Koronavirusni AQShlik olim o’ylab topgani rostmi?

Koronavirusni AQShlik olim o'ylab topgani rostmi?
Telegramda o'qish

AQShlik olim koronavirusni yaratgani tufayli hibsga olindi degan xabarlarni eshitgan bo’lsangiz kerak.

Ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa telegram kanallarida Charlz Liber ismli Garvard universiteti professori va yana ikki xitoylik Xitoydagi laboratoriyada koronavirusni yaratgani va u hibsga olingani haqidagi video-infolar tarqaldi. O’rtoqlar, bu asossiz axborot. — deya izohladiA.Qurbonova o’zining Telegramdagi sahifasida.

Mana bu factcheck sayti (ular bu maqolani 22 ta ishonchli resursni o’rganib, surishtirib tayyorlashgan) da yozilishicha, 28 yanvar kuni AQSH Adliya Vazirligi Liber va ikki xitoylik fuqaroga qarshi bitta press relizda ayblov xulosasi e’lon qilgan. Ammo ular 3 ta alohida holat sifatida tilga olingan. Videoda ham eshitsangiz, “three separate cases” deyilgan.

Vazirlik ayblov xulosasiga ko’ra, Garvard universitetining kimyo va kimyo-biologiya fakulteti mudiri bo’lgan Charlz Liber o’zining Uxan universitetiga aloqador ekani, shuningdek Xitoyning xorijlik olimlarni mamlakatga jalb etishga qaratilgan “Mingta talantlilar loyihasi” da ishtirok etayotgani haqida AQSH Mudofaa departamenti va Sog’liqni saqlash milliy institutlariga ochiq axborot bermagan.

Shuningdek, olim Uxan Texnologiya universitetida laboratoriya ochish uchun Xitoy hukumatidan olgan 1.5 mln dollardan ko’proq pulni, har oy oladigan 50 ming dollarlik maoshi va Uxanda yashash xarajatlari uchun ajratiladigan pul haqidagi axborotni ham yashirgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqayotgan ko’p postlarda ham bu kabi faktlar tilga olingan va ular to’g’ri. Ammo laboratoriya noqonuniy faoliyat ko’rsatgani va virusni ishlab chiqargani haqidagi ma’lumotlar haqiqat emas. Bu haqda hech qanday dalil yo’q.

Science nashrida chop etilgan maqolada Liber shpion sifatida harakatda bo’lmagani, uning keyinchalik Xitoy bosimi ostida qolishi mumkinligi uchun tergovga tortilgani haqida axborot beriladi. Holatni tergov qilayotgan prokurorlardan biri — Endryu Lelling shunday degan: «Mingta talant loyihasi» AQSH olimlarining Xitoyga borishi va katta pul evaziga tadqiqotlarni u yerda amalga oshirishga chaqiradi. Bu noqonuniy emas, biroq federal tadqiqotlar agentliklari bitta ilmiy ish uchun ham AQSHda, ham Xitoyda bir xilda pul to’lamoqchi emas”.

Munday o’ylab qaraganda, hamma tasodifiy faktlar bir-biriga mos kelayotgandek. Uxan universiteti, COVID-19ning tarqalishi. Bu yerda vaqtga ham diqqat qaratish lozim. Charlz Liber 2018 yilda Mudofaa departamentiga yolg’on bayonot bergani haqida, shuningdek 2019 yil yanvarida AQSH sog’liqni saqlash milliy institutlarini aldagani haqida unga nisbatan ayblov e’lon qilingan. Bu COVID-19 tarqalishidan avval bo’lgan. Biroq, virus bilan bog’liq yangiliklar avj olgan davrda 2020 yil 28 yanvar kuniga kelibgina ayblov e’lon qilingani uchun voqealar bir-biriga aralashib ketgan.

Faktchekingchilar virus va Liber o’rtasida qandaydir aloqa bormi, deb so’rashganda AQSH Adliya vazirligi vakili “Adliya Vazirligi bunday ayblovni ilgari surmagan”, deb javob qaytargan.

Liber –nanotexnolog va nihoyatda kichik, nanometr hajmdagi materiallarni o’rganadi. U hujayralar ichida nanobog’lamalar o’tkazishning yangi yo’llari ustida izlangan bo’lsa-da, Liber biolog emas va viruslar bilan bog’liq tajriba o’tkazmagan.

Uxan Texnologiya universiteti ham viruslar bilan bog’liq izlanishlar o’tkazmaydi. UTU asosan muhandislik, transport va logistikaga ixtisoslashgan universitetdir.

Charlz Liber bilan nomi tilga olingan boshqa ikki xitoylikning ham virusga hech qanday aloqasi yo’q: ularning biri Bostonda o’qigan, aslida xitoy leytenanti bo’lgan va buni AQSH vizasini olish uchun yashirgan, shuningdek, rototexnolog olimlar haqida onlayn axborot to’plashda ayblangan. Ikkinchi xitoylik olim esa saraton kasalligi tadqiqoti uchun biomateriallarni paypog’ida olib, Pekinga uchayotgan paytida ushlangan.


Возможно, вы слышали сообщения об аресте американского ученого за создание коронавируса.

Видеозапись Чарльза Либера, профессора Гарвардского университета, и двух других китайцев, создающих и задерживающих коронавирус в лаборатории в Китае, распространилась в социальных сетях, особенно в телеграм-каналах. Товарищи, это безосновательная информация. — пояснила А.Курбанова на своей странице в Telegram.

Согласно веб-сайту проверки фактов (который рассмотрел и исследовал статью из 22 заслуживающих доверия источников), 28 января Министерство юстиции США опубликовало обвинительный акт в пресс-релизе против Либера и двух граждан Китая. Но они упоминаются как 3 отдельных случая. В видео также говорится о «трех отдельных случаях».

Согласно обвинительному заключению, Чарльз Либер, директор факультета химии и химии и биологии Гарвардского университета, связан с Уханьским университетом и участвует в китайском проекте «Тысяча талантов» по ​​привлечению иностранных ученых в страну. Национальные институты здоровья.

Ученый также утаил информацию о более чем 1,5 миллионах долларов, которые он получил от правительства Китая на открытие лаборатории в Уханьском технологическом университете, его зарплате в 50 тысяч долларов в месяц и деньгах на проживание в Ухане.

Многие факты распространяются в социальных сетях, и такие факты упоминаются, и они соответствуют действительности. Однако сообщения о том, что лаборатория работала нелегально и производила вирус, не соответствуют действительности. Доказательств этому нет.

В статье в Science сообщалось, что Либер не действовал как шпион и находился под следствием на предмет возможного последующего давления со стороны Китая. Эндрю Леллинг, один из прокуроров, расследующих это дело, сказал, что «Проект тысячи талантов» призывает американских ученых отправиться в Китай и проводить там исследования за большие деньги. Это не является незаконным, но федеральные исследовательские агентства не хотят платить такую ​​же сумму за одно и то же исследование в США или Китае».

Когда вы думаете об этом, все случайные факты кажутся совпадающими. Уханьский университет, Распространение COVID-19. Здесь также важно обратить внимание на время. В 2018 году Чарльзу Либеру было предъявлено обвинение в даче ложных показаний Министерству обороны, а в январе 2019 года — в мошенничестве с Национальными институтами здравоохранения США. Это было до распространения COVID-19. Однако в то время, когда новости о вирусе были в самом разгаре, события переплелись, так как обвинительное заключение было вынесено только 28 января 2020 года.

На вопрос следователей, есть ли какая-либо связь между вирусом и Либером, представитель Министерства юстиции США ответил: «Министерство юстиции не выдвигало такого обвинения».

Либер — нанотехнолог, изучающий очень маленькие материалы нанометрового размера. Хотя он исследовал новые способы переноса наночастиц внутри клеток, Либер не является биологом и не проводил экспериментов с вирусами.

Уханьский технологический университет также не проводит исследования вирусов. UTU — это университет, специализирующийся в основном на инженерии, транспорте и логистике.

Двое других китайцев, названных Чарльзом Либером, никакого отношения к вирусу не имеют: один из них учился в Бостоне, на самом деле был китайским лейтенантом и скрывал это, чтобы получить визу в США, и обвиняется в сборе информации в Интернете о рототехнологах. Второй китайский ученый был пойман на носке с биоматериалами для исследования рака во время полета в Пекин.

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: