намерениями, и еще больше рад тому, что первая статья на моем сайте совпала с Днем учителя.

Уважаемые учителя, дорогие коллеги! Сердечно поздравляю всех вас с этим знаменательным днем. Всегда держите свое лицо ярким. Продолжайте в том же духе и продолжайте в том же духе. Еще раз с праздником!

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: